Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Xorijiy_amaliyot

O‘zbekiston talabalari Belarusdagi yirik sanoat korxonasida amaliyot o‘tamoqda

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti va Belarus Respublikasining Minsk traktor zavodi (MTZ) o‘rtasida imzolangan memorandum hamda talabalar amaliyotini tashkil etish bo‘yicha tuzilgan shartnoma asosida “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining 20 nafar talabasi 3 oylik ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash uchun Belarus Respublikasiga jo‘nab ketdi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/171343

#xalqaro_hamkorlik

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤8😁3
Prezident Shavkat Mirziyoyevning madaniyat va sanʼat sohasi xodimlari bilan uchrashuvida madaniyat va san’at yo‘nalishidagi 10 ta oliygoh rektori har bir talaba bilan ishlab, ularning shaxsiy brendini yaratish, ijodiy mahsulotini sotish, hamkor topishga jiddiy e’tibor qaratishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Mutasaddilarga yangi o‘quv yilidan har bir talabaga taniqli ijodkorlarni biriktirib, dual ta’limni yo‘lga qo‘yish topshirildi. Bunda ustoz ijodkorlar yoshlarni o‘zining konsert, teatr va tomoshalarida ishtirok etishi uchun sharoit yaratib, ularni katta sahnada tayyorlab boradi.

Buning uchun ushbu ustozlarga oliygoh professor-o‘qituvchisiga teng miqdorda haq to‘lanadi. Taniqli ijodkorlar oliygohda dars beradigan bo‘lsa, oyligiga 50 foiz ustama to‘lanadi.

Yangi o‘quv yilidan ta’lim dasturlariga “Art-menejment”, “Kreativ industriya”, “Loyihalarni tijoratlashtirish” singari zamonaviy mavzular kiritiladi. Kinoindustriya, moda va dizayn, madaniyat menejmenti kabi yo‘nalishlarda xorijdan 50 nafar tajribali mutaxassis-o‘qituvchi olib kelinadi.

Talabalarning startap loyihalari uchun 10 ta oliygohga 50 milliard so‘m beriladi.

Hozir madaniyat va san’at sohasi xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha yaxlit tizim yo‘qligi bois, Konservatoriya huzuridagi markaz hamda San’at va madaniyat institutidagi markaz negizida Madaniyat vazirligida soha xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti tashkil qilinadi.

Ayni paytda davlatimiz rahbari uchrashuvda ishtirok etayotgan soha namoyandalari bilan muloqot qilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤21🔥5👍3🤔2
#Olimlar_minbari
#11-17.05.2026 

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“Intellektual salohiyat va global integratsiya uyg‘unligi” — Shuhrat SIROJIDDINOV, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik;

“Farg‘ona – iqtisodiy va ma’naviy yuksalish namunasi” — Bahodirjon SHERMUHAMMADOV, Farg‘ona davlat universiteti rektori, professor;

“Innovatsion ishlanmalar yoxud Xorazmning barqaror energetik mustaqilligiga erishishiga yo‘naltirilgan loyiha” — Feruza MADRAHIMOVA, Urganch davlat universiteti rektori;

“Ta’lim sifati va qamrovini oshirish inson kapitalini rivojlantirishning strategik asosi” — Qahramon SOBIROV, Toshkent gumanitar fanlar universiteti rektori;

“Mardlik, mukofot, e’tirof” — Diyorjon ABDULLAYEV, Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.b., professor;

«Вернулись с войны и посвятили жизнь науке» — Гульнора МАНСУРОВА, профессор Ташкентского университета информационных технологий;

“Biz yo‘lga chiqdik” — Abduxalil MAVRULOV, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori;

“
Kelajak bunyodkorlari uchun yangi imkoniyatlar” — Eldor TANGIROV, Samarqand davlat tibbiyot universiteti prorektori;

«Эра ИИ: почему узкой специализации уже недостаточно» — Нозлия НОРМУРОДОВА, проректор Ташкентского государственного университета узбекского языка и литературы, профессор;

“Yangi investitsiyalarning muhim mezoni” — Go‘zal XONKELDIYEVA, Farg‘ona davlat universiteti dekani;

«История, которая объединяет поколения» — Сурайё ХАМРАХОДЖАЕВА, доктор философии (PhD) по педагогическим наукам Ташкентского государственного экономического университета;

«Молодежь меняет будущее» — Малика КАМАЛОВА, заведующий кафедрой Ташкентского государственного экономического университета, кандидат педагогических наук;    

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6👍1
#Xalqaro_bolalarni_himoya_qilish_kuni

QarDUda taʼlim va amaliyotni birlashtirgan maktabgacha taʼlim tashkiloti ochildi

Qarshi davlat universiteti tasarrufida zamonaviy “UniKids” maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

Qarshi shahrida joylashgan 240 o‘rinli ta’lim muassasasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya” standarti hamda “Ilk qadam” davlat dasturi asosida zamonaviy o‘quv-metodik vositalar va axborot texnologiyalari bilan jihozlandi. Muassasada 3–7 yoshli bolalarga o‘zbek, rus va ingliz tillarida ta’lim-tarbiya beriladi.


Tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Murotjon Azimov, Qarshi davlat universiteti rektori Dilmurod Nabiyev, keng jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, universitet professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Batafsil

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤17🔥9👏2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#GiyohvandlikkaQarshi

Bir lahzalik huzur uchun butun umrni qurbon qilmang.

Bugun qayting, ertaga kech bo‘lishi mumkin.

📸 Manba

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍29❤6🔥3👏1
“TasIMO–2026” finalida O‘zbekistonning intellektual salohiyati yana bir bor namoyon bo‘ldi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Green Hills Resort” majmuasida “TasIMO–2026” Toshkent xalqaro matematika olimpiadasi final bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

Xalqaro miqyosdagi mazkur nufuzli loyiha Xalqaro Nordik universiteti va IDC ta’lim markazi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, UNICEF, AQSHning Rowan University hamda Finlyandiyaning Karelia University hamkorligida amalga oshirildi.

📌 Batafsil — saytda...

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍5😁2