Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Doʻstlik_festivali #NukusDPI

Do‘stlik festivali” – Yangi O‘zbekiston yoshlarining do‘stlik va og‘zibirchilik bayrami
 
Joriy yilning 12-14-may kunlari Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida yoshlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik munosabatlarini yanada mustahkamlash maqsadida Toshkent shahri hamda viloyatlardagi oliy ta’lim muassasalaridan kelgan 400 dan ortiq talaba-yoshlar ishtirokida “Do‘stlik festivali” tashkil etildi.
 
Festival doirasida turli ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, madaniy tadbirlar, sport musobaqalari, ijodiy kechalar, bayram konserti va ochiq muloqotlar o‘tkazildi.
  
Batafsil: https://ndpi.uz/uz/2026/05/15/54983/

👉 Qaraqalpaqsha
👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7👍3🔥1🥰1🎉1
Oila — jamiyat tayanchi, inson kamolotining mustahkam poydevori

15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Unda vazirlik tizimida fidokorona mehnat qilib kelayotgan, ibratli hayoti va mustahkam oilaviy qadriyatlari bilan boshqalarga namuna boʻlayotgan xodimlar eʼtirof etildi.

Tadbir doirasida vazirlikning Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi bosh mutaxassisi Saʼdiya Saidovaga “Ibratli oila” koʻkrak nishoni tantanali ravishda topshirildi. Mukofotni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov vazirlik jamoasi ishtirokida topshirib, Saidovlar oilasining mehnatsevarlik, oʻzaro hurmat va maʼrifatli hayot tarzi yoshlar uchun ibrat ekanini taʼkidladi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/166081

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍15❤5
Prezident tashabbusi bilan turkiy davlatlar yoshlari uchun grant dasturi yoʻlga qoʻyiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammitidagi nutqida ilm-fan, taʼlim, sunʼiy intellekt, innovatsiya va yoshlar masalalariga alohida toʻxtalib oʻtdi.

Davlat rahbari turkiy dunyoning yangi raqamli taraqqiyot davrini barpo etishda ilm-fan va texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini taʼkidlab, sunʼiy intellekt sohasida strategik hamkorlik tarmogʻini shakllantirish tashabbusini ilgari surdi. Shuningdek, Toshkent shahrida aʼzo davlatlar ishtirokida Texnologiyalar forumini oʻtkazish rejalashtirilayotgani qayd etildi.

Prezidentimiz oʻz nutqida ilm-fan, taʼlim va yoshlar masalalarida hamkorlikni chuqurlashtirish umumiy maqsad ekanini alohida urgʻulab, Toshkent shahrida barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi bugun mintaqaviy yirik ilmiy-maʼrifiy maskanga aylanib borayotganini taʼkidladi. Shu bilan birga, tarixiy-madaniy manbalarni yagona “katta maʼlumotlar” platformasiga jamlash tashabbusi ham ilgari surildi.

Nutqda yoshlarni zamonaviy bilim va koʻnikmalar bilan taʼminlash masalasiga ham katta eʼtibor qaratildi. Xususan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “5 million sunʼiy intellekt yetakchilari” dasturi doirasida hozirga qadar 1 milliondan ortiq yoshlar boshlangʻich koʻnikmalarga ega boʻlgani qayd etildi.

Prezidentimiz tomonidan yoshlarning startap va innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, qoʻshma venchur jamgʻarmalarini tashkil etish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirish boʻyicha belgilangan vazifalar muhim ustuvor yoʻnalishlardan biri hisoblanadi.


Shuningdek, Toshkentdagi Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universitetida Turkiy davlatlar yoshlari uchun 2026–2027 oʻquv yilida 50 ta grant ajratilishi taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlikning yana bir amaliy ifodasi sifatida eʼtirof etildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍7❤3🎉1
#tayinlov

Bahodir Ahmedov “Yangi O‘zbekiston” universiteti rektori etib tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, Ahmedov Bahodir Bobomurodovich “Yangi O‘zbekiston” universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

Bahodir Ahmedov, fizika-matematika fanlari doktori, O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan, keyinchalik Ispaniyaning "Granada" universitetida magistratura bosqichida tahsil olgan hamda Germaniyaning "Axen texnika universiteti"da doktoranturani yakunlagan.

Mehnat faoliyati davomida Bahodir Ahmedov Toshkentdagi INHA universitetida professor, 2021-yildan buyon esa “Yangi O‘zbekiston” universitetida professor va o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor sifatida samarali faoliyat yuritib kelgan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍24❤9👏1🤔1
#Dayjest #YoshlarKuni

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqotida mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” deb e’lon qilindi. “Yoshlar kuni” munosabati bilan oliy ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy tadbir va tanlovlar o‘tkazilmoqda.

➖ Qarshi davlat texnika universiteti;

➖ Namangan davlat universiteti;

➖ Andijon davlat universiteti;

➖ O‘zMU Jizzax filiali;

➖ Namangan davlat texnika universiteti;

➖ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

➖ TITU Namangan manzili;

➖ Chirchiq davlat pedagogika universiteti;

➖ Namangan davlat pedagogika instituti;

➖ Turan xalqaro universiteti;

➖ TDTU Termiz filiali;

➖ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;

➖ Qoʻqon davlat universiteti;

➖ Fargʻona davlat texnika universiteti;

➖ Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti;

➖ Olmaliq davlat texnika instituti;

➖ “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti;

➖ Navoiy davlat universiteti;

➖ Termiz davlat universiteti;

➖Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali;

➖ SamDU Urgut filiali;

➖ Samarqand davlat pedagogika instituti;

➖ Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;

➖ Fargʻona davlat universiteti;

➖ Urganch davlat universiteti;

➖ Jamoat xavfsizligi universiteti;

➖ Guliston davlat universiteti;

➖ Jizzax politexnika instituti;


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍1🔥1
#Xalqaro_anjuman

Xalqaro konferensiyada biologik xilma-xillik, yashil iqtisodiyot hamda ekologik muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi


Navoiy davlat universitetida “Biologik xilma-xillik, yashil iqtisodiyot, ekologik muvozanat muammolari va yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda Rossiya, Qozog‘iston, Hindiston, Belarus, Nepal kabi davlatlardan olimlar va ekologlar ishtirok etdi.


Batafsil: https://sdg.nsuni.uz/

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍5🔥3