Bu an‘ana respublikamizdagi barcha oliy ta‘lim muassasalarini qamrab olgan. Professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar milliy qadriyatlar va liboslarimizga bo‘lgan hurmat-ehtiromlarini namoyon etib kelmoqdalar.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15🥰2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏆 Olimpiya shaharchasi sport bayramiga mezbonlik qilmoqda!
Ayni damda Olimpiya shaharchasida “Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimiga soʻnggi tayyorgarlik ishlari yakunlanmoqda.
Bir necha daqiqalardan soʻng yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan eng iqtidorli va sportsevar talaba-yoshlarni birlashtirgan nufuzli musobaqaning rasmiy ochilish marosimi boshlanadi.
⛳ Olimpiya shaharchasi
🎓 “Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi”
Musobaqa ishtirokchilariga omad va yorqin gʻalabalar tilaymiz!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Ayni damda Olimpiya shaharchasida “Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimiga soʻnggi tayyorgarlik ishlari yakunlanmoqda.
Bir necha daqiqalardan soʻng yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan eng iqtidorli va sportsevar talaba-yoshlarni birlashtirgan nufuzli musobaqaning rasmiy ochilish marosimi boshlanadi.
🎓 “Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi”
Musobaqa ishtirokchilariga omad va yorqin gʻalabalar tilaymiz!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍2🔥1
❓SAT sertifikatiga ega abituriyentlar imtiyozdan qanday foydalanadi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qaroriga muvofiq, xalqaro imtihon tizimi bo‘yicha quyidagi tartib belgilangan:
➖ Abituriyent “College Board” tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan SAT imtihonida maksimal ballning kamida 75 foizini, ya’ni 1200 ball va undan yuqori natijani qayd etgan bo‘lishi lozim.
➖ Mazkur sertifikatga ega abituriyentlar, agar sertifikat fanlari (matematika va chet tili) tanlangan bakalavriat yo‘nalishi imtihonlar majmuasida mavjud bo‘lsa, oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
📥 2026/2027-o‘quv yili qabul jarayonida imtiyozdan foydalanish uchun SAT sertifikatlari rasmiy platforma orqali 35787 DI kodi bilan Bilim va malakalarni baholash agentligiga yuborilishi lozim.
Natijalar elektron shaklda DI kodi orqali Agentlikka quyidagi tartibda yetkaziladi:
1️⃣ Standart tartib (Score Report): Natijalar odatda buyurtma rasmiylashtirilgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida yetkaziladi.
2️⃣ Tezkor xizmat (Rush): Natijalar dam olish va bayram kunlari hisobga olinmagan holda 4 ish kuni ichida Agentlikka taqdim etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-81-son Farmoniga muvofiq, davlat oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayonida test sinovi topshirish uchun roʻyxatdan oʻtish bugundan, ya’ni 5-iyundan boshlandi va 25-iyunga qadar davom etadi. Abituriyentlardan sertifikatlar vaqtida yetib kelishi uchun yuborish jarayonini kechiktirmasliklari so‘raladi.
❗️Eslatma, agentlik tomonidan faqat DI kod (35787) orqali kelib tushgan SAT sertifikatlari haqiqiy deb topiladi. Qo‘lda yuklash yoki skrinshotlar qabul jarayonida mutlaqo hisobga olinmaydi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6❤18👍8🔥2🥰1
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.
Davlatimiz rahbari o‘z nutqida global iqtisodiy jarayonlar, mintaqaviy hamkorlik istiqbollari hamda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga alohida to‘xtaldi.
Shuningdek, ta’lim sohasida erishilayotgan natijalar haqida so‘z yuritilib, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi oliy ta’lim hamkorligi izchil rivojlanayotgani, filiallar faoliyati va kadrlar tayyorlash borasidagi hamkorlik aloqalari tobora kengayib borayotgani ta’kidlandi.
– dedi Prezidentimiz.

O‘zbekistonda xorijiy oliygohlarning 32 ta, jumladan, Rossiya oliy taʼlim muassasalarining 15 ta filiali faoliyat yuritmoqda. Bu Rossiyaning xorijdagi eng yirik universitetlar tarmog‘i hisoblanadi.
Shu bilan birga, kasbiy taʼlim, ayniqsa, amaliyotga yo‘naltirilgan kadrlar tayyorlash dasturlarini joriy etish muhim ahamiyatga ega.
Onlayn taʼlim servislari mazkur sohadagi samarali hamkorlik mexanizmi boʻlishi mumkin. Bunday servislarning ishga tushirilishi yoshlarga hatto eng chekka hududlarda ham zarur bilimlarni olish imkonini beradi. Bu mehnat mobilligi modelini tubdan o‘zgartiradi va uni tashkil etishni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqadi.
Shu munosabat bilan Prezidentimiz Inson kapitalini rivojlantirish qo‘shma onlayn-platformasini yaratishni taklif etdi. Uning vazifasi – taʼlim, kasbiy tayyorgarlik va mehnat bozorini o‘zaro bog‘lashdan iborat.
Ushbu tizimda taʼlim dasturlari, til o‘rgatish va axborot texnologiyalari kurslari, yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ish beruvchilar bilan bog‘lanish imkoniyatlari birlashtirilishi mumkin.
Yoshlar uchun bu yangi iqtisodiyot sari aniq-ravshan yo‘nalish boʻladi. Biznes uchun tayyor kadrlar bazasidan foydalanish imkoniyatidir. Universitetlar va kollejlar uchun bozorning real talabi bilan aloqa vositasidir. Oʻzbekiston va Rossiya uchun esa eng oliy qadriyat bo‘lgan insonlarga uzoq muddatli sarmoyadir,
– dedi Prezidentimiz.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍2🔥2
#ochilish_marosimi
“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
5-iyun kuni Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida ilk bor tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”ning respublika final bosqichi tantanali ravishda ochildi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo‘yicha vakili Odil Abdurahmonov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Sport vaziri Adham Ikromov, oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlari hamda respublikaning barcha hududlaridan kelgan talaba-sportchilar ishtirok etdi.
Mutasaddilar talaba-yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash muhim vazifalardan biri ekanini ta’kidladilar. Tadbir davomida badiiy chiqishlar, sport namoyishlari va konsert dasturi tashkil etildi.
11-iyunga qadar davom etadigan musobaqalarda mamlakatimizning eng kuchli talaba-sportchilari turli sport turlari bo‘yicha g‘oliblik uchun bahs olib boradilar.

❤12👍6👏1