Pedagogika oliygohlarida transformatsiya jarayonlari boʻyicha xalqaro forum
Buxoro shahrida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti va bir qator xorijiy tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan forumda mahalliy va xorijiy ekspertlar, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda pedagogika oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.
Forum davomida maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim tizimini modernizatsiya qilish jarayonlari, pedagoglar tayyorlash sifatini oshirish, innovatsion metodlarni joriy etish, ikki tillik ta’lim hamda o‘quv dasturlarini xalqaro standartlarga moslashtirilganligi masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda UNICEF, YUNESCO, Cambridge University Press & Assessment hamda Reggio Emilia yondashuvi bo‘yicha xalqaro ekspertlar tomonidan taqdimot va ma’ruzalar o‘tkazildi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

❤8👍6👏3
#Yurish_marafoni
#Sport_va_salomatlik
Buxoroda ommaviy yurish marafoni tashkil etildi
Buxoro shahridagi tarixiy ARK qo‘rg‘oni hududida Buxoro davlat pedagogika instituti tashabbusi bilan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan ommaviy yurish-marafoni hamda ertalabki badantarbiya mashqlari o‘tkazildi.
Tadbirda Buxoro davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar bilan bir qatorda Respublika pedagogika oliygohlarining rektor va prorektorlari ham faol ishtirok etishdi. Mazkur tadbir ishtirokchilarga nafaqat jismoniy faollikni namoyon etish, balki Buxoroning boy tarixiy-madaniy merosi bilan tanishish imkonini berdi.
Batafsil: https://t.me/Talaba_sport_uz/2064
👉 На русском
👉 In English

❤8👍4👏4
Talabalar diplom ishlarini real muammolar asosida olib bormoqda
Bugungi kunda Farg‘ona davlat texnika universitetining 300 dan ortiq talabalari Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida dual ta’lim asosida tahsil olmoqda. Korxona hududida universitet kafedra filialining faoliyat yuritayotgani ta’lim jarayonini bevosita ishlab chiqarish ehtiyojlariga moslashtirish imkonini bermoqda. So‘nggi uch yil davomida 50 dan ortiq universitet bitiruvchilari korxonaga ishga qabul qilingan.
Talabalarning ishlab chiqarish va diplomoldi amaliyotlari shunchaki tanishuv xarakterida bo‘lmay, ularning bitiruv malakaviy ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalari mavzulari to‘g‘ridan-to‘g‘ri zavoddagi real muammolar yechimiga yo‘naltirilmoqda. Bu esa bitiruvchilarning kasbiy moslashuv davrini qisqartirib, ularni diplom olayotgan paytidayoq tayyor mutaxassis sifatida shakllantirmoqda.
Batafsil

❤11👍3👏2😁2