Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Sirdaryoda “TalabaExpo – 2026” kasb ko‘rgazmasiga start berildi

Guliston shahridagi Tadbirkorlar va hunarmandlar markazida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi talabalari uchun tashkil etilgan “TalabaExpo – 2026” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbir yoshlarni munosib ish bilan ta’minlash, ularning kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga qaratilgan muhim maydon sifatida ahamiyat kasb etmoqda.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida viloyat hokimligi, mutasaddi tashkilotlar, oliy ta’lim muassasalari va xususiy sektor vakillari ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar tomonidan bugungi kunda yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasb-hunar va innovatsion yo‘nalishlarga yo‘naltirish davlat siyosati darajasidagi ustuvor vazifalardan biri ekani alohida ta’kidlandi.

Ko‘rgazmada sanoat, xizmat ko‘rsatish, axborot texnologiyalari, bank-moliya, ta’lim va ishlab chiqarish sohalarida faoliyat yuritayotgan 100 ga yaqin ish beruvchi korxona va tashkilotlar ishtirok etmoqda. Ular tomonidan 800 dan ziyod vakant ish o‘rinlari taklif etilgan bo‘lib, bu yosh mutaxassislar uchun munosib ish topish imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda.


Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/168661

#TalabaExpo_2026 #Sirdaryo

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤2🔥2
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro kongress markazida “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi doirasida oʻtkazilgan taqdirlash marosimida ishtirok etdi.

#Mirziyoyev #marosim #davlatboshqaruvi #taqdirlash

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥6❤3👍1