Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Xotin-qizlar maslahat kengashi raislari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi

12–20-may
kunlari Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida “Xotin-qizlar maslahat kengashi raislarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish” yoʻnalishi boʻyicha qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining birinchi mavsumi yakunlandi.

Mazkur kurslarda respublikamizdagi 30 ga yaqin oliy taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan Xotin-qizlar maslahat kengashi raislari ishtirok etdi. Mashgʻulotlar tajribali professor-oʻqituvchilar hamda malakali mutaxassislar tomonidan zamonaviy va amaliy yondashuvlar asosida tashkil etildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/168672

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Guliston shahrida minglab yoshlarni va ish beruvchilarni bir nuqtada jamlagan “TalabaExpo–2026” kasb koʻrgazmasi jarayonidan videolavha.

#TalabaExpo_2026 #Sirdaryo

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi respublika bosqichi g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi

To‘rt kun davom etgan bellashuvlar davomida respublikamizning barcha hududlaridan kelgan iqtidorli yoshlar o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Bellashuvlar doirasida yoshlar nafaqat ilmiy loyihalarini taqdim etdilar, balki o‘zaro tajriba almashish, yangi do‘stlar orttirish va ilmiy hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

22-may kuni g‘oliblarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda “Ulug‘bek” jamg‘armasi raisi, akademik Oqil Salimov, Yoshlar ishlari agentlik direktorining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nodir Abduqodirov, Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi rektori Jasur Salixov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori To‘lqin Teshaboyev, Qishloq xo‘jaligi vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Mizrob Buronov shuningdek, bir qator oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.


#Taqdirlash #MirzoUlugʻbekVorislari

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤12🎉3🔥2🥰2
Mintaqaviy ta’lim hamkorligi yanada kuchaytiriladi

Bishkek shahrida bo‘lib o‘tayotgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning fan, texnika va innovatsiyalar masalalariga bag‘ishlangan yuqori darajadagi uchrashuvlari doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Qirg‘iz Respublikasi fan, oliy ta’lim va innovatsiyalar vaziri Gulzat Isamatova hamda Qozog‘iston Respublikasi fan va oliy ta’lim vitse-vaziri Gulzat Kobеnova bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/168707

#xalqaro_hamkorlik #mintaqaviy_ta’lim

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍4