Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.75K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Toshkent davlat texnika universiteti doktoranti va magistranti innovatsion loyihasini Prezidentga taqdim etdi

🔸 Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi doirasida saralab olingan eng ilg‘or va dolzarb loyihalar taqdimoti bilan yaqindan tanishdi.

🔸Mazkur jarayonda oliygohimiz vakillari ham o‘zlarining istiqbolli startap g‘oyalari bilan faol ishtirok etdi. Jumladan, “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish” kafedrasi doktoranti Bekmurodova Muqaddam tomonidan ishlab chiqilgan “Ekoasfalt” loyihasi ekologik toza va barqaror infratuzilma yaratishga qaratilgani bilan alohida e’tibor qozondi.

🔸Shuningdek, bakalavriat yo‘nalishi talabasi Qudratov Ozodbek “Energiya va aloqa qurilmasi” startap loyihasi orqali zamonaviy texnologiyalar asosida energiya samaradorligini oshirish va aloqa tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha o‘z yechimlarini taqdim etdi.

👉Batafsil...

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍5
Oʻzbekiston va Turkiya oliy taʼlim sohasidagi hamkorlikning yangi yoʻnalishlari muhokama qilindi
 
23-may kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Turkiya Respublikasi Oliy taʼlim kengashi Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi Erol Arjakliog‘lu boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi.
 
Uchrashuv Buxoro shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston – Turkiya rektorlarining IV forumi yakunlari doirasida tashkil etildi. Vazir mazkur forum ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etganini taʼkidladi.

 
Qayd etilganidek, Buxoro shahrida boʻlib oʻtgan navbatdagi Toʻrtinchi forumda 50 dan ortiq universitet rektorlari ishtirok etdi. Forum doirasida ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida 50 dan ziyod memorandum va hamkorlik kelishuvlari imzolandi.
 
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/169221

#xalqaro_hamkorlik

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍7❤5👏2
Yoshlar ishtirokida Orolbo‘yi bo‘ylab ekologik ekspeditsiya

Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi hamda “Biz Orol bilan birgamiz” ekomarafoniga start berildi. Aksiya ishtirokchilari Nukus temir yo‘l vokzalida tantanali kutib olinib, Orolbo‘yi hududining turistik, madaniy va tabiiy salohiyati bilan tanishishdilar.


Dastur doirasida Nukus shahri, Kegeyli, Qorao‘zak, Chimboy va Mo‘ynoq tumanlari, “Chilpiq” tarixiy yodgorligi, “Dovut ota” ziyoratgohi, Mo‘ynoqdagi kemalar qabristoni hamda I.V. Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyiga sayohatlar tashkil etilmoqda.

Aksiya davomida yoshlar uchun ekologik-ma’rifiy tadbirlar, ekoaktsiyalar va ijodiy tanlovlar o‘tkazilib, Orolbo‘yi tabiiy merosini asrash, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda ichki turizmni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍5❤4🔥4