Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#rektorlar_forumi

Forum yakunida Oʻzbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari oʻrtasida 50 dan ortiq memorandum va hamkorlik kelishuvlari imzolandi.

Ushbu hujjatlar akademik almashinuv dasturlarini kengaytirish, qoʻshma ta’lim dasturlarini yoʻlga qoʻyish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish hamda professor-oʻqituvchilar va talabalar mobilligini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍7❤3🔥3👏3
#Talabalar_ligasi #Badminton
#Stol_tennisi

Farg‘onada badminton va stol tennisi bo‘yicha respublika final bosqichi g‘oliblari taqdirlandi

Farg‘ona davlat universitetida “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining badminton va stol tennisi turlari bo‘yicha respublika final bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqalar yakuniga ko‘ra:

🏓 Stol tennisi:
🥇 O‘zDJTSU
🥈 UrDU
🥉 FarDU, BuxDU

🏸 Badminton:
🥇 O‘zDJTSU
🥈 ADPI
🥉 NamDPI


Batafsil…

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👏2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

Fidokorona mehnat va yuksak professionallikning munosib eʼtirofi


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ishtirokida davlat boshqaruvida mutlaqo yangi madaniyat va dunyoqarashni shakllantirishga qaratilgan “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi gʻoliblarini mukofotlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida xalqaro ekspertlar hamda mahalliy mutaxassislar tomonidan 40 ta respublika idorasi faoliyati, boshqaruv sifati va rahbar kadrlarning yetakchilik qobiliyati atroflicha baholandi. Davlatimiz rahbarining “jarayon uchun emas, natija uchun ishlash” tamoyili asosida oʻtkazilgan ushbu nufuzli tanlovda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xodimlari respublikamizning eng namunali kadrlari safida eʼtirof etildi.

Ushbu ulkan muvaffaqiyat munosabati bilan vazirlik jamoasi va butun soha vakillarini chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!

Tanlov yakunlariga koʻra, yuksak salohiyati va natijadorligi bilan ajralib turgan hamkasblarimiz oʻz nominatsiyalarida mutloq gʻolib deb topildilar:


Fazliddin Moʻminov — Vazirlik boʻlim boshligʻi, “Eng namunali maʼmuriy xodim” nominatsiyasi gʻolibi;
Akbarxon Sobirxonov — Vazirlik Innovatsiyalar ofisi rahbari, “Eng namunali isteʼdodli yosh xodim” nominatsiyasi gʻolibi.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan barcha gʻoliblarning lavozimlarini bir pogʻona koʻtarib, rahbar kadrlar zaxirasiga kiritish tashabbusining ilgari surilishi vazirlik tizimida mehnat qilayotgan xodimlarning bilim darajasi, faoliyatga innovatsion yondashuvlarni joriy qila olish salohiyatiga berilgan eng oliy bahodir.

Masʼuliyatli va sharafli yoʻlda zafarlar yor boʻlsin!

Ushbu muvaffaqiyat nafaqat gʻoliblarning, balki butun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimining samarali, xolis va xalqchil faoliyat yuritayotganidan dalolat beradi. Davlatimiz rahbari tomonidan alohida qayd etilgan ushbu oʻrnak va namuna vazirlikning har bir xodimini kelgusida yanada katta masʼuliyat bilan mehnat qilishga chorlaydi.


Fidoyi va namunali hamkasblarimizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt hamda Vatanimiz ravnaqi yoʻlidagi masʼuliyatli faoliyatlarida va yangi rahbarlik pilla poyalarida ulkan zafarlar tilaymiz!

Yutuq va yuksak eʼtirof muborak boʻlsin!

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
3❤16👏13🔥5