#fan_olimpiadasi #biologiya
Biologiya bo‘yicha respublika fan olimpiadasi boshlandi
2026-yil 18-may kuni Shahrisabz davlat pedagogika institutida oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi bosqich talabalari o‘rtasida biologiya fanidan respublika fan olimpiadasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bugun biologiya fanidan oʻtkazilayotgan Respublika fan olimpiadasining yozma yoʻnalishdagi 1-bosqich bellashuvlari boʻlib oʻtdi. Mazkur bosqichda ishtirokchilar biologiya fanining nazariy asoslari, tahliliy fikrlash va ilmiy yondashuv boʻyicha bilim hamda koʻnikmalarini namoyon etdilar.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/166965
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Olimpiadani yuqori saviyada tashkil etish maqsadida Respublika hakamlar hay’ati raisi hamda a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, unda baholash mezonlariga qat’iy rioya etish, jarayonlarni adolatli va shaffof tashkil qilish hamda tashkiliy masalalar muhokama qilindi.
Bugun biologiya fanidan oʻtkazilayotgan Respublika fan olimpiadasining yozma yoʻnalishdagi 1-bosqich bellashuvlari boʻlib oʻtdi. Mazkur bosqichda ishtirokchilar biologiya fanining nazariy asoslari, tahliliy fikrlash va ilmiy yondashuv boʻyicha bilim hamda koʻnikmalarini namoyon etdilar.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/166965
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6👍2
#xalqaro_forum
Toshkentda ilk marotaba "Musiqa taʼlimi: jahon miqyosida yagona maydon sari“ xalqaro forumi oʻtkazildi
Toshkent shahrida joriy yilning 18–20-may kunlari “Musiqa taʼlimi: jahon miqyosida yagona maydon sari” mavzusida yirik xalqaro forum boʻlib oʻtmoqda. Unda, 200 nafarga yaqin xorijiy va mahalliy ishtirokchilar qatnashmoqda.
Forumning ilk kunida “Madaniyat taʼlimida sunʼiy intellektning ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ham tashkil etildi.
Konferensiya yakunida 10 banddan iborat konferensiya rezolyutsiyasi qabul qilindi.

Uch kun davom etadigan forumda 20 ga yaqin (Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy, Koreya, AQSH, Fransiya, Indoneziya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Kanada, Italiya, Vengriya Tojikiston va Armaniston) davlatlardan nufuzli olimlar, 20 dan ortiq xorijiy oliy taʼlim muassasalari rektorlari, shuningdek, prorektorlar, professorlar va PhD olimlar, dekanlar, etnomuzikologlar, tadqiqotchilar, madaniyat markazlari rahbarlari, oʻqituvchilar, talabalar, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etmoqda.
Mazkur xalqaro forum mamlakatimizda musiqa va madaniyat taʼlimini yangi bosqichga olib chiqish, innovatsion va raqamli yondashuvlarni keng joriy etish, xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlash hamda yosh isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Forumning ilk kunida “Madaniyat taʼlimida sunʼiy intellektning ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ham tashkil etildi.
Ushbu konferensiyada madaniyat va sanʼat taʼlimi tizimida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish hamda raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, oʻquv jarayoniga sunʼiy intellekt asosidagi kreativ platformalarni musiqa kompozitsiyasi, vizual dizayn va media sanʼat yoʻnalishlarida integratsiya qilish bo‘yicha fikr almashildi.
Bundan tashqari, SI orqali milliy musiqa cholgʻularini oʻrgatishda avtomatik tovush tahlili, maqom va baxshichilik ijrolarini raqamli arxivlash, teatr merosini virtual formatda saqlash hamda madaniyat taʼlimiga ixtisoslashgan interaktiv platformalarni yaratish istiqbollari koʻrib chiqildi.
Konferensiya yakunida 10 banddan iborat konferensiya rezolyutsiyasi qabul qilindi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6👍1
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tadi
Joriy yilning 19-22-may kunlari Toshkent shahrida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkaziladi.
Tanlovning ochilish marosimi 19-may soat 10.00 da Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Madaniyat saroyida bo’lib o’tadi.
Tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan saralab olingan 280 nafar iqtidorli yoshlar o‘z innovatsion g‘oyalari, startap loyihalari hamda ixtirochilik ishlanmalari bilan ishtirok etadi.

1👍12❤5🔥3