Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
O‘zbekiston–Turkiya rektorlari IV forumi o‘z ishini boshladi

2026-yil 21–23-may kunlari Buxoro davlat texnika universitetida “Global raqobatbardoshlik uchun O‘zbekiston – Turkiya oliy ta’lim hamkorligini rivojlantirish” mavzusidagi O‘zbekiston–Turkiya rektorlari IV forumi o‘z ishini boshladi.

Forumning ochilish marosimida Turkiya Respublikasi Oliy ta’lim kengashi Ijroiya qo‘mitasi a’zosi, delegatsiya rahbari Erol Arjakliog‘lu, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Asror Norov, Buxoro viloyati hokimi oʻrinbosari Baxtiyor Odilov hamda universitet rektori Sadoqat Siddiqova ishtirok etib, forum qatnashchilarini qutladilar.

Forumda O‘zbekiston va Turkiyaning 60 ga yaqin oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlari, rektorlar, prorektorlar, professor-oʻqituvchilar hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍12❤6
#Xalqaro_aloqalar #Malayziya #Stajirovka

NamDU professor-o‘qituvchilari va talabalari Malayziyada stajirovka o‘tаmoqda

Namangan davlat universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari xalqaro akademik hamkorlik doirasida Malayziya Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalarida iqtisodiyot va tibbiyot akademik mobillik va ilmiy stajirovka dasturlarida ishtirok etmoqdalar.

Batafsil: https://namdu.uz/post=1334

👉 На русском
👉
In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍5🔥1
Oʻzbekiston–Turkiya rektorlari forumi doirasida plenar sessiya boʻlib oʻtdi

Buxoro davlat texnika universitetida oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston–Turkiya rektorlari IV forumi doirasida plenar sessiya tashkil etildi. Unda ikki mamlakatning yetakchi oliy taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etib, global raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, taʼlim sifatini oshirish, innovatsion hamkorlik va akademik integratsiya masalalari yuzasidan maʼruzalar taqdim etdilar.


Plenar sessiyada Hachettepe University rektori Mehmet Jahit Guran, Turkiy davlatlar xalqaro universiteti rektori vazifasini bajaruvchisi Bahodir Toʻrayev, Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori Chidem Janbay Turkyilmaz, Burdur Mehmet Akif Ersoy Üniversitesi rektori Huseyin Dalgar, Qarshi davlat texnika universiteti rektori Sherzod Nematov, Anadolu University rektori Yusuf Adıgüzel, Istanbul University prorektori Mehmet Adak hamda Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev maʼruza bilan ishtirok etdilar.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/168424

#OʻzbekistonTurkiya #RektorForum #Buxoro2026

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤22👍8