Biologiya bo‘yicha fan olimpiadasi g‘oliblari aniqlandi
Shahrisabz davlat pedagogika institutida oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi bosqich talabalari o‘rtasida biologiya fanidan o‘tkazilgan respublika olimpiadasi yakunlandi.
G‘oliblarni taqdirlash marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas‘ullari ham ishtirok etib, mazkur respublika olimpiadasi yoshlarning bilim va iqtidorini namoyon etishi uchun muhim maydon ekanini alohida ta'kidladi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/167542
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Olimpiada natijalariga ko‘ra quyidagi talabalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:
🥇1 - o‘rin: Jumanova Soiba Furqat qizi — Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi;
🥈2 - o‘rin: Ismatov Mirjalol Uyg‘un o‘gli — O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti talabasi;
🥉3 - o‘rin: Davronova Aziza Otabekovna — Buxoro davlat universiteti talabasi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/167542
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍11❤4😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_tashabbus
Pilladan tayyor mahsulotgacha
Farg‘ona davlat texnika universitetida ipakchilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha muhim amaliy ishlar olib borilmoqda. Universitetning Yengil sanoat va to‘qimachilik fakultetida tashkil etilgan maxsus laboratoriyada ipak qurti parvarish qilinib, pilladan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan barcha jarayonlar talabalar ishtirokida amalga oshirilmoqda.
Batafsil videolavhada
Maqola sifatida o’qish

👍12❤7🔥1😱1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2026-yil 21-23-may kunlari Buxoro shahrida To'rtinchi Oʻzbekiston–Turkiya rektorlar forumi boʻlib oʻtadi.
“Global raqobatbardoshlik uchun O‘zbekiston – Turkiya oliy ta’lim hamkorligini rivojlantirish” mavzusida oʻtadigan forumda ikki mamlakatning vazirlik vakillari, oliy taʼlim muassasalari rektorlari ishtirok etadi.
Forum doirasida oliy taʼlim, ilm-fan, innovatsiyalar, akademik almashinuv va qoʻshma taʼlim dasturlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilinishi, shuningdek universitetlar oʻrtasida yangi hamkorlik kelishuvlari imzolanishi rejalashtirilgan.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍5🤔2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Talaba_fest #live
“Talaba Fest” yoshlar festivali Jizzaxda
Ayni paytda Jizzax politexnika institutida “Talaba Fest” festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur tadbirda viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari xodimlari, talabalari hamda mehmonlar ishtirok etmoqda.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
“Talaba Fest” yoshlar festivali Jizzaxda
Ayni paytda Jizzax politexnika institutida “Talaba Fest” festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur tadbirda viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari xodimlari, talabalari hamda mehmonlar ishtirok etmoqda.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍6🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videolavha
🎥 “To‘maris izdoshlari” respublika bosqichi g‘olibi bo‘lgan Qarshi davlat universiteti talaba-qizlari bilan tashkil etilgan suhbatda ular musobaqa taassurotlari, g‘alaba quvonchi hamda muvaffaqiyat sari eltgan matonat va jamoaviy hamjihatlik haqida samimiy fikr bildirishdi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🎥 “To‘maris izdoshlari” respublika bosqichi g‘olibi bo‘lgan Qarshi davlat universiteti talaba-qizlari bilan tashkil etilgan suhbatda ular musobaqa taassurotlari, g‘alaba quvonchi hamda muvaffaqiyat sari eltgan matonat va jamoaviy hamjihatlik haqida samimiy fikr bildirishdi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6👍3
#xalqaro_hamkorlik
Jahon taʼlim forumi-2026: Oʻzbekiston va Gruziya hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Muzokaralarda Oʻzbekiston va Gruziya oʻrtasida oliy taʼlim, fan, innovatsiyalar hamda yoshlar siyosati sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar ikki davlat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar, oʻzaro hurmat va konstruktiv hamkorlik taʼlim sohasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish uchun mustahkam asos boʻlib xizmat qilayotganini taʼkidladilar.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/167704
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Jahon taʼlim forumi-2026: Oʻzbekiston va Gruziya hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
London shahrida oʻtayotgan Jahon taʼlim forumi (World Education Forum 2026) doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov Gruziya taʼlim, fan va yoshlar ishlari vazirining oʻrinbosari Zviad Gabisonia bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Muzokaralarda Oʻzbekiston va Gruziya oʻrtasida oliy taʼlim, fan, innovatsiyalar hamda yoshlar siyosati sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar ikki davlat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar, oʻzaro hurmat va konstruktiv hamkorlik taʼlim sohasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish uchun mustahkam asos boʻlib xizmat qilayotganini taʼkidladilar.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/167704
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍2
#vazir #OchiqMuloqot
Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoraqalpog‘istonlik talabalar bilan uchrashdi
Xabaringiz bor, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasida oliygohlar professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlarining yurtimizdagi tarixiy muzeylar, muqaddas qadamjolar va diqqatga sazovor maskanlariga tashrifi tashkil etilmoqda.
Navbatdagi sayohatchilar guruhi — qoraqalpog‘istonlik talaba-yoshlar poytaxtimizning tarixiy hamda zamonaviy maskanlariga tashrif buyurishdi.
“Toshkent City” hududida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, oliy ta’lim tizimidagi islohotlar, ta’lim sifatini oshirish hamda talabalarning intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/167706

👍11❤6🔥1