Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Yangi_O‘zbekiston_talabalari_olimpiadasi

“Yangi Oʻzbekiston talabalari Olimpiadasi” jamoalarning bellashuv tartibi aniqlandi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” kompleks sport musobaqalari tayyorgarlik doirasida sport turlari bo‘yicha mandat va qur’a tashlash marosimlari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda musobaqalarda ishtirok etuvchi jamoalar vakillari, murabbiylar, hakamlar hamda mas’ul tashkilotchilar qatnashib, musobaqalarni o‘tkazish tartibi, reglament talablari va tashkiliy masalalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Mandat komissiyasi tomonidan jamoalarning hujjatlari ko‘rib chiqilib, ishtirokchilarning musobaqa nizomiga muvofiqligi tekshirildi. Shundan so‘ng yengil atletika, gandbol, voleybol va futbol sport turlari bo‘yicha qur’a tashlash marosimi o‘tkazilib, jamoalarning bellashuv tartibi hamda musobaqa jadvali aniqlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍4👏1
🚀 Bo'lajak startap asoschilari uchun Bootcamp endi Nukus shahrida!

Texnologik startapni noldan yaratishni istaganlar uchun mo‘ljallangan intensiv 2 kunlik BEPUL
praktikumga qo‘shiling.

​• 6-iyun (1-kun):
Sun’iy intellekt yordamida dasturlash, amaliy mahsulot yaratish, ommaviy nutq so‘zlash va biznes modellashtirish asoslari.
• 13-iyun (2-kun): Techstars ekotizimi imkoniyatlari, mijozlar ehtiyojlarini aniqlash va tasdiqlash hamda xalqaro startap taqdimoti standartlari.

🔥Techstars Bootcamp spikerlarining to'liq ro'yxati bilan tanishing!


Mahsulot yaratish va biznesni kengaytirishga bo‘lgan qarashlaringizni o‘zgartiradigan kuchli texnologiya va biznes sohasi ekspertlari bir joyga jamlanadi.

​👉 Spikerlar ro‘yxati, ularning mavzulari va tajribasi suratlarda!

​📅 6-iyun va 13-iyun
📍Nukus shahri, Jaslar Texnoparkí
🎁 Faol ishtirokchilarni maxsus sovg‘alar kutmoqda!

​🔗 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: https://go.hackonnect.uz/swn26bc1

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍2🔥1😁1
#Doʻstlik_festivali

Nukusdagi “Do‘stlik festivali” oliy ta’lim muassasalarini bir nuqtada jamladi
 
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida o‘tkazilgan “Do‘stlik festivali” mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan talaba-yoshlar hamda oliy ta’lim muassasalari vakillarini yagona maqsad atrofida birlashtirgan yirik ijtimoiy-madaniy tadbirga aylandi. 

Festival doirasida Toshkent shahri va respublikaning qator hududlaridan kelgan delegatsiyalar tantanali kutib olinib, Qoraqalpog‘istonning boy madaniyati, milliy qadriyatlari va mehmondo‘stlik an’analari namoyish etildi. Festival dasturidan sport musobaqalari, zakovat bellashuvlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda tarixiy-madaniy maskanlarga sayohatlar o‘rin oldi.  Xususan, Mizdaqxon tarixiy-arxeologik majmuasi, I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyi hamda Mo‘ynoq tumaniga uyushtirilgan safarlar ishtirokchilarda yurtimizning boy tarixi va madaniy merosiga nisbatan yanada katta qiziqish uyg‘otdi. Mo‘ynoq safari davomida Qo‘ng‘irot tumanidagi 43-sonli umumta’lim maktabida “Bir kitob — ming do‘st” shiori ostida ma’rifiy aksiya doirasida kitoblar sovg‘a qilindi.


Batafsil...

👉 Qaraqalpaqsha
👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥4❤3👏1