Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Iqtisodiy huquq masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

Renessans universitetida “Iqtisodiyot va iqtisodiy huquq sоhasining dolzarb muammolari: yechim va xalqaro tajriba” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Nufuzli konferensiya Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Renessans universiteti, Turkiyaning nufuzli Balikesir universiteti, Anqara universiteti, Istanbul universiteti, Bahçeşehir universiteti, Bandirma Onyedi Eylul universiteti, Boğaziçi universiteti, METU universiteti hamkorligida tashkil etildi.

Unda mamlakatimizdagi mahalliy vazirlik va idoralar, oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan birgalikda, dunyoning turli nuqtalaridan 40 nafardan ziyod nufuzli professor-o‘qituvchilar, taniqli olimlar, ekspertlar, xalqaro tashkilotlarning mutaxassislari ishtirok etdi.

Konferensiyaning asosiy maqsadi
– iqtisodiyot va iqtisodiy huquq sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan ilmiy muloqot maydonini yaratish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlashdan iborat.

Anjuman davomida iqtisodiy islohotlar, investitsion muhit, raqamli iqtisodiyot, xalqaro huquqiy mexanizmlar, zamonaviy ta’lim yondashuvlari hamda iqtisodiy xavfsizlik masalalari atroflicha muhokama qilindi. 100 dan ortiq ilmiy ma’ruzalar tinglanib, yosh olimlarning izlanishlari taqdim etildi. Ochiq muloqotlar davomida sohani rivojlantirishga qaratilgan aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Mazkur
xalqaro konferensiya iqtisodiyot va iqtisodiy huquq yo‘nalishida ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirish hamda ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan muhim ilmiy platformaga aylandi.


Shuningdek, konferensiya doirasida Balıkesir texnokentining Renessans universiteti filiali hamda Turkiy tillar markazining rasmiy ochilishi bo'lib o'tdi.

Batafsil: https://renessans-edu.uz/uz/news/827

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍10❤4🔥1👏1🤩1
❗️Texnikum va akademik litsey o‘qituvchilari diqqatiga!

📢 Attestatsiya boʻyicha ovozli chat

Ayni paytda kasbiy ta’lim tashkilotlari va akademik litsey pedagoglari uchun attestatsiya jarayonlariga bag‘ishlangan ovozli chat Kasbiy ta’lim agentligining rasmiy Telegram kanalida bo‘lib o‘tmoqda.

💬 Ovozli chat davomida mutaxassislar tomonidan:
🟢imtihon jarayonlarining tashkil etilishi;
🟢 attestatsiya test sinovlariga tayyorgarlik;
🟢pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish hamda malaka toifasi berish tartibi yuzasidan tavsiyalar beriladi.

Oldindan savol yuborish uchun havola:
👉 @kasbedu_bot

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8🔥1😁1
#Doʻstlik_festivali

“Yangi O‘zbekiston” yoshlarini birlashtirgan “Do‘stlik festivali”


Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Toshkent shahri va respublikamizning turli hududlaridagi oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan talaba-yoshlar ishtirokida “Do‘stlik festivali” ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Festival doirasida “Vatanparvar yoshlar – Yagona O‘zbekiston kelajagi bunyodkorlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, “Zakovat Quiz” intellektual o‘yini, sport musobaqalari, ijodiy kechalar hamda “Biz bir oila farzandlarimiz” nomli konsert dasturlari tashkil etildi.

👉 Batafsil

👉 Qaraqalpaqsha
👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍2👏2