Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Andijonda “TalabaExpo — 2026”: Talabalar va ish beruvchilar uchrashadigan katta maydon!

Andijon viloyatida oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining kasbiy faoliyatga muvaffaqiyatli integratsiyasini ta’minlash, ularning bandligini oshirish, mehnat bozorida ehtiyoj yuqori bo‘lgan kasb va mutaxassisliklar bilan tanishtirish hamda yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida tashkil etilgan “TalabaExpo — 2026” kasb ko‘rgazmasi bo’lib o’tmoqda.

Mazkur tadbir doirasida 850 ta bo‘sh ish o‘rnini taklif etayotgan 100 dan ziyod yirik ish beruvchi korxona va tashkilotlar hamda tijorat banklari, shuningdek, 7 ming nafarga yaqin talaba-yoshlar, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari va abituriyentlar ishtirok etmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/173311

#KelajakkaQadam #TalabaExpo2026 #Andijon

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍3🔥2👏1
#Kongress

Namanganda “Akademiklar va yoshlar” an’anaviy IV Kongressi bo‘lib o‘tdi


Namangan viloyati hokimligi tashabbusi bilan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Oliy Majlis Senati hamda Namangan davlat texnika universiteti hamkorligida tashkil etilgan mazkur kongress Davlatobod tumanidagi Kongress hall anjumanlar saroyida o‘tkazildi.

Tadbirning ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻiratboy Sharipov, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti akademik Shavkat Ayupov, Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov hamda Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi Odiljon Mamatkarimov soʻzga chiqdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/173379

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13❤6👏1
#Qabul #Abituriyent2026

✴️5-iyundan oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirish uchun qabul boshlanadi


Prezidentning PF-81-son Farmoniga muvofiq, oliygohlar bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda — “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq amalga oshiriladi.

🔹1-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) test sinovi topshirish uchun my.uzbmb.uz saytida onlayn roʻyxatdan oʻtadi hamda quyidagilarni tanlaydi:

🟢Faqat test sinovida ishtirok etsa:
✅fanlar majmuasi;
✅taʼlim tili;
✅test topshirish hududi.

🟢Alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy/ijodiy imtihonlarda ishtirok etsa:
➡️taʼlim tili;
➡️test topshirish hududi;
➡️alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishi;
➡️kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan oliygoh.

Oliygohlarga kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida oʻtkaziladi.

🔸2-bosqichda abituriyentlar kirish imtihonlari toʻliq yakunlanganidan soʻng 15 kun davomida my.uzbmb.uz sayti orqali quyidagilarni tanlaydi:
➡️oliy taʼlim muassasasi;
➡️bakalavriat taʼlim yoʻnalishi;
➡️taʼlim shakli;
➡️tanlov ustuvorligi.

Abituriyent test sinovida toʻplagan ballarini imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga bilishi mumkin. Uning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani qabul jarayonining 2-bosqichi toʻliq yakunlangandan keyin bir hafta muddatda Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

✔️ Texnikumlarda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar oliygohlarga qabulning yakuniy natijasi eʼlon qilinganidan soʻng 10 kun muddatda quyidagilarni tanlaydi:
🟢texnikum;
🟢kasb va mutaxassislik;
🟢taʼlim shakli.

🗣 Natija bir hafta muddatda Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.


Abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulayliklar yaratish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda barcha oliy ta’lim tashkilotlarida “Qabul-2026” shtabi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Bundan tashqari, fuqarolarimiz vazirlikning 1006, Agentlikning 1195 ishonch telefoni yoki @EduuzUniversalBot’ga murojaat qilgan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤17👏7🔥4👍1
#EʼLON

Jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari vakillari diqqatiga!

2026-yil 5-iyun kuni “Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.


Mazkur nufuzli tadbir talabalar o‘rtasida sportni yanada ommalashtirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish hamda ularning jismoniy va ma’naviy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Barcha OAV vakillarini ushbu muhim sport bayramini yoritish uchun taklif etamiz.

📌Manzil: Olimpiya shaharchasi, Toshkent shahri
🗓 Sana: 2026-yil 5-iyun
🕖 Vaqt: 18:00

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8🔥6
Vazir Sun’iy intellekt ilmiy laboratoriyasining qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Namangan davlat texnika universitetida barpo etilayotgan zamonaviy “Sun’iy intellekt” ilmiy laboratoriyasi qurilish jarayonlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida laboratoriyaning bunyodkorlik ishlari, loyiha yechimlari hamda uni zamonaviy ilmiy-tadqiqot markazi sifatida shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

#Vazir_tashrifi #SI #Namangan

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/173484

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤4👏2
#xorijiy_OAV_biz_haqimizda

“Yoshlar ta’lim olish uchun nega bu mamlakatni tanlamoqda?”

Ozarbayjonning nufuzli axborot nashrlaridan biri — azxeber.com saytida O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda mamlakatning xorijlik talabalar uchun jozibador ta’lim makoniga aylanib borayotgani haqida maqola e’lon qilindi.

Ta’kidlanishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston maqbul kontrakt to‘lovlari, yashash xarajatlarining arzonligi, madaniy yaqinlik va jadal rivojlanayotgan ta’lim sifati tufayli ozarbayjonlik yoshlar orasida tahsil uchun eng munosib davlatlardan biriga aylangan.

Mamlakatda faoliyat yuritayotgan qator universitetlar Turkiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Rossiya va boshqa davlatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro kampuslarga ega. Bu esa talabalarga xalqaro standartlarga mos ta’lim olish imkoniyatini kengaztiradi.

Maqolada universitetlarning xalqaro aloqalari kengayib borayotgani, zamonaviy laboratoriyalar tashkil etilayotgani, ta’lim infratuzilmasi yangilanayotgani hamda xalqaro ta’lim dasturlari talabalar uchun keng imkoniyatlar yaratayotgani ta’kidlangan.


Nashrda, shuningdek, O‘zbekistonning xavfsiz muhiti, mehmondo‘st xalqi va madaniy taraqqiyot yoshlarning mamlakatga qiziqishini yanada oshirayotgan muhim omillar sifatida e’tirof etilgan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤5😁2
“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarining saralash bosqichlarida yuqori natijalarni qayd etib, respublika bosqichiga yo‘llanma olgan oliygohlar talabalari tantanali ravishda kuzatildi.

⚫️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
⚫️Jizzax davlat pedagogika universiteti;
⚫️Guliston davlat universiteti;
⚫️Buxoro davlat universiteti;
⚫️Andijon davlat pedagogika instituti;
⚫️Farg‘ona davlat universiteti;
⚫️Urganch davlat pedagogika instituti;
⚫️Termiz davlat universiteti;
⚫️Buxoro davlat pedagogika instituti;
⚫️Samarqand davlat pedagogika instituti;
⚫️Namangan davlat universiteti;
⚫️O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali;
⚫️Nukus davlat pedagogika instituti;
⚫️Qarshi davlat texnika universiteti.


#Dayjest #Talabalar_sporti

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉6❤5