Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Senat

Oliygohlar Xotin-qizlar maslahat kengashlari raislari Senat faoliyati bilan tanishdi

Oliy taʼlim muassasalari xotin-qizlar maslahat kengashlari raislari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslari dasturi doirasida Oliy Majlis Senatiga tashrif uyushtirildi.

Senatorlar tinglovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Muloqotda xotin-qizlarning qonunchilik jarayonidagi faolligini oshirish, rahbarlik va tashabbuskorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, jamiyatda xotin-qizlar nufuzini yuksaltirishga qaratilgan vazifalar xususida fikr almashildi.

Shuningdek, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, gender tenglikni mustahkamlash, ularning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan ishlar hamda bu yo‘nalishda qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha maʼlumot berildi.


Tadbir ishtirokchilari mamlakatimizda parlament faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍2
#xalqaro_hamkorlik

Turkiston shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti ta’lim vazirlarining 9-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


Qozog‘iston Respublikasining Turkiston shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar ta’lim vazirlarining 9-yig‘ilishi tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston tominidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov ishtirok etib, nutq so‘zladi.

Yig‘ilishda turkiy davlatlar o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, akademik mobillikni rivojlantirish, Turkiy universitetlar ittifoqi (TURKUNIB) va Orhun almashinuv dasturi faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/175008

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6👍3