Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Attestatsiya sinovidan ozod etilgan o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari pedagoglari


2026-yil 26-may kuni o‘tkaziladigan navbatdagi majburiy attestatsiya jarayonida o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan ayrim pedagoglarga belgilangan tartibda imtiyozlar qo‘llaniladi.

Jumladan, kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega chet tili o‘qituvchilari, shuningdek, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan berilgan umumta’lim fani bo‘yicha kamida B+ (yoki avvalgi tizimda 80 ball va undan yuqori) darajadagi sertifikatga ega pedagoglar attestatsiyada o‘z fanidan maksimal — 80 ball bilan baholanadi hamda malaka sinovidan ozod etiladi.

Shunga ko‘ra, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan imtiyoz qo‘llaniladigan sertifikatga ega bo‘lgan 102 nafar o‘qituvchi ro‘yxati e’lon qilinmoqda.

Ro‘yxatni PDF shaklida yuklab olish.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14🔥6👍4🎉1
#yoshlar_yutugʻi

2,5 million dollardan ortiq grant sohibi bo‘lgan litsey o‘quvchisi

Samarqand davlat universiteti akademik litseyi o‘quvchisi Faxriddin Po‘latov dunyoning qator nufuzli universitetlaridan qabul xatlarini qo‘lga kiritib, umumiy qiymati 2,5 million AQSH dollaridan ortiq grant va stipendiyalarga sazovor bo‘ldi.

Faxriddin AQSHning qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari, jumladan, University of Michigan Ross School of Business, Syracuse University, Drexel University, Loyola University Chicago, University of Oklahoma hamda boshqa ko‘plab universitetlardan grant asosida ta’lim olish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, u ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan ham shug‘ullanib, xalqaro miqyosdagi ilmiy maqolalar muallifi sifatida faoliyat olib bormoqda.


Bunday yutuqlar yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, sifatli ta’lim muhitini yaratish hamda iqtidorli avlodni rivojlantirish yo‘lidagi ishlarning amaliy natijasi sifatida e’tirof etilmoqda.

Faxriddinning akademik yutuqlari ham tahsinga sazovor:

— SAT: 1530 (Matematika — 800, EBRW — 730)
— IELTS: 8.0
— EF SET: C2 Proficient


👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍47❤21🔥6🥰3😁1
Fizika bo‘yicha fan olimpiadasining respublika bosqichi boshlandi


Namangan davlat universitetida oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi bosqich talabalari o‘rtasida fizika fanidan respublika olimpiadasining yakuniy bosqichiga start berildi.

Unda respublikamizning turli hududlaridan kelgan eng kuchli talabalar o‘zaro bellashib, bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishmoqda.

Mazkur intellektual bellashuvda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan iqtidorli talabalar magistratura bosqichiga imtihonsiz kirish huquqiga ega bo‘ladilar.

#Fan_olimpiadasi #Fizika

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍5🥰1
Toshkent davlat transport universiteti “Women in Transport” xalqaro tarmog‘iga qabul qilindi

2026-yil 18-may kuni Filippinning Manila shahrida Osiyo taraqqiyot banki bosh qarorgohida “Women in Transport Network” xalqaro tarmog‘ining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent davlat transport universiteti vakili, professor Matluba Hojimuhammedova universitetning xalqaro hamkorlik, transport sohasida xotin-qizlar rolini oshirish va transport ta’limini rivojlantirish borasidagi tajribasi haqida taqdimot qildi.

Batafsil: https://tstu.uz/uz/blog/2277

#xalqaro_hamkorlik

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍8❤4👏3🔥1