Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Yoshlar ishtirokida Orolbo‘yi bo‘ylab ekologik ekspeditsiya

Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi hamda “Biz Orol bilan birgamiz” ekomarafoniga start berildi. Aksiya ishtirokchilari Nukus temir yo‘l vokzalida tantanali kutib olinib, Orolbo‘yi hududining turistik, madaniy va tabiiy salohiyati bilan tanishishdilar.


Dastur doirasida Nukus shahri, Kegeyli, Qorao‘zak, Chimboy va Mo‘ynoq tumanlari, “Chilpiq” tarixiy yodgorligi, “Dovut ota” ziyoratgohi, Mo‘ynoqdagi kemalar qabristoni hamda I.V. Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyiga sayohatlar tashkil etilmoqda.

Aksiya davomida yoshlar uchun ekologik-ma’rifiy tadbirlar, ekoaktsiyalar va ijodiy tanlovlar o‘tkazilib, Orolbo‘yi tabiiy merosini asrash, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda ichki turizmni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍5❤4🔥4
#Talabalar_ligasi #Chim_ustidagi_xokkey

Andijonda chim ustidagi xokkey bo‘yicha “Talabalar ligasi” Respublika final bosqichi boshlandi

Andijon davlat texnika institutida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida sportning chim ustidagi xokkey turi bo‘yicha “Talabalar ligasi” musobaqalarining Respublika final bosqichiga start berildi.

Final bosqichida O‘zbekistonning 11 ta hududidan saralangan eng kuchli talaba jamoalari ishtirok etib, mamlakat chempionligi uchun o‘zaro kuch sinashmoqda.

Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍6🔥1
Pedagogika oliygohlarida transformatsiya jarayonlari boʻyicha xalqaro forum

Buxoro shahrida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti va bir qator xorijiy tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan forumda mahalliy va xorijiy ekspertlar, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda pedagogika oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.

Forum davomida maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim tizimini modernizatsiya qilish jarayonlari, pedagoglar tayyorlash sifatini oshirish, innovatsion metodlarni joriy etish, ikki tillik ta’lim hamda o‘quv dasturlarini xalqaro standartlarga moslashtirilganligi masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda UNICEF, YUNESCO, Cambridge University Press & Assessment hamda Reggio Emilia yondashuvi bo‘yicha xalqaro ekspertlar tomonidan taqdimot va ma’ruzalar o‘tkazildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍6👏3