Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#talabalar_ligasi

Suv polosi musobaqasining respublika bosqichiga start berildi


23-may kuni Toshkent davlat texnika universitetida Talabalar ligasi sport musoboqalari doirasida sportning suv polosi turi bo'yicha respublika turnirining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Marosimda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston suzish federatsiyasi, Talabalar sporti assotsiatsiyasi hamda Toshkent davlat texnika universiteti ma'sullari ishtirok etishdi.

Mazkur nufuzli chempionatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridan saralanib olingan eng kuchli oliy ta’lim tashkilotlari jamoalari bosh sovrin uchun o‘zaro kuch sinashmoqda.

Musobaqaning respublika bosqichida jami 15 ta jamoa, xususan, 10 ta erkaklar hamda 5 ta ayollar jamoasi g‘oliblik uchun maydonga tushadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6👍3
Mehnat yarmarkasida talabalar bandligi ta’minlandi

Navoiy davlat universitetida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Yarmarkada 2 ming nafar talaba ishtirok etdi. Ularga 40 ga yaqin korxona, tashkilot, muassasa hamda tijorat banklari tomonidan taklif etilgan bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Yarmarka doirasida universitet bitiruvchilari o‘z mutaxassisligi bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan shartnomalar imzolab, kelgusida ish joylari bilan ta’minlanishi kafolatlandi.

Joriy o‘quv yilida Navoiy davlat universitetini 4873 nafar talaba tamomlamoqda. Shundan 2451 nafari kunduzgi ta’lim, 318 nafari kechki ta’lim, 1883 nafari sirtqi ta’lim, 221 nafari magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilaridir.

Batafsil: https://sdg.nsuni.uz/

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6👍3
#Talabalar_ligasi #Regbi7

Regbi-7 bo‘yicha “Talabalar ligasi” respublika final bosqichi boshlandi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida regbi-7 sport turi bo‘yicha “Talabalar ligasi” musobaqalarining respublika final bosqichiga start berildi.

Final bosqichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan saralangan oliy ta’lim muassasalari jamoalari ishtirok etmoqda. Musobaqalarda jami 24 ta jamoa, jumladan, 14 ta erkaklar va 10 ta ayollar jamoasi g‘oliblik uchun bahs olib boradi.

Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤2👍1
#taqdirlash_marosimi

🗣Namanganda tashkil etilgan respublika tanlovlari g‘oliblari tantanali taqdirlandi!

Joriy yilning 21-23-may kunlari Namangan shahri “Munozara” respublika turniri hamda “Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovining final bosqichiga mezbonlik qildi. Mazkur tanlovlarning yakuniy bosqichida qatnashish uchun gullar shahriga respublikamizning barcha hududlaridan 200 dan ortiq talaba-yoshlar tashrif buyurdi.

⭐️Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi Namangan viloyatidagi Ma’rifat maskanida bo‘lib o‘tdi. Unda Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Bazarov, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Abdumalik Akramov, Namangan davlat universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev, Namangan davlat texnika universiteti rektori Oybek Ergashev hamda hamkor tashkilotlar mas’ullari, shuningdek, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Taqdirlash marosimida tanlov g‘oliblari e’lon qilindi va diplom, kubok, esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

✅
“Munozara” respublika turniri g‘oliblari:

🥇TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti “Elita” jamoasi;
🥈O‘zbekiston Milliy universiteti “Taraqqiyot yoshlari” jamoasi;
🥉Toshkent davlat yuridik universiteti “Yuristlar” jamoasi.

✔️“The best speaker” nominatsiyasi g‘oliblari:
➡️1-spiker: Asadbek Ibragimov – TDTibU talabasi;
➡️2-spiker: Yunus Normamatov – TIQXMMI MTU talabasi;
➡️3-spiker: Gulsanam Raxmonova – FarDU talabasi.

🏆 Turnir g‘oliblari diplom, mos ravishda , 30, 20 va 15 million so‘m miqdorida pul mukofotlari hamda maxsus kubok bilan, nominatsiya g‘oliblari esa O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

✅
“Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari:

↪️1-o‘rin: Andijon davlat pedagogika instituti;
↪️1-o‘rin: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti;
↪️2-o‘rin: Axborot texnologiyalari va menejment universiteti;
↪️2-o‘rin: Namangan davlat universiteti;
↪️3-o‘rin: Buxoro davlat universiteti;
↪️4-o‘rin: Samarqand davlat universiteti Urgut filiali;
↪️5-o‘rin: O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi.

☑️Mazkur tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom hamda mos ravishda 40, 25, 20, 10 va 5 million so‘m miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, taqdirlash marosimida “Jadidlar haqida insholar” tanlovi g‘oliblari ham I, II va III darajali diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👏3👍2🔥2