Buxoroda oʻtkazilgan Osiyo xotin-qizlari II forumida innovatsion ishlanmalar namoyish etildi
Buxoro viloyatida 14–15-may kunlari boʻlib oʻtgan Osiyo xotin-qizlarining II forumi doirasida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva, UNFPA ijrochi direktori Diyene Keyta hamda xalqaro tashkilotlar vakillari yosh tadqiqotchi va olima xotin-qizlar tomonidan yaratilgan innovatsion ishlanmalar, startap tashabbuslar va zamonaviy texnologiyalar asosidagi mahsulotlar bilan yaqindan tanishdilar.
Nufuzli tadbirda respublika oliy taʼlim tashkilotlarining ayol rektorlari ham faol ishtirok etib, xotin-qizlarning ilm-fan, taʼlim va innovatsiyalar sohasidagi faolligini qoʻllab-quvvatlash borasidagi tashabbuslarni eʼtirof etdilar.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Forumda Buxoro davlat texnika universiteti jamoasi IT va sunʼiy intellekt asosidagi startap loyihalari bilan jamoatchilik eʼtiborini qozondi. Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt yoʻnalishidagi ishlanmalar forum ishtirokchilari hamda xalqaro ekspertlarda katta qiziqish uygʻotib, xotin-qizlarning ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi yuqori salohiyatini yana bir bor namoyon etdi.
Nufuzli tadbirda respublika oliy taʼlim tashkilotlarining ayol rektorlari ham faol ishtirok etib, xotin-qizlarning ilm-fan, taʼlim va innovatsiyalar sohasidagi faolligini qoʻllab-quvvatlash borasidagi tashabbuslarni eʼtirof etdilar.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍5👏1
#ichki_turizm #Samarqand #Buxoro #Toshkent
UrDU talaba-yoshlari yurtimizning tarixiy maskanlari bo‘ylab sayohat qilishdi
Urganch davlat universitetida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularda milliy tariximiz, boy madaniy merosimiz hamda ajdodlarimiz qoldirgan bebaho ma’naviy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlash maqsadida "O'zbekiston bo'ylab sayohat qil" shiori ostida joriy yilning 12–15-may kunlari Toshkent shahri, Samarqand va Buxoro viloyatlari bo‘ylab sayohat tashkil etildi.
Batafsil: https://urdu.uz/uz/news/5912
👉 На русском
👉 In English

❤17🔥4🤩2🥰1
#xizmat_safari #Buxoro
Vazir BuxDU yangi kampusi qurilishi jarayoni bilan tanishdi
17-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Buxoro davlat universitetining Sheyxon mahallasida barpo etilayotgan yangi, zamonaviy kampus qurilishi jarayoni bilan tanishdi.
Tashrif davomida Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov yangi kampus hududida olib borilayotgan qurilish ishlari, loyihaning asosiy yo‘nalishlari va zamonaviy infratuzilma yechimlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Vazir kampus hududida qurilishi rejalashtirilgan zamonaviy o‘quv binolari, laboratoriya xonalari, talabalar turar joylari, sport majmualari, yashil hududlar hamda talabalar uchun yaratiladigan qulay sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Batafsil

❤20🔥3👍2
2026-yil 18-may kuni London fond birjasida Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun muhim voqealardan biri roʻy berdi. Ilk bor mamlakatning strategik davlat aktivlarini birlashtirgan UzNIF — Oʻzbekiston Milliy investitsiya jamgʻarmasi xalqaro kapital bozoriga chiqdi.
Jamgʻarma tarkibiga energetika, aviatsiya, telekommunikatsiya, transport va bank sohasidagi yirik davlat kompaniyalari kiritilgan. Endi ushbu aktivlar nafaqat ichki bozorda, balki xalqaro investorlar tomonidan ham baholanadi.
Eʼtiborli jihati shundaki, bugun Oʻzbekiston xalqaro moliya bozorida investor izlayotgan mamlakat sifatida emas, balki investorlar qiziqish bildiryotgan iqtisodiyot sifatida namoyon boʻlmoqda.
Jahon moliya bozorining yetakchi investitsiya kompaniyalari — BlackRock, Franklin Templeton va Redwheel kabi tuzilmalar Oʻzbekiston iqtisodiyotiga qiziqish bildirmoqda. Ushbu kompaniyalar dunyo boʻylab yirik sarmoyalarni boshqaradi va ularning eʼtibori xalqaro bozor uchun muhim signal hisoblanadi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva hamda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov ishtirok etmoqda.
UzNIF aksiyalarini xalqaro fond bozori orqali investorlarga taklif qilish jarayoni boshlandi, yaʼni jamgʻarma xalqaro moliya bozoriga chiqib, yirik investorlarni oʻz loyihalari va aktivlariga sherik sifatida jalb qilmoqda.
London fond birjasida boshlangan ushbu jarayon Yangi Oʻzbekiston iqtisodiyotining ochiqligi, xalqaro moliya bozorlariga integratsiyasi va investitsion ishonchining yana bir muhim koʻrsatkichi sifatida baholanmoqda.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13