Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#tadqiqotdan_amaliyotga

Foydali hasharotlar hosilni himoya qilmoqda: BuxDU ishlanmasi amaliyotda

Buxoro davlat universiteti olimlari va iqtidorli yosh tadqiqotchilari tomonidan “Agrobiohimoya” laboratoriyasida yetishtirilgan foydali entomofaglar “Buxoro Varnet” MChJ korxonasi issiqxonalarida amaliyotga muvaffaqiyatli joriy etildi.

Mazkur laboratoriya to‘liq universitetning innovatsion jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan. Yosh olimlar tomonidan ko‘paytirilgan foydali hasharotlar (entomofaglar) xo‘jalik shartnomasi asosida sanoat usulidagi issiqxonalarda qo‘llanila boshlandi. Bu texnologiya zaharli kimyoviy vositalardan foydalanishni qisqartirish, agroekotizimni asrash va eksportbop, ekologik toza mahsulot yetishtirish imkonini beradi.

Batafsil

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤20😁15👍13🎉11👏1
#YangiOʻzbekistonTalabalariOlimpiadasi #Basketbol

“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”: Basketbol 3x3


8-iyun kuni Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasidagi basketbol 3x3 bo‘yicha respublika final bosqichi musobaqalariga start berildi.

Maydonga respublikaning barcha hududlarida o‘tkazilgan saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan eng kuchli talaba-jamoalar chiqdi. Ikki kun davom etadigan musobaqalarda 16 ta erkaklar va 16 ta ayollar jamoasi final yo‘llanmalari hamda medallar uchun kurash olib boradi.


O‘yinlar taqvimi, jamoalar tarkibi va uchrashuvlar natijalari bilan havola orqali tanishishingiz mumkin.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/174755

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤5👍1