#marifat_maydoni2026 #final
🗣 Namangan viloyatida “Ma’rifat maydoni” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi
🔷 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan “Ma’rifat maydoni” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi 22-23-may kunlari Namangan viloyati musiqali drama teatrida o‘tkazildi.
🏛 Tadbirning ochilish marosimida Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Abdumalik Akramov hamda Namangan davlat universiteti birinchi prorektori Isomjon Odilov so‘zga chiqib, ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi. Shuningdek, tanlovning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, adib va ma’rifatparvarlar hayoti hamda ijodini keng targ‘ib etishdagi ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.
➡️ Final dasturiga muvofiq, tanlovning birinchi kunida jamoalar “Adiblar hayoti va ijodidan sahnalashtirilgan kompozitsiya” bo‘yicha o‘z chiqishlarini namoyish etdi va “Tezkor savol-javob” shartida o‘zbek adabiyotining mashhur namoyondalari hayoti, ijod yo‘li, asarlari, ular yaratgan qahramonlari haqidagi savollarga javob berishdi. Jumladan:
➡️ Tanlovning birinchi – “Adiblar hayoti” sharti bo‘yicha chiqishlar bugun kunning birinchi yarmida o‘tkazildi. Barcha jamoalarning chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, yakuniy natijalarga ko‘ra tanlovning g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔹 Namangan davlat universitetining “Tamaddun” jamoasi jadidchilik harakati asoschisi Mahmudxo‘ja Behbudiy haqida “Behbudiy” kompozitsiyasini;🔹 O‘zbekiston Xalqaro Islomshunoslik akademiyasining “Ma’rifat” jamoasi shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hayotiga bag‘ishlangan kompozitsiyani;🔹 Samarqand davlat universiteti Urgut filiali millat va ma’rifat yo‘lida kurashgan ayol Maryamxon taqdiri haqida “Maryam” kompozitsiyasini;🔹 Axborot texnologiyalari va menejment universitetining “O‘zbegim” jamoasi qahramon ayol Nodirabegim haqida “Nodira nidosi” kompozitsiyasini;🔹 Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining “Ma’naviyat targ‘ibotchilari” jamoasi adib Oybek haqidagi “Adibning umri” kompozitsiyasini;🔹 Andijon davlat pedagogika institutining “Taraqqiy” jamoasi qatag‘on ziyolilari haqidagi Muhammad Yusufning “Qora quyosh” dostonini;🔹 Buxoro davlat universitetining “Irfon” jamoasi Germaniyaga yuborilgan millat yigit-qizlarining xotirasiga bag‘ishlangan teatrlashtirilgan kompozitsiyani namoyish etishdi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍3🔥3
O'zJOKU 8 yoshda!
2018-yil 24-may kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 3737-sonli qarori va tashabbusi bilan tashkil etilgan O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bugun sakkiz yoshni qarshi oldi.
Shu munosabat bilan 4 ta:
— “Globallashuv sharoitida yoshlarning ijtimoiy faolligi, siyosiy tafakkuri va psixologik rivojlanishi”;
— “Kommunikatsiya arxitektorlari: kelajakda PR yoshlar nigohida”;
— “Zamonaviy talabalarning tadqiqotlari: mass media nazariyasi, amaliyoti va yangi imkoniyatlari”;
— “Matbuot renessansi: an’ana, ishonch va zamonaviylik” mavzularida talabalar ilmiy-amaliy konferensiyalari tashkil etildi.

❤17👍7🥰4👏1