Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
“Yangi O‘zbekiston” universitetida EdTech yo‘nalishida xakaton o‘tkazildi

FinTech va EdTech yo‘nalishlari bo‘yicha ideaton va xakatonlar natijasida 227 ta jamoa akseleratsiya bosqichiga saralandi. Dastur doirasida 1 000 nafardan ortiq ishtirokchi, 20 dan ortiq real sanoat muammosi, 25 nafar SQB biznes mentori va 500 million so‘mlik sovrin jamg‘armasi jalb etildi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov ham ishtirok etib, mamlakatda innovatsion ekotizimni rivojlantirish, yoshlar startap tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash va taʼlim sohasida raqamli yechimlarni keng joriy etish muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.

Ideaton va xakatondan saralangan FinTech hamda EdTech startaplari endilikda 12 haftalik intensiv akseleratsiya dasturida rivojlantiriladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤5👍1
Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetining Toshkent shahridagi filiali Vasiylik kengashining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetining Toshkent shahridagi filiali Vasiylik kengashining birinchi yigʻilishi tashkil etildi.


Yigʻilishda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, Vasiylik kengashi raisi Qoʻngʻirotboy Sharipov, universitet rahbariyati, tarmoq korxonalari va sanoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida filial faoliyatini rivojlantirish, muhandislik taʼlimini xalqaro standartlar asosida tashkil etish, sanoat korxonalari uchun malakali kadrlar tayyorlash, 2026/2027 oʻquv yili uchun qabul parametrlarini belgilash, laboratoriya va oʻquv xonalarini jihozlash, xalqaro taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha amaliy ishlarni boshlash topshirildi.


Yigʻilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, filial faoliyatini tizimli rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6👏2👍1🤔1
#sport

Buxoro davlat universiteti talabalari Osiyo chempionatlarida yuksak natijalarni qayd etdi

Prezidentimiz tomonidan sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tibor o‘zining amaliy natijalarini bermoqda. Buxoro davlat universiteti talabalarining xalqaro sport maydonlaridagi yutuqlarini buning yorqin misoli sifatida keltirish mumkin.

Nufuzli Osiyo chempionatlari doirasida:
🥇 Sevara Sadullayeva – Toshkent shahrida o‘tkazilgan MMA bo‘yicha Osiyo chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Osiyo chempioni bo‘ldi hamda Osiyo o‘yinlariga yo‘llanma oldi;
🥇 Rahimjon Uzokov – Vyetnamning Da Nang shahrida o‘tkazilgan U23 Osiyo chempionatining erkin kurash bahslarida Osiyo chempioni bo‘ldi;
🥉 Shakhzodbek Yarashev – U23 Osiyo chempionatida erkin kurash bo‘yicha 70 kg vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Sportchi talabalarimizni ushbu yuksak natijalar bilan muborakbod etamiz va ularga yangi zafarlar tilaymiz!

Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥60❤48🤩48👍44🥰41
Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida qoʻshma ilmiy laboratoriya tashkil etish masalasi muhokama qilindi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining “Sinoma Academy EC” kompaniyasi, China Building Materials Academy (CBMA) hamda China National Building Material Group (CNBM) vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Muloqot davomida “Xitoy – Markaziy Osiyo yashil noorganik nometall materiallar qoʻshma laboratoriyasi”ni tashkil etish boʻyicha dastlabki takliflar muhokama qilindi. Tomonlar loyihani amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari, ilmiy hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari va uning amaliy ahamiyati xususida fikr almashdilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/169739

#xalqaro_hamkorlik

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👏2
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq Ahmadbek Tadjiyevich Yusupov Oliy attestatsiya komissiyasi raisi lavozimidan ozod etildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👏40👍18🔥10❤9🎉4