#Qonunchilik_yangiliklari
Mazkur farmon ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlari uchun ilgʻor yechimlarni yarata oladigan yangi avlod ilmiy kadrlarni tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish, ilmiy kengashlar faoliyatida zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish, izlanuvchilarni tayyorlashda ustuvorlik mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi ijrosiniga qaratilgan.
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida nazarda tutilgan mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlaridan kelib chiqib, ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yoʻnalishlari tasdiqlandi:
☑️ raqamli va axborot texnologiyalari, jumladan, sunʼiy intellekt, kiberxavfsizlik, maʼlumotlar tahlili va raqamli yechimlarni ishlab chiqish;
☑️ atom va qayta tiklanuvchi energiya manbalari, shu jumladan, vodorod texnologiyalari, energiya tejamkorligi va energiyani saqlash tizimlari;
☑️ agroinnovatsiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi, urugʻchilik, seleksiya,
gen texnologiyalari;
☑️ tibbiyot va biotexnologiyalar, jumladan, biomeditsina, genetika, farmatsevtika, telemeditsina va yuqumli kasalliklarning oldini olish;
☑️ suv resurslaridan oqilona foydalanish va iqlimga barqarorlikni taʼminlash, jumladan, choʻllanishning oldini olish va iqlim oʻzgarishiga moslashish;
☑️ yangi materiallar va ilgʻor ishlab chiqarish texnologiyalari,
shu jumladan, nanotexnologiyalar, additiv ishlab chiqarish, robototexnika va avtomatlashtirilgan tizimlar;
☑️ seysmik xavfsizlikni taʼminlash.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2026-yil 26-may kuni Prezidentimiz tomonidan PF–98-sonli “Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi.
Mazkur farmon ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlari uchun ilgʻor yechimlarni yarata oladigan yangi avlod ilmiy kadrlarni tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish, ilmiy kengashlar faoliyatida zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish, izlanuvchilarni tayyorlashda ustuvorlik mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi ijrosiniga qaratilgan.
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida nazarda tutilgan mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlaridan kelib chiqib, ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yoʻnalishlari tasdiqlandi:
gen texnologiyalari;
shu jumladan, nanotexnologiyalar, additiv ishlab chiqarish, robototexnika va avtomatlashtirilgan tizimlar;
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15❤10🤔2🎉1
Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari 2026-yil 26-may kuni Prezidentimiz tomonidan PF–98-sonli “Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. Mazkur farmon ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining…
#Qonunchilik_yangiliklari
Farmonga koʻra:
➡️ doktoranturaga umumiy qabul kvotasining kamida 60 foizi ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yoʻnalishlariga oid ixtisosliklarga ajratiladi;
➡️ differensial stipendiya tizimi joriy etilib, ustuvor ilmiy ixtisosliklarga qabul qilingan doktorantlarga bazaviy stipendiyaning 1,7 baravari miqdorida oshirilgan stipendiya toʻlanadi;
➡️ ustuvor ilmiy ixtisosliklarga qabul qilingan doktorantlarga tadqiqot ishida zarur boʻladigan asbob-uskuna va boshqa tovarlarning xaridi uchun har oy bazaviy stipendiyaning 30 foizi miqdorida qoʻshimcha mablagʻ doktorant tahsil olayotgan oliy taʼlim yoki ilmiy tashkilotga yoʻnaltiriladi;
➡️ tayanch doktorantura bosqichining birinchi oʻquv yilida sohaviy maxsus fanlar, ilmiy tadqiqot metodologiyasi va akademik yozish, statistika va maʼlumotlar tahlili kabi fanlar boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari tashkil etiladi.
☑️ Ustuvor ilmiy ixtisosliklarga qabul kirish imtihoni oʻrniga ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti asosida amalga oshiriladi. Bunda taqdimotga qoʻyiladigan talablar oliy taʼlim va ilmiy tashkilot tomonidan mustaqil belgilanadi.
☑️ Ilmiy rahbarga doktorantning ixtisosligiga mos fan tarmogʻida ilmiy tadqiqot tajribasiga ega boʻlish talabi joriy etiladi.
☑️ Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul qilishda tegishli fan yoʻnalishlarida milliy sertifikatga ega boʻlgan talabgorni mutaxassislik fani boʻyicha imtihondan ozod etib, unga maksimal ball berish tartibi bekor qilinadi.
☑️ 2027-yil uchun qabuldan boshlab ilmiy rahbarlik (maslahatchilik) uchun oylik toʻlov oʻrniga tayanch doktoranturaga qabul qilingan stajyor-tadqiqotchi va oʻz vaqtida himoya qilgan doktorant uchun
bir martalik ragʻbatlantiruvchi toʻlov toʻlanadi. Bunda:
➡️ Xirsh indeksi boʻyicha koʻrsatkichi 5 dan kam boʻlgan ilmiy rahbarga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining
40 baravarigacha miqdorida;
➡️ Xirsh indeksi boʻyicha koʻrsatkichi 5 dan yuqori boʻlgan ilmiy rahbarga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 80 baravarigacha miqdorida toʻlanadi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Farmonga koʻra:
☑️ 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan tayanch doktorantura va doktoranturada kadrlar tayyorlashda:
bir martalik ragʻbatlantiruvchi toʻlov toʻlanadi. Bunda:
40 baravarigacha miqdorida;
Bizni kuzatin
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18❤12🤔3
Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari 2026-yil 26-may kuni Prezidentimiz tomonidan PF–98-sonli “Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. Mazkur farmon ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining…
#Qonunchilik_yangiliklari
☑️ Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini amaliy tadqiqot loyihasi doirasida olishni nazarda tutuvchi “Loyiha doirasida ilmiy daraja” dasturi yoʻlga qoʻyiladi.
☑️ Dastur doirasida ilmiy loyihalarni amalga oshirishning quyidagi tartibi oʻrnatiladi:
➡️ Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan ustuvor ilmiy ixtisosliklar boʻyicha muddati uch yildan koʻp boʻlmagan tadqiqot loyihalari uchun har yili bir marta tanlov eʼlon qilinadi;
➡️ tadqiqot loyihasida ishtirok etuvchi doktorant loyiha rahbari tomonidan tanlov asosida qabul qilinadi hamda loyiha rahbari bir vaqtning oʻzida doktorantning ilmiy rahbari hisoblanadi;
➡️ doktorant tadqiqot loyihasi bajarilayotgan tashkilotning izlanuvchisi hisoblanadi va unga tayanch doktorantura uchun belgilangan miqdorda stipendiya toʻlanadi;
➡️ tadqiqot loyihasi davrida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani himoya qilgan tadqiqotchi loyihasining ilmiy hisoboti ekspertizadan oʻtkazilmaydi;
➡️ Dastur ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratilgan mablagʻlar va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
➡️ Dastur doirasida tayyorlanadigan doktorantlar soni Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan tayanch doktoranturaga har yili ajratiladigan qabul kvotasini shakllantirishda hisobga olinmaydi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Farmonga koʻra, ilmiy darajali kadrlarni tayyorlashda loyihaviy yondashuv joriy etiladi:
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤5🔥3🤔1
Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari 2026-yil 26-may kuni Prezidentimiz tomonidan PF–98-sonli “Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. Mazkur farmon ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining…
#Qonunchilik_yangiliklari
➡️ chet tili fanidan malakaviy imtihon topshirish, mustaqil izlanuvchilar bundan mustasno;
➡️ Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan dissertatsiya mavzularini roʻyxatdan oʻtkazish va dissertatsiya himoyasi toʻgʻrisida eʼlon berish;
➡️ dissertatsiyani yetakchi tashkilotda muhokamadan oʻtkazish;
➡️ ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalari boʻyicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun tayyorlangan dissertatsiya natijalari yuzasidan monografiya eʼlon qilish;
➡️ dissertatsiya avtoreferatini chop etish;
➡️ dissertatsiya ilmiy natijasi amaliyotga joriy etilganligi toʻgʻrisida xulosa olish;
➡️ Oliy attestatsiya komissiyasining fan tarmoqlari boʻyicha ekspert kengashi tomonidan dissertatsiyani ilmiy ekspertizadan oʻtkazish;
➡️ himoya qilingan dissertatsiya boʻyicha ilmiy kengash qarorini
Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlash;
➡️ taʼlim va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun jalb qilingan chet ellik fuqaroning xorijda olgan ilmiy darajasi toʻgʻrisidagi hujjatlarini nostrifikatsiya qilish. Bunda ilmiy daraja toʻgʻrisidagi hujjat uning Oʻzbekistondagi faoliyati davomida toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinadi.
📱 2027-yil 1-yanvarga qadar Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan dissertatsiya himoyasi toʻgʻrisida eʼlon berilgan va dissertatsiya himoyasini oʻtkazgan izlanuvchilarga ilmiy darajalar mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar amalda boʻlgan tartibga muvofiq beriladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Farmonga muvofiq ilmiy darajalar berishda 2027-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi tartiblar bekor qilinadi:
Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlash;
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21❤11🔥5👏4🤔1
Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari 2026-yil 26-may kuni Prezidentimiz tomonidan PF–98-sonli “Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. Mazkur farmon ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining…
#Qonunchilik_yangiliklari
Bunda:
☑️ ilmiy kengashlar tomonidan maʼqullangan dissertatsiyalar tanlov asosida mustaqil, jumladan xorijiy mutaxassislarning ekspertizasidan oʻtkazilib, reyting natijalarida aks ettiriladi;
☑️ reyting Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan yagona avtomatlashtirilgan elektron axborot portalida reyting mezonlari va baholash natijalarini aks ettirgan holda internet tarmogʻi orqali barchaning tanishib chiqishi uchun ochiq holda yuritiladi;
☑️ reyting natijalariga koʻra samaradorligi past boʻlgan ilmiy kengashlarga nisbatan Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan quyidagi choralar qoʻllanadi:
➡️ ilmiy kengashning raisi va kotibini muayyan muddatga ilmiy kengashlar faoliyatidan chetlashtirish;
➡️ ilmiy kengash faoliyatini tugatish;
➡️ oliy taʼlim va ilmiy tashkilotda tegishli ixtisoslik boʻyicha ilmiy kengash tashkil etishni muayyan muddatga cheklash;
☑️ Oliy attestatsiya komissiyasiga ilmiy kengashlar tomonidan maʼqullangan ilmiy ishlarni tanlov asosida tekshirish
va asoslarni koʻrsatgan holda ularning qarorini bekor qilish vakolati beriladi.
📱 Ilmiy kengashlar dissertatsiyalar ekspertizasining xolis va sifatli oʻtkazilishi, ilmiy ishlarda koʻchirmachilikni aniqlash hamda qabul qilgan qarorlarining asosliligiga masʼul etib belgilanadi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2027-yil 1-yanvardan boshlab ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengashlar faoliyati samaradorligini baholash boʻyicha reyting tizimi joriy etiladi.
Bunda:
va asoslarni koʻrsatgan holda ularning qarorini bekor qilish vakolati beriladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤6🔥3🤔2👏1
Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari 2026-yil 26-may kuni Prezidentimiz tomonidan PF–98-sonli “Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. Mazkur farmon ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining…
#Qonunchilik_yangiliklari
Unga koʻra:
☑️ oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarda ilmiy darajali kadrlarni sanoat hamkorlari bilan birgalikda tayyorlash boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi “Amaliy doktorantura (PhD)” dasturi amalga oshiriladi, bunda:
➡️ dissertatsiya mavzusi sanoat hamkorining talabidan kelib chiqib belgilanadi hamda doktorantga tadqiqot mavzusiga mos boʻlgan ilmiy va amaliy rahbarlar biriktiriladi;
➡️ “Amaliy doktorantura (PhD)” dasturiga izlanuvchi oliy taʼlim va ilmiy tashkilot tomonidan unga ajratilgan Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan tayanch doktorantura qabul kvotasini mustaqil qayta yoʻnaltirish orqali qabul qilinadi;
➡️ doktoranturaga kirish imtihonlarini oʻtkazish tartibi sanoat hamkori bilan kelishilgan holda oliy taʼlim va ilmiy tashkilot tomonidan belgilanadi;
➡️ tadqiqot loyihasi sanoat hamkori bilan hamkorlikda moliyalashtiriladi. Bunda oliy taʼlim va ilmiy tashkilotning majburiyatlari Davlat byudjetidan oliy taʼlimdan keyingi taʼlim uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi;
☑️ yuqori barqarorlik reytingiga ega tadbirkorlik subyektlarining foyda soligʻi bazasi ularning ilmiy loyihalarni sanoat hamkori sifatida moliyalashtirishga sarflagan mablagʻlarini 150 foiz miqdorda chegirgan holda aniqlanadi;
☑️ ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida yaratilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan olingan foyda ushbu realizatsiya boshlangan kundan boshlab uch yil davomida foyda soligʻidan ozod etiladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
⭐️ Tadqiqot jarayonlariga tadbirkorlik subyektlarini jalb etish tartibi oʻrnatiladi.
Unga koʻra:
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17🔥5
Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari 2026-yil 26-may kuni Prezidentimiz tomonidan PF–98-sonli “Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. Mazkur farmon ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining…
#Qonunchilik_yangiliklari
Endilikda:
☑️ Oliy attestatsiya komissiyasi oliy malakali ilmiy kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi, ilmiy kengashlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va mazkur sohada davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi vakolatli organ hisoblanadi;
☑️ Oliy attestatsiya komissiyasi ilmiy daraja va unvonlarga qoʻyiladigan malaka talablarining xalqaro standartlarga muvofiqligini taʼminlaydi;
☑️ Oliy attestatsiya komissiyasi Fanlar akademiyasiga faqat tashkiliy-boshqaruv jihatidan boʻysunadi, oʻziga yuklangan vazifalarni kollegiallik asosida Fanlar akademiyasidan toʻliq mustaqil holda amalga oshiradi;
☑️ Oliy attestatsiya komissiyasining tuzilmasi Fanlar akademiyasi tomonidan tasdiqlanadi;
☑️ Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Fanlar akademiyasi prezidenti tavsiyasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga belgilangan tartibda tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi, bunda:
➡️ Oliy attestatsiya komissiyasi raisi 5 yil muddatga tayinlanadi;
➡️ ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq raislik lavozimiga tayinlanishi mumkin emas;
☑️ Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi, bunda har 2 yilda Rayosat aʼzolarining uchdan bir qismi va 6 yilda Rayosat tarkibi toʻliq yangilanadi, Rayosatga rahbarlik qiluvchi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi bundan mustasno;
☑️ Oliy attestatsiya komissiyasi raisi maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlariga koʻra Fanlar akademiyasi vitse-prezidentiga tenglashtiriladi;
☑️ Oliy attestatsiya komissiyasi xodimlari mehnatiga haq toʻlash miqdorlari va moddiy ragʻbatlantirish shartlari boʻyicha Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati xodimlariga tenglashtiriladi.
📱 2026-yil 1-avgustga qadar barcha dissertatsiya himoyasi jarayonlari, jumladan, ilmiy ish va avtoreferatni taqdim etish, retsenzent va opponentlar fikrlarini yuborish, himoya jarayonlarini rejalashtirish va ilmiy ishni baholash jarayonlari yagona onlayn tizim orqali amalga oshirilishi taʼminlanadi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Oliy attestatsiya komissiyasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridan Fanlar akademiyasi tizimiga oʻtkaziladi.
Endilikda:
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤25👍5🤔2😁1😱1
Qadrli yurtdoshlar, hurmatli ilm-fan sohasi vakillari va aziz yoshlar!
Sizlarni mo‘tabar bayram — Qurbon hayiti munosabati bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz.
Bu muqaddas ayyom har bir yurtdoshimizning qalbida mehr-oqibat tuyg‘ularini mustahkamlab, jamiyatimizda o‘zaro hamjihatlik va totuvlik muhitini yanada mustahkamlaydi.
Bugungi kunda yurtimizda davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, ilm-fan va innovatsion taraqqiyotga qaratilgan yuksak e’tibor, ayniqsa, yosh avlodga yaratib berilayotgan imkoniyatlar yurtimiz kelajagi porloq bo‘lishiga mustahkam zamin yaratmoqda. Ushbu ezgu jarayonda siz, aziz ustozlar, olimlar va talaba-yoshlarning hissasi beqiyosdir.
Qurbon hayiti barchamizning xonadonimizga tinchlik, fayz-u baraka, sog‘lik-salomatlik va baxt-saodat olib kirsin.
Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi

2❤38🔥12🥰6👍3😁2
#Mavsumga_tayyorgarlik
“Orol bolalari” oromgohida tayyorgarlik jarayonlari koʻzdan kechirildi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Ellikqalʼa tumani hokimi Valijan Niyazimbetov hamrohligida Ellikqalʼa tumanida joylashgan “Orol bolalari” oromgohida boʻlib, yozgi dam olish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Taʼkidlanganidek, yozgi dam olish mavsumini yuqori saviyada tashkil etish, yosh avlodning sogʻlom, mazmunli va xavfsiz dam olishini taʼminlash yoʻlida barcha imkoniyat va resurslar toʻliq safarbar etiladi.

Tashrif davomida oromgoh hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, bolalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, yotoqxonalar va oshxonalarning holati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, shuningdek, xavfsizlik choralarining tashkil etilgani atroflicha koʻzdan kechirildi.
Masʼullar bilan muloqot jarayonida oromgohni yozgi mavsumga puxta tayyorlash, bolalarning mazmunli va maroqli hordiq chiqarishini taʼminlash, ular uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish masalalari yuzasidan tegishli topshiriq va koʻrsatmalar berildi.
Taʼkidlanganidek, yozgi dam olish mavsumini yuqori saviyada tashkil etish, yosh avlodning sogʻlom, mazmunli va xavfsiz dam olishini taʼminlash yoʻlida barcha imkoniyat va resurslar toʻliq safarbar etiladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤23👍8👏2🔥1
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, ERGO Analytics hamkorligida "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetida Scopus va Web of Science jurnallariga maqola yozish bo'yicha bepul Yozgi maktab o'tkaziladi
Yozgi maktab 2026-yil 9–11-iyun kunlari Toshkentda oflayn formatda o'tkaziladi. Ishtirokchilar tadqiqot mavzularini tanlash, akademik yozish, retsenziyalash jarayoni, SI vositalari, ekonometrik tahlil va Q1/Q2 jurnallarida muvaffaqiyat strategiyalari bo'yicha amaliy ko'nikmalarni egallaydi.
Shu munosabat bilan, PhD-doktorantlar, o‘qituvchilar, yosh olimlar va ilmiy maqolalar mualliflarini bepul yozgi maktabga taklif qilamiz.
📢O‘rinlar cheklangan.
Yozgi maktabda qatnashish uchun kanalga obuna bo‘ling va saralashdan o‘ting: t.me/publishlab_hive
Tel: +998 77 741 24 84
Batafsil
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Ma'lumot uchun, Scopus va Web of Science — dunyo miqyosida eng nufuzli ilmiy bazalar bo'lib, ularning indeksidagi jurnallarga nashr etilgan maqolalar yuqori sifat va xalqaro tan olinish mezonlari sifatida baholanadi.
Yozgi maktab 2026-yil 9–11-iyun kunlari Toshkentda oflayn formatda o'tkaziladi. Ishtirokchilar tadqiqot mavzularini tanlash, akademik yozish, retsenziyalash jarayoni, SI vositalari, ekonometrik tahlil va Q1/Q2 jurnallarida muvaffaqiyat strategiyalari bo'yicha amaliy ko'nikmalarni egallaydi.
Shu munosabat bilan, PhD-doktorantlar, o‘qituvchilar, yosh olimlar va ilmiy maqolalar mualliflarini bepul yozgi maktabga taklif qilamiz.
📢O‘rinlar cheklangan.
Yozgi maktabda qatnashish uchun kanalga obuna bo‘ling va saralashdan o‘ting: t.me/publishlab_hive
Tel: +998 77 741 24 84
Batafsil
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤18👍10🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚽️ Oʻzbegim oʻgʻlonlari, sizlarga Jahon chempionatida ulkan zafarlar tilaymiz!
🇺🇿 Millionlab yurtdoshlarimizning ishonchi va duolari sizlar bilan. Har bir oʻyin, har bir gʻalaba Vatanimiz sharafini yanada yuksaltirsin.
🔥 Maydonda matonat, ishonch va gʻalaba ruhi sizlarni tark etmasin!
🏆 Oʻzbekiston terma jamoasiga Jahon chempionatida omad yor boʻlsin!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🇺🇿 Millionlab yurtdoshlarimizning ishonchi va duolari sizlar bilan. Har bir oʻyin, har bir gʻalaba Vatanimiz sharafini yanada yuksaltirsin.
🔥 Maydonda matonat, ishonch va gʻalaba ruhi sizlarni tark etmasin!
🏆 Oʻzbekiston terma jamoasiga Jahon chempionatida omad yor boʻlsin!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍30🔥28❤26🎉4🤩2
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni!
Bolalar – xalqimizning eng bebaho boyligi, Vatanimizning ertangi kuni va Yangi O‘zbekistonning ishonchli tayanchidir.
Bugun mamlakatimizda har bir bolaning sifatli ta’lim olishi, o‘z iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishi, sog‘lom va baxtli voyaga yetishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Zamonaviy bog‘chalar, maktablar, ijod va sport markazlari, innovatsion ta’lim loyihalari ana shu ezgu maqsadga xizmat qilmoqda.
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan barcha bolajonlarni samimiy tabriklaymiz. Ularning qalbida ezgulik, mehr-oqibat, ilmga intilish va Vatanga muhabbat tuyg‘ulari yanada mustahkam bo‘lishini tilaymiz.
Farzandlarimizning beg‘ubor kulgusi, yutuq va muvaffaqiyatlari yurtimiz taraqqiyotining eng katta ilhom manbayi bo‘lib qolaversin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz bolajonlar!
#1iyun #BolalarBayrami
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10👍9🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farzandingizni eshiting
Bolalar uchun qay biri muhim: sharoit, pul yoki e’tibor?
Bugun 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. Bu kunda bolalarga koʻproq e’tibor beraylik va ularni tinglaylik.
Videoning sifatli variantini mana bu yerda ko‘rishingiz mumkin.

👍7❤3🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2026 #Abituriyent2026
📢 Abituriyentlar diqqatiga!
🎥 Davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma.
Mazkur videoqo‘llanmada:
✅ onlayn ro‘yxatdan o‘tish tartibi;
✅ hujjatlarni onlayn to‘g‘ri rasmiylashtirish;
✅ tizimdan foydalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar batafsil tushuntirilgan.
❗️ Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishni rejalashtirayotgan barcha abituriyentlarga videoqo‘llanma bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.
Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

❤19👍3😁1🤔1
#Qabul2026 #Kvota #AkademikLitsey #IxtisoslashtirilganMaktablar
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “Oliy ta’lim tashkilotlari huzuridagi akademik litseylar hamda ixtisoslashtirilgan maktablarga 2026/2027-oʻquv yili uchun qabul parametrlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi burug‘i imzolandi.
Unga ko‘ra, 2026/2027-oʻquv yili uchun oliy taʼlim tashkilotlari huzuridagi akademik litseylar va ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul parametrlari tasdiqlandi.
Shuningdek, akademik litseylar va ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘qishga qabulni sifatli tashkil etish maqsadida joriy yil 1-iyundan 7–9 nafar a’zodan iborat tarkibda Maslahat kengashlari tashkil etiladi.

1❤11👍8🔥2
KVOTA_2026_AL.pdf
956.8 KB
⚡️Akademik litseylarga qabul kvotalari
2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlari huzuridagi akademik litseylar qabul parametrlari ta’lim yo‘nalishlari kesimida.
Unga ko‘ra, 69 ta akademik litseyga jami 14 898 ta kvota ajratildi.
Hujjatlar 10-iyundan boshlab my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilinadi.
Eslatma: Fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bu yerda👈
#Qabul2026 #AkademikLitsey
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21👍11🔥7👏3😱2