#ochilish_marosimi #fotojamlanma
“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”ning tantanali ochilish marosimidan fotojamlanma
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

❤12👍5🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ochilish_marosimi
“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”ning tantanali ochilish marosimi video lavha
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”ning tantanali ochilish marosimi video lavha
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10🔥3👍2
Jahonning yetakchi universiteti bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 4-iyun kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Oʻktam Salomov Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biri — City University of Hong Kong delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasidagi taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish hamda istiqbolli tashabbuslarni roʻyobga chiqarish masalalari muhokama qilindi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/174001
#xalqaro_hamkorlik
👉 На русском
👉 In English

Muloqot avvalida Oʻktam Salomov mamlakatimizda soʻnggi yillarda oliy taʼlim va ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarining izchil rivojlanib borayotgani haqida toʻxtaldi. Taʼkidlanganidek, bugungi kunda Xitoy Oʻzbekistonning eng yirik savdo hamkorlaridan biri hamda muhim investitsiya manbai hisoblanadi. Shuningdek, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ilgari surilgan “U10” loyihasi doirasida jahonning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/174001
#xalqaro_hamkorlik
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍4
Taʼlim, ilm-fan va sanoat integratsiyasini kuchaytirish boʻyicha yangi kelishuvlarga erishildi
Uchrashuvda metallurgiya sohasi uchun zamonaviy va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, talabalarni amaliy ishlab chiqarish jarayonlariga keng jalb etish, qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish hamda ilmiy va innovatsion loyihalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflar ilgari surildi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/174318
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Prezident Farmoni bilan tashkil etilgan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi oʻz faoliyatini amaliy bosqichga oʻtkazgan holda navbatdagi tashrifni amalga oshirdi. Ofis direktori Akbarxon Sobirxonov rahbarligida respublikamizdagi 10 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari rektorlari “Oʻzmetkombinat” AJda boʻlib, sanoat va taʼlim integratsiyasini rivojlantirishga qaratilgan uchrashuvda ishtirok etdilar.
Uchrashuvda metallurgiya sohasi uchun zamonaviy va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, talabalarni amaliy ishlab chiqarish jarayonlariga keng jalb etish, qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish hamda ilmiy va innovatsion loyihalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflar ilgari surildi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/174318
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍7🔥3
#talaba_fest
"Talaba Fest" doirasida Toshkent viloyati yoshlari TDAUda birlashdi
Toshkent davlat agrar universitetida o‘tkazilgan “Talaba Fest” festivali Toshkent viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarining qariyb 2 ming nafar talaba-yoshlarini bir maydonda jamladi.
Mazkur festival yoshlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik rishtalarini mustahkamlab, ularga o‘z iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etish uchun keng imkoniyat yaratdi.

Festival yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual, ijodiy va sport salohiyatini ro‘yobga chiqarish, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik va do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qildi.
Tadbir dasturi doirasida milliy va zamonaviy san’at namunalari aks etgan madaniy chiqishlar, “Liboslar” va “Eng yaxshi rasmlar” ko‘rgazmalari, “Eng mazali taomlar” tanlovi, sport musobaqalari, “Zakovat” intellektual o‘yini hamda “Munozara” turniri kabi ko‘plab tadbirlar tashkil etildi. Talaba-yoshlar ushbu maydonlarda o‘zlarining bilim va iste’dodlarini namoyon etib, sog‘lom raqobat va hamjihatlik muhitini yaratdilar. Shuningdek, karaoke maydonchasi, quvnoq shou dasturlar va taniqli san’atkorlar ishtirokidagi gala-konsert festivalga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Festival yakunida faol ishtirok etgan talabalar va jamoalar taqdirlandi.

❤6👏2😁1