Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Farg‘ona davlat universitetida maxsus davlat akkreditatsiyasi amalga oshirildi

Farg‘ona davlat universitetining 10 ta ta’lim dasturi maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazilib, 8 tasi muvofiq, 2 tasi muvofiq emas deb topildi.

Akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim dasturlari ro‘yxati:

Bakalavriat (4 ta ta’lim dasturi):
✔️
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar;
✔️Mexatronika va robototexnika;
✔️Biotexnologiya;
✔️O‘simliklar himoyasi va karantini

Magistratura (4 ta ta’lim dasturi):
✔️
Jahon iqtisodiyoti;
✔️Buxgalteriya hisobi;
✔️O‘zbek tili va adabiyoti;
✔️Adabiyotshunoslik: ingliz adabiyoti


Akkreditatsiyadan o‘tmagan ta’lim dasturlari:
✔️Veterinariya meditsinasi;
✔️Biznes huquqi


Maxsus akkreditatsiya tadbirlari 20 nafar, shu jumladan 10 nafar xorijiy ekspert tomonidan amalga oshirildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤19👍7
Rektorlar va matbuot kotiblari ishtirokida kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi


6-iyun kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov rahbarligida oʻtkazilgan yigʻilishda 2026/2027 oʻquv yili qabul jarayonlarini tashkil etish, tizimda korrupsiyaning oldini olish, axborot siyosati samaradorligini oshirish hamda bitiruvchilar bandligini taʼminlash masalalari muhokama qilindi. Yigʻilishda oliy taʼlim muassasalari rahbarlari va matbuot kotiblari ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/174437

#Yigʻilish

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👏7👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JahonChempionati #BizBirgamiz

🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston! Biz milliy terma jamoamiz bilan birgamiz!

🏆Jizzax politexnika instituti jamoasi O‘zbekiston milliy terma jamoasini chin dildan qo‘llab-quvvatlaydi va Jahon chempionati bahslarida ularga ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

⚽️ Yurtimiz sharafini himoya qilayotgan futbolchilarimizga kuch-g‘ayrat, ishonch va zafarlar yor bo‘lsin!


🤝 Biz birgamiz! 🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤25👍15🔥7👏1
TDTU va City University of Hong Kong oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Toshkent davlat texnika universitetida Gonkongning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri City University of Hong Kong (CityUHK) delegatsiyasi bilan uchrashuv natijalariga koʻra, ikki oliygoh oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur hujjat qo‘shma ilmiy laboratoriyalar tashkil etish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, ikki diplomli ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda xalqaro ilmiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun mustahkam asos yaratadi.

Batafsil: https://tdtu.uz/new/news/861

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍5🔥1
#DostlikFestivali

Qoraqalpog‘istonda “Do‘stlik festivali” davom etmoqda


Qoraqalpog‘iston Respublikasida tashkil etilgan “Do‘stlik festivali” doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Nukus shahrida faol ishtirok etdi. Festival doirasida O‘zDJTU hamda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat ta’lim, ilm-fan, akademik almashinuv va qo‘shma loyihalar yo‘nalishlarida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

Shuningdek delegatsiya Mo‘ynoq tumanida o‘tkazilgan “Yoshlar Orolni asraydi” ekologik aksiyasida qatnashdi. Talabalar Orol dengizi bilan bog‘liq ekologik muammolar, ularning oqibatlari hamda atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

“1 kitob – 1000 do‘st” loyihasi doirasida esa Qo‘ng‘irot tumanidagi maktabga 600 ga yaqin kitob taqdim etildi.

Batafsil

👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18🔥4😁2🤔2😱1