Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Talaba_fest

🏛Farg‘ona davlat universitetida oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokida yilning eng kutilgan va yirik yoshlar forumi — “Talaba Fest – 2026” festivali o‘tkazildi

🎤 Tadbirning tantanali ochilish qismida yoshlarning ilm-fan, innovatsiya, madaniyat va sport sohasidagi intilishlarini e’tirof etilib, barcha ishtirokchilarni yoshlik va yoshlar birdamligi bayrami bilan tabriklar aytildi.


Batafsil

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JahonChempionati #BizBirgamiz

🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston! Biz milliy terma jamoamiz bilan birgamiz!

Jizzax davlat pedagogika universiteti jamoasi futbol bo‘yicha jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston milliy terma jamoasini yuksak g‘urur va faxr bilan qo‘llab-quvvatlaydi.

Ishonchimiz komilki, milliy terma jamoamiz jahon maydonlarida Yangi O‘zbekistonning kuch-qudrati va yuksak salohiyatini munosib namoyon etadi.

Olg‘a, O‘zbekiston! G‘alabalar sari birgalikda!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤28👍8🤩4🔥3🥰2
#YangiOʻzbekistonTalabalariOlimpiadasi

🏅 “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” Respublika final bosqichi bahslari qizg‘in tarzda davom etmoqda


Musobaqalar doirasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida bo‘lib o‘tgan futbol sport turi bo'yicha yarim final bahsida quyidagi natija qayd etildi:

⚽️Jizzax davlat pedagogika universiteti — 4 : 2 — Buxoro davlat pedagogika instituti

Murosasiz kechgan uchrashuvda Jizzax davlat pedagogika universiteti jamoasi g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

✅“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasidagi shiddatli musobaqalar jarayonlari, natijalar va yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18👍6
#YangiOʻzbekistonTalabalariOlimpiadasi #Voleybol

“Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi”da hal qiluvchi bahslar boshlandi

 
8-iyun kuni “Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi” doirasida voleybol musobaqalarining hal qiluvchi uchrashuvlari boʻlib oʻtadi. Kun tartibidan ayollar va erkaklar oʻrtasida uchinchi oʻrin hamda chempionlik uchun bahslar oʻrin olgan.
 
Ayni paytda ayollar oʻrtasida uchinchi oʻrin uchun bahs boʻlib oʻtmoqda.

Unda  Chirchiq davlat pedagogika universiteti jamoasi Jizzax davlat pedagogika universiteti vakilalariga qarshi maydonga tushadi.
 
Shuningdek, kunning birinchi yarmida ayollar oʻrtasidagi final uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Unda Buxoro davlat universiteti hamda Urganch davlat universiteti jamoalari musobaqaning bosh sovrini uchun kurash olib boradi.

 
Kunning ikkinchi yarmida esa erkaklar jamoalari oʻrtasidagi hal qiluvchi bahslar tashkil etiladi.

Uchinchi oʻrin uchun oʻyinda Fargʻona davlat universiteti va Buxoro davlat universiteti jamoalari oʻzaro kuch sinashadi.
 
Musobaqaning eng kutilgan uchrashuvlaridan biri — erkaklar oʻrtasidagi final bahsi soat 17:30 da start oladi. Unda Namangan davlat universiteti hamda Samarqand davlat pedagogika instituti jamoalari chempionlik uchun maydonga chiqadi.
 


Mazkur sport uchrashuvlari poytaxtimizning  Olimpiya shaharchasida boʻlib oʻtmoqda. Sport muxlislari va talabalar jamoalarni qoʻllab-quvvatlash uchun final bahslariga taklif etiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍13🔥10❤7👏5🥰2