Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#TalabaFest2026

🎓🎓 Andijon yoshlarini birlashtirgan “Talaba Fest” katta bayramga aylandi

Bugun, 3-iyun kuni Andijon davlat universiteti mezbonligida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari ishtirokida ularning ijodiy, intellektual va sport sohalaridagi salohiyatini namoyon etish, o‘zaro hamjihatlik va sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Talaba Fest” festivali o‘tkazildi.

Yoshlarning iste’dodi, bilimi va tashabbuslarini namoyon etishga xizmat qilgan festival doirasida ijodiy uchrashuvlar, innovatsion loyihalar ko‘rgazmalari, sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar hamda madaniy-ko‘ngilochar dasturlar tashkil etildi. Mazkur tadbirlar ishtirokchilarga o‘z salohiyatini namoyish etish, ilg‘or g‘oya va tashabbuslarini keng jamoatchilikka taqdim etish imkonini yaratdi.

Batafsil: https://adu.uz/news/tadbirlar/68

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍2🔥1
🎙Ovozli chatimiz spikeri bilan tanishing!

Janubiy Koreya va O‘zbekiston IT bozorida katta tajribaga ega mutaxassis — Xurshidbek Kurbanov

❗️Xurshidbek Kurbanov — AI trendlarini shunchaki kuzatuvchi emas, Agentic AI tizimlar ustida ishlayotgan mutaxassis bo'lib:

— ular AI bo‘yicha PhD tadqiqotchi sifatida Machine Learning, Deep Learning, NLP, LLM, Generative AI va Agentic AI evolyutsiyasini ilmiy hamda amaliy jihatdan tadqiq qilib kelmoqda;

— shuningdek, InFocus.uz asoschisi sifatida Applied AI Engineering va Database Engineering kurslari muallifi bo‘lib, Applied AI Engineering yo‘nalishida amaliy kurslar yaratib B2B ta’lim dasturlari orqali IT jamoalarni tayyorlab kelmoqdalar.

✔️Xullas ushbu ovozli chatimizda AI bo'yicha xohlagan savolingizga javob topa olasiz.

Bizni kuzatishda davom eting😉

🗓3-iyun, chorshanba
⏰ 19:00
📍 @raqamli_talim_markazi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍3🔥1
#Olimlar_minbari
#18-31.05.2026

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“Milliy uyg‘onish falsafasi” — Qo‘ng‘irotboy SHARIPOV, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri;

“Ta’lim, ilm-fan va innovatsiya turkiy davlatlar integratsiyasining asosiy drayveri” – Nazokat ABDUQUNDUZOVA, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari;

“Kasbiy ta’limda yangilanayotgan tafakkur va g‘urur renessansi” — Ilhom XOLMURODOV, Kasbiy ta’lim agentligi direktori maslahatchisi;

“Intellektual salohiyat va birdamlik – turkiy dunyoning yangi davrdagi bosh formulasi” — Ilhomjon TO‘XTASINOV, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor;

“Asrimizning eng katta boyligi” — Sherzod MUSTAFOQULOV, Xalqaro nordik universiteti rektori, professor;

“Uyg‘onish fasli” — Muhiddin KALONOV, Navoiy davlat universiteti rektori, professor;

“Uchinchi renessansning ma’naviy va intellektual poydevori” — Shuhrat BOYMURADOV, Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor;

“Asrga tenglashgan islohot, taraqqiyot va dovoni” — Ismoil SAIFNAZAROV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi oʻrinbosari;

“Nizomiy Ganjaviy yurtida uch kun” – Nurboy JABBOROV, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori;

«Университеты будущего: как Узбекистан строит экономику знаний» —  Ирода АБДУЛЛАЕВА, профессор Ташкентского государственного экономического университета, кандидат экономических наук;

“Gender byudjetlashtirish – aniq manzilli samarali tizim” — Nargiza JIYANOVA, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;

“Nazariya va amaliyot uyg‘unligi bitiruvchi uchun ayni zarurat” — Oripjon ZARIPOV, texnika fanlari doktori, professor;

«Оберегая самое ценное» — Шахноза АСКАРОВА, доцент Ферганского государственного университета, PhD;

«Золотое дерево Сахибкирана» — Баходир РУЗИЕВ, преподаватель истории Шахрисабзского государственного педагогического института;

«Энергетическая политика Узбекистана: ставка на эффективность» — Ирода УМАРОВА, старший преподаватель ТГЮУ.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7😁3👍2
#Talabalar_olimpiadasi #Sport

“Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi” final bosqichi ishtirokchilari poytaxtimizda tantanali kutib olinmoqda

Ayni daqiqalarda poytaxtimizdagi Janubiy vokzalda “Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarining saralash bosqichlarida yuqori natijalarni qayd etgan iqtidorli talabalar tantanali ravishda kutib olinmoqda.

Joriy mavsumda respublika bo‘ylab 170 ta oliy ta’lim muassasasidan 154 ming nafardan ortiq talaba musobaqalarning birinchi bosqichida ishtirok etdi. Hududiy bosqichlarda esa 146 ta oliy ta’lim muassasasidan qariyb 10 ming nafar talaba o‘z mahoratini namoyon qildi.

Bugun ana shu sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan eng kuchli sportchi-talabalar poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasida jam bo‘lib, Respublika final bosqichida g‘oliblik uchun bahs olib boradilar.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Talaba, ish beruvchi va biznesni birlashtiruvchi yirik platforma — “TalabaExpo — 2026” Andijonda boshlanmoqda!


Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish, ularning bandligini ta’minlash, mehnat bozoridagi talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bilan yaqindan tanishtirish hamda yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish maqsadida tashkil etilayotgan “TalabaExpo — 2026” kasb ko‘rgazmasi boshlanish arafasida.

Ayni daqiqalarda Yangi Andijon “Bobur” shaharchasida tadbirni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha so‘nggi tayyorgarlik ishlari jadallik bilan davom etmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16👍5