Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi respublika bosqichi g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi

To‘rt kun davom etgan bellashuvlar davomida respublikamizning barcha hududlaridan kelgan iqtidorli yoshlar o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Bellashuvlar doirasida yoshlar nafaqat ilmiy loyihalarini taqdim etdilar, balki o‘zaro tajriba almashish, yangi do‘stlar orttirish va ilmiy hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

22-may kuni g‘oliblarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda “Ulug‘bek” jamg‘armasi raisi, akademik Oqil Salimov, Yoshlar ishlari agentlik direktorining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nodir Abduqodirov, Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi rektori Jasur Salixov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori To‘lqin Teshaboyev, Qishloq xo‘jaligi vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Mizrob Buronov shuningdek, bir qator oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.


#Taqdirlash #MirzoUlugʻbekVorislari

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤12🎉3🔥2🥰2
Mintaqaviy ta’lim hamkorligi yanada kuchaytiriladi

Bishkek shahrida bo‘lib o‘tayotgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning fan, texnika va innovatsiyalar masalalariga bag‘ishlangan yuqori darajadagi uchrashuvlari doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Qirg‘iz Respublikasi fan, oliy ta’lim va innovatsiyalar vaziri Gulzat Isamatova hamda Qozog‘iston Respublikasi fan va oliy ta’lim vitse-vaziri Gulzat Kobеnova bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/168707

#xalqaro_hamkorlik #mintaqaviy_ta’lim

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍4
#rektorlar_forumi

Oʻzbekiston–Turkiya rektorlari forumi doirasida parallel seksiyalar boʻlib oʻtdi


Oʻzbekiston–Turkiya rektorlari forumi doirasida Buxoro davlat texnika universitetida oliy ta’lim, ilm-fan, innovatsion texnologiyalar va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga bagʻishlangan parallel seksiyalar boʻlib oʻtdi.

Ularda muhandislik ta’limini rivojlantirish, universitet va sanoat integratsiyasini mustahkamlash, ta’lim sifati hamda boshqaruv samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tibbiy ta’lim, sport va pedagogikada innovatsion hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy pedagogik metodlarni qo‘llash va sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar almashildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤4🔥3👏2