Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
“International Finance” litseyining 21 nafar o‘quvchisi Koreyaning Kyungdong Global universiteti grantlarini qo‘lga kiritdi 

Shu munosabat bilan 20-may kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti litseyida o‘tkazilgan tadbirda universitet rektori, professor To‘lqin Teshaboyev, Kyungdong Global universiteti rektori, professor John Kyu Lee, grant sohibi bo‘lgan o‘quvchi-yoshlar, ularning ota-onalari, akademik litsey ma’muriyati hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida 21 nafar iqtidorli o‘quvchiga Kyungdong universiteti grantlarini tasdiqlovchi rasmiy hujjatlar tantanali ravishda topshirildi.

Batafsil

#Xushaxabar #Xalqaro_grant #Koreya #Kyungdong

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍6❤5🔥4👏2🎉1
#Talabalar_sporti

SamISI’da “Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash” sport sinovlari o‘tkazildi


Bugun, 20-may kuni Samarqand iqtisodiyot va servis institutida talaba-yoshlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida sport sinovlari tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikramov hamda Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov ishtirok etdi.

Mazkur sport tadbiri davomida ishtirokchilar o‘z jismoniy imkoniyatlarini turli yo‘nalishlarda sinovdan o‘tkazdilar. Xususan, arg‘amchida sakrash, 60 metrga yugurish, 3x10 metrga mokisimon yugurish, yerga tayangan holda qo‘llarni bukish va yozish, kurakda yotgan holda gavdani 90 darajaga ko‘tarish hamda savatga to‘p tashlash kabi mashqlar bajarildi.

Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8🔥4👍1
Yozni tog‘ bag‘rida mazmunli o‘tkazing!

😇 "WikiMarafon" loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan "WikiSfera II" oromgohiga qabul boshlandi. Arizalar 20-maydan 20-iyunga qadar @WikiTanlov_bot orqali qabul qilinadi.

🤩 Oromgohning bu galgi mavzusi mashhur Garri Potter filmlari ruhida bo‘lib, dastur doirasida turli o‘quv seminarlari, intellektual va jamoaviy o‘yinlar tashkil qilinadi.

✨ Yo‘llanmani qo‘lga kiritish tartibi hamda tanlov bosqichlari bilan quyidagi nizom orqali batafsil tanishishingiz mumkin — "WikiSfera II" nizomi.

#yangi_sahifa

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18🎉5👍2