Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Talabalar_ligasi #Gandbol

“Talabalar ligasi” musobaqalarining gandbol bo‘yicha respublika final bosqichi yakunlandi

21–24-may kunlari Termiz davlat universitetida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida gandbol sport turi bo‘yicha “Talabalar ligasi” musobaqalarining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada mamlakatning 14 ta hududidan jami 419 nafar sportchi-talaba va murabbiylar ishtirok etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — Termiz davlat universiteti
🥈 2-o‘rin — Buxoro davlat universiteti
🥉 3-o‘rin — Urganch davlat universiteti

Qizlar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — Urganch RANCH texnologiya universiteti
🥈 2-o‘rin — O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
🥉 3-o‘rin — Termiz davlat universiteti


Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤5👏3🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim va ilm-fan sohasida haftalik voqealar dayjesti (18-23-may)

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤3👍2🔥2
#GullarFestivali #TurizmTaʼlim

Namanganda 65-xalqaro gullar festivali boshlandi

Festivalning ochilish marosimida hukumat vakillari, xorijlik mehmonlar, sayyohlar, viloyat tashkilotlari, oliy o‘quv yurtlari rahbarlari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda 200 dan ortiq gullar bilan bezatilgan avtomobillar ishtirokida shahar bo‘ylab avtokarvon tashkil etildi. Unda universitetlar ramzi tushirilgan avtomobillar ham qatnashib, mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Festival doirasida bir qator universitetlar o‘zlari tashkil etgan gul bog‘lari va ko‘rgazmalar bilan ishtirok etmoqda. Bu yil Namanganda 150 million tup gul ekilib, viloyat “Bir oy davomida eng ko‘p gul ekilgan hudud” sifatida Guinness rekordini qayd etdi.


Jumladan, Namangan davlat universiteti, Namangan davlat texnika universiteti, Namangan davlat pedagogika instituti, Toshkent kimyo xalqaro universiteti Namangan filiali, UBS, Turon, Impuls universitetlarining pavilyonlari xorijlik va mahalliy mehmonlar bilan gavjum. Shuningdek, Namangan davlat chet tillari universiteti talabalari ko‘ngilli tarjimon sifatida ishtirok etmoqda.

12-iyulgacha davom etishi kutilayotgan mazkur festivalga 8 milliondan ortiq mehmonlar, jumladan, 1 milliondan ortiq xorijiy sayyohlar tashrif buyurishi kutilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍6❤4🔥1🎉1
#Talabalar_ligasi #Futzal

Farg‘onada futzal bo‘yicha “Talabalar ligasi” respublika final bosqichi g‘oliblari taqdirlandi

Farg‘ona davlat universitetida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining futzal sport turi bo‘yicha respublika final bosqichi yakunlanib, g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
🥇 Farg‘ona davlat universiteti
🥈 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
🥉 Namangan davlat universiteti


G‘olib va sovrindor jamoalar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍4