Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#talabalar_ligasi #kurash #TerDU

Talabalar ligasi: kurash bo‘yicha Respublika final bosqichi g‘oliblari aniqlandi

18–20-may kunlari Termiz davlat universiteti mezbonligida o‘tkazilgan “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining kurash turi bo‘yicha Respublika final bosqichi yakunlandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, umumjamoa hisobida:

🥇 1-o‘rin — Termiz davlat universiteti — 5 ta oltin va 2 ta bronza medal bilan mutlaq g‘olib bo‘ldi;

🥈 2-o‘rin — Qoraqalpog‘iston davlat universiteti — 2 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medal;

🥉 3-o‘rin — Jizzax davlat pedagogika universiteti — 2 ta oltin va 1 ta kumush medal;

🥉 3-o‘rin — Navoiy davlat universiteti — 2 ta oltin va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.


Batafsil: https://tersu.uz/news/view/3589

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11
Kitob hidini sevadigan insonlar – jamiyatning eng boy odamlaridir!


21-may – O‘zbekistonda Kutubxonachilar kuni!

Bugun mamlakatimizda maʼrifat maskanlarining fidoyilari, ilm-fan xazinabonlari bo‘lmish kutubxona xodimlari o‘z kasb bayramlarini nishonlamoqdalar.

Yoshlarni mutolaa, tafakkur va ma’rifat sari yetaklayotgan barcha fidoyi kutubxonachilarni chin qalbdan tabriklaymiz!

Sizlar:
📖 ilm ulashasiz,
🧠 tafakkurni boyitasiz,
✨ yoshlar qalbida orzu va maqsad uyg‘otasiz.

Kutubxona – shunchaki kitoblar maskani emas, balki kelajak bunyod bo‘ladigan ma’rifat dargohidir.
Ana shu maskanning yuragi esa – Siz, aziz kutubxonachilarsiz!

Minglab kitoblar orasidan insonlarga kerakli nur, bilim va ilhom topib berayotgan sharafli kasb egalariga samimiy tashakkur bildiramiz.

Barcha kutubxonachilarga mustahkam sog‘liq, cheksiz sabr va faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyat tilaymiz!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!
 
Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥12❤11🎉1
🇺🇿🇹🇷 Buxoroda O‘zbekiston–Turkiya rektorlarining IV forumi boshlanish arafasida

Buxoro davlat texnika universiteti mezbonligida o‘tkaziladigan O‘zbekiston–Turkiya rektorlarininng IV forumi ikki davlat oliy ta’lim tizimi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, ilmiy va akademik aloqalarni rivojlantirish yo‘lida muhim xalqaro platforma bo‘lishi kutilmoqda.

Anjuman davomida ikki mamlakat universitetlari o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlarini kengaytirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/168152

#OʻzbekistonTurkiya #RektorForum #Buxoro2026

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤7🔥4
“TalabaExpo-2026” kasb ko‘rgazmasi endi Sirdaryoda!


22-may kuni Sirdaryo viloyatidagi Tadbirkorlar va hunarmandlar markazi binosida “TalabaExpo-2026” kasb ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.

“Kelajakka qadam” dasturi doirasida o‘tkazilayotgan TalabaExpo – 2026 ko‘rgazmasi bitiruvchi talabalarning ishga joylashishiga real imkoniyat yaratadi.

Ko‘rgazmada quyidagilar taqdim etiladi:

◽️ 100 ga yaqin ish beruvchi kompaniyalar;
◽️ 800 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari;
◽️ Talabalar uchun amaliyot va stajirovkalardan o’tish imkoniyati.

Tashkilotchilar:
↪️Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
↪️“Oʻzmilliybank” AJ;
↪️Savdo-sanoat palatasi;
↪️Sirdaryo viloyati hokimligi;
↪️Yoshlar ishlari agentligi.


Tadbir doirasida sizni quyidagilar kutmoqda:
➡️“Talaba – kelajak” muloqotlari;
➡️Seminar va treninglar;
➡️Biznes va startap loyihalar taqdimotlari;
➡️Imtiyozli kreditlar bo‘yicha maslahatlar;
➡️Madaniy shou va musiqiy dasturlar.


Potensial ish beruvchilar bilan tanishish va muvaffaqiyatli professional karyerangiz sari ilk qadamni qo‘yish uchun ko‘rgazmaga tashrif buyuring!

📍Manzil: Guliston shahridagi Tadbirkorlar va hunarmandlar markazi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤9
O‘zbekiston–Turkiya rektorlari IV forumi o‘z ishini boshladi

2026-yil 21–23-may kunlari Buxoro davlat texnika universitetida “Global raqobatbardoshlik uchun O‘zbekiston – Turkiya oliy ta’lim hamkorligini rivojlantirish” mavzusidagi O‘zbekiston–Turkiya rektorlari IV forumi o‘z ishini boshladi.

Forumning ochilish marosimida Turkiya Respublikasi Oliy ta’lim kengashi Ijroiya qo‘mitasi a’zosi, delegatsiya rahbari Erol Arjakliog‘lu, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Asror Norov, Buxoro viloyati hokimi oʻrinbosari Baxtiyor Odilov hamda universitet rektori Sadoqat Siddiqova ishtirok etib, forum qatnashchilarini qutladilar.

Forumda O‘zbekiston va Turkiyaning 60 ga yaqin oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlari, rektorlar, prorektorlar, professor-oʻqituvchilar hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤6