Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#taqdirlash_marosimi

🗣Namanganda tashkil etilgan respublika tanlovlari g‘oliblari tantanali taqdirlandi!

Joriy yilning 21-23-may kunlari Namangan shahri “Munozara” respublika turniri hamda “Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovining final bosqichiga mezbonlik qildi. Mazkur tanlovlarning yakuniy bosqichida qatnashish uchun gullar shahriga respublikamizning barcha hududlaridan 200 dan ortiq talaba-yoshlar tashrif buyurdi.

⭐️Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi Namangan viloyatidagi Ma’rifat maskanida bo‘lib o‘tdi. Unda Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Bazarov, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Abdumalik Akramov, Namangan davlat universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev, Namangan davlat texnika universiteti rektori Oybek Ergashev hamda hamkor tashkilotlar mas’ullari, shuningdek, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Taqdirlash marosimida tanlov g‘oliblari e’lon qilindi va diplom, kubok, esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

✅
“Munozara” respublika turniri g‘oliblari:

🥇TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti “Elita” jamoasi;
🥈O‘zbekiston Milliy universiteti “Taraqqiyot yoshlari” jamoasi;
🥉Toshkent davlat yuridik universiteti “Yuristlar” jamoasi.

✔️“The best speaker” nominatsiyasi g‘oliblari:
➡️1-spiker: Asadbek Ibragimov – TDTibU talabasi;
➡️2-spiker: Yunus Normamatov – TIQXMMI MTU talabasi;
➡️3-spiker: Gulsanam Raxmonova – FarDU talabasi.

🏆 Turnir g‘oliblari diplom, mos ravishda , 30, 20 va 15 million so‘m miqdorida pul mukofotlari hamda maxsus kubok bilan, nominatsiya g‘oliblari esa O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

✅
“Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari:

↪️1-o‘rin: Andijon davlat pedagogika instituti;
↪️1-o‘rin: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti;
↪️2-o‘rin: Axborot texnologiyalari va menejment universiteti;
↪️2-o‘rin: Namangan davlat universiteti;
↪️3-o‘rin: Buxoro davlat universiteti;
↪️4-o‘rin: Samarqand davlat universiteti Urgut filiali;
↪️5-o‘rin: O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi.

☑️Mazkur tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom hamda mos ravishda 40, 25, 20, 10 va 5 million so‘m miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, taqdirlash marosimida “Jadidlar haqida insholar” tanlovi g‘oliblari ham I, II va III darajali diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👏3👍2🔥2
#marifat_maydoni2026 #final

🗣Namangan viloyatida “Ma’rifat maydoni” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi

🔷 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan “Ma’rifat maydoni” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi 22-23-may kunlari Namangan viloyati musiqali drama teatrida o‘tkazildi.

🏛 Tadbirning ochilish marosimida Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Abdumalik Akramov hamda Namangan davlat universiteti birinchi prorektori Isomjon Odilov so‘zga chiqib, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi. Shuningdek, tanlovning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, adib va ma’rifatparvarlar hayoti hamda ijodini keng targ‘ib etishdagi ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

➡️Final dasturiga muvofiq, tanlovning birinchi kunida jamoalar “Adiblar hayoti va ijodidan sahnalashtirilgan kompozitsiya” bo‘yicha o‘z chiqishlarini namoyish etdi va “Tezkor savol-javob” shartida o‘zbek adabiyotining mashhur namoyondalari hayoti, ijod yo‘li, asarlari, ular yaratgan qahramonlari haqidagi savollarga javob berishdi. Jumladan:
🔹Namangan davlat universitetining “Tamaddun” jamoasi jadidchilik harakati asoschisi Mahmudxo‘ja Behbudiy haqida “Behbudiy” kompozitsiyasini;
🔹O‘zbekiston Xalqaro Islomshunoslik akademiyasining “Ma’rifat” jamoasi shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hayotiga bag‘ishlangan kompozitsiyani;
🔹Samarqand davlat universiteti Urgut filiali millat va ma’rifat yo‘lida kurashgan ayol Maryamxon taqdiri haqida “Maryam” kompozitsiyasini;
🔹Axborot texnologiyalari va menejment universitetining “O‘zbegim” jamoasi qahramon ayol Nodirabegim haqida “Nodira nidosi” kompozitsiyasini;
🔹Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining “Ma’naviyat targ‘ibotchilari” jamoasi adib Oybek haqidagi “Adibning umri” kompozitsiyasini;
🔹Andijon davlat pedagogika institutining “Taraqqiy” jamoasi qatag‘on ziyolilari haqidagi Muhammad Yusufning “Qora quyosh” dostonini;
🔹Buxoro davlat universitetining “Irfon” jamoasi Germaniyaga yuborilgan millat yigit-qizlarining xotirasiga bag‘ishlangan teatrlashtirilgan kompozitsiyani namoyish etishdi.


➡️Tanlovning birinchi – “Adiblar hayoti” sharti bo‘yicha chiqishlar bugun kunning birinchi yarmida o‘tkazildi. Barcha jamoalarning chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, yakuniy natijalarga ko‘ra tanlovning g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍3🔥3
O'zJOKU 8 yoshda!

2018-yil 24-may kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 3737-sonli qarori va tashabbusi bilan tashkil etilgan O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bugun sakkiz yoshni qarshi oldi.

Shu munosabat bilan 4 ta:
— “Globallashuv sharoitida yoshlarning ijtimoiy faolligi, siyosiy tafakkuri va psixologik rivojlanishi”;
— “Kommunikatsiya arxitektorlari: kelajakda PR yoshlar nigohida”;
— “Zamonaviy talabalarning tadqiqotlari: mass media nazariyasi, amaliyoti va yangi imkoniyatlari”;
— “Matbuot renessansi: an’ana, ishonch va zamonaviylik” mavzularida talabalar ilmiy-amaliy konferensiyalari tashkil etildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17👍7🥰4👏1