Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#DostlikFestivali

Qoraqalpog‘istonda “Do‘stlik festivali” davom etmoqda


Qoraqalpog‘iston Respublikasida tashkil etilgan “Do‘stlik festivali” doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Nukus shahrida faol ishtirok etdi. Festival doirasida O‘zDJTU hamda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat ta’lim, ilm-fan, akademik almashinuv va qo‘shma loyihalar yo‘nalishlarida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

Shuningdek delegatsiya Mo‘ynoq tumanida o‘tkazilgan “Yoshlar Orolni asraydi” ekologik aksiyasida qatnashdi. Talabalar Orol dengizi bilan bog‘liq ekologik muammolar, ularning oqibatlari hamda atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

“1 kitob – 1000 do‘st” loyihasi doirasida esa Qo‘ng‘irot tumanidagi maktabga 600 ga yaqin kitob taqdim etildi.

Batafsil

👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤18🔥4😁2🤔2😱1
#Talaba_fest

🏛Farg‘ona davlat universitetida oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokida yilning eng kutilgan va yirik yoshlar forumi — “Talaba Fest – 2026” festivali o‘tkazildi

🎤 Tadbirning tantanali ochilish qismida yoshlarning ilm-fan, innovatsiya, madaniyat va sport sohasidagi intilishlarini e’tirof etilib, barcha ishtirokchilarni yoshlik va yoshlar birdamligi bayrami bilan tabriklar aytildi.


Batafsil

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JahonChempionati #BizBirgamiz

🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston! Biz milliy terma jamoamiz bilan birgamiz!

Jizzax davlat pedagogika universiteti jamoasi futbol bo‘yicha jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston milliy terma jamoasini yuksak g‘urur va faxr bilan qo‘llab-quvvatlaydi.

Ishonchimiz komilki, milliy terma jamoamiz jahon maydonlarida Yangi O‘zbekistonning kuch-qudrati va yuksak salohiyatini munosib namoyon etadi.

Olg‘a, O‘zbekiston! G‘alabalar sari birgalikda!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤28👍8🤩4🔥3🥰2