#Doʻstlik_festivali
Nukusdagi “Do‘stlik festivali” oliy ta’lim muassasalarini bir nuqtada jamladi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida o‘tkazilgan “Do‘stlik festivali” mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan talaba-yoshlar hamda oliy ta’lim muassasalari vakillarini yagona maqsad atrofida birlashtirgan yirik ijtimoiy-madaniy tadbirga aylandi.
Batafsil...
👉 Qaraqalpaqsha
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Festival doirasida Toshkent shahri va respublikaning qator hududlaridan kelgan delegatsiyalar tantanali kutib olinib, Qoraqalpog‘istonning boy madaniyati, milliy qadriyatlari va mehmondo‘stlik an’analari namoyish etildi. Festival dasturidan sport musobaqalari, zakovat bellashuvlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda tarixiy-madaniy maskanlarga sayohatlar o‘rin oldi. Xususan, Mizdaqxon tarixiy-arxeologik majmuasi, I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyi hamda Mo‘ynoq tumaniga uyushtirilgan safarlar ishtirokchilarda yurtimizning boy tarixi va madaniy merosiga nisbatan yanada katta qiziqish uyg‘otdi. Mo‘ynoq safari davomida Qo‘ng‘irot tumanidagi 43-sonli umumta’lim maktabida “Bir kitob — ming do‘st” shiori ostida ma’rifiy aksiya doirasida kitoblar sovg‘a qilindi.
Batafsil...
👉 Qaraqalpaqsha
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥4❤3👏1
Buxoro davlat texnika universitetida dual ta’limdagi talabalar safi yana kengaymoqda
Buxoro shahrida o‘z faoliyatini boshlagan zamonaviy “Poykent Bukhara old city” mehmonxonasida Buxoro davlat texnika universiteti Turizm va mehmondo'stlik yo'nalishining 87 nafar talabasi dual ta’lim asosida ish faoliyatini boshladi.
Talabalar o‘qish bilan bir qatorda amaliy tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘lib, ular 3 mahal bepul ovqat, bepul yotoqxona hamda oyiga 2–3 million so‘m miqdoridagi maosh bilan ta’minlanmoqda.
Dual ta’lim tizimi talabalarga nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan malakali mutaxassis sifatida shakllanish imkonini bermoqda.

Ta’kidlash joizki, Buxoro davlat texnika universiteti dual ta’lim tizimini joriy etish va rivojlantirish borasida respublikamizdagi eng ilg‘or oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Universitet tomonidan ishlab chiqarish korxonalari va xizmat ko‘rsatish sohasidagi tashkilotlar bilan yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlik natijasida talabalar o‘qish davridayoq ish tajribasiga ega bo‘lib, munosib daromad topish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Dual ta’lim tizimi talabalarga nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan malakali mutaxassis sifatida shakllanish imkonini bermoqda.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤10👍4🔥2🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JahonChempionati #BizBirgamiz
🏆 Jahon chempionati sari olg‘a, O‘zbekiston!
🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston! Biz siz bilan faxrlanamiz!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
⭕️ Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabalari futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga yo‘l olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasini katta ishonch va g‘urur bilan qo‘llab-quvvatlashmoqda.🇺🇿 “Biz siz bilanmiz!” — degan shior ostida o‘tkazilgan qo‘llab-quvvatlash aksiyasi barchaga unutilmas taassurot qoldirdi.⭕️ Oldinda katta sinovlar, ammo ishonamiz — g‘alaba biz tomonda!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4❤3🥰3👍2🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Talaba_muvaffaqiyati
Farg‘onalik talaba yaratgan platforma dunyoning 226 mamlakatiga yetib bordi
Farg‘ona davlat texnika universiteti 4-bosqich talabasi Qobiljon Boltaboyev akasining oddiy bir taklifini global loyihaga aylantirdi. Bugun uning EduGames.uz platformasidan nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyoning 226 ta nuqtasida ham foydalanilmoqda.

👏21❤6🔥6👍5