Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Senat

Oliygohlar Xotin-qizlar maslahat kengashlari raislari Senat faoliyati bilan tanishdi

Oliy taʼlim muassasalari xotin-qizlar maslahat kengashlari raislari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslari dasturi doirasida Oliy Majlis Senatiga tashrif uyushtirildi.

Senatorlar tinglovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Muloqotda xotin-qizlarning qonunchilik jarayonidagi faolligini oshirish, rahbarlik va tashabbuskorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, jamiyatda xotin-qizlar nufuzini yuksaltirishga qaratilgan vazifalar xususida fikr almashildi.

Shuningdek, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, gender tenglikni mustahkamlash, ularning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan ishlar hamda bu yo‘nalishda qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha maʼlumot berildi.


Tadbir ishtirokchilari mamlakatimizda parlament faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍2
#xalqaro_hamkorlik

Turkiston shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti ta’lim vazirlarining 9-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


Qozog‘iston Respublikasining Turkiston shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar ta’lim vazirlarining 9-yig‘ilishi tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston tominidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov ishtirok etib, nutq so‘zladi.

Yig‘ilishda turkiy davlatlar o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, akademik mobillikni rivojlantirish, Turkiy universitetlar ittifoqi (TURKUNIB) va Orhun almashinuv dasturi faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/175008

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6👍3
2026-yilda oliygohlarini 320 ming nafar talaba bitirishi kutilmoqda


Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligini taʼminlash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Taqdimotda 2026-yilda 8 mingdan ziyod loyihalarni moliyalashtirish uchun 500 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirish, 10 mingga yaqin yoshlarni band qilish rejalashtirilgani maʼlum qilindi.

“TalabaExpo-2026” kasb koʻrgazmalarini ish beruvchi tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlarini faol jalb etgan holda respublikaning boshqa hududlarida ham samarali tashkil etish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

Barcha jarayonlar bandlikka koʻmaklashuvchi “career.edu.uz” platformasi orqali monitoring qilinib, bandlikni taʼminlash masalasi mahalliy hokimliklar darajasigacha tushiriladi.

Barcha oliygohlarda karyera markazlari faoliyati toʻliq yoʻlga qoʻyilib, natijadorligiga qarab ragʻbatlantirib boriladi. Markazlar faoliyati “Bitiruvchi sifati indeksi” orqali baholanib, eng yuqori natija koʻrsatgan 20 ta oliygohning karyera markazlariga 500 million soʻmdan ajratiladi.

Joriy yilda oliygoh miqyosida 360 ta, fakultetlar miqyosida 750 ta mehnat yarmarkalari hamda har bir yoʻnalish kesimida mingdan ortiq ish beruvchilar bilan uchrashuvlar (vorkshoplar) tashkil etiladi.

2026/2027-oʻquv yilidan boshlab barcha oliygohlarda talabalarda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish, ularni biznes yuritish uchun mavjud imkoniyatlar bilan tanishtirish maqsadida “Tadbirkorlik asoslari” fanini oʻqitish yoʻlga qoʻyiladi.

Aniq buyurtma, moslashuvchan dasturlar asosida kadrlar tayyorlashga qaratilgan maqsadli dual taʼlim shaklini ham yoʻlga qoʻyish tashabbusi bildirildi.

#Prezident #taqdimot #taʼlim #bandlik

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤25👍5😁4👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚀Innovatsiyalar ofisining ilk loyihasida ishtirok eting!

⚙️Hardware startaplar uchun 60 kunlik akseleratsiya dasturi

Innovatsion g‘oyangiz bormi? Uni haqiqiy mahsulot va muvaffaqiyatli startapga aylantirish vaqti keldi!

📍 “Inno” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida tashkil etilayotgan muhandislik akseleratsiya dasturi sizga o‘z loyihangizni ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va bozorga olib chiqish imkoniyatini taqdim etadi.

✨ Dastur doirasida:
👥 40 nafar ishtirokchi
💡 40 ta innovatsion g‘oya
🚀 40 ta real startap

Dastur davomida siz:
✔️Mahsulot prototipini yaratasiz
✔️Tajribali mentorlar bilan ishlaysiz
✔️Professional trekkerlar ko‘magini olasiz
✔️Biznes modelingizni shakllantirasiz
✔️Loyihangizni investorlarga taqdim etasiz


💰 Eng istiqbolli loyihalar 100 million so‘mgacha moliyalashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

🏆 Dastur yakunida:
• Sotuvga tayyor MVP
• Investorlar uchun professional taqdimot
• Yuqori darajadagi rag‘batlantirishlar
• Kelgusi investitsiyalar uchun yangi imkoniyatlar

📅 Hujjatlar qabuli:
8-iyun — 15-iyun

🔗 HOZIROQ RO‘YXATDAN O‘TING!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤4
E’LON

Xabaringiz bor, joriy yilning 4–9-iyun kunlari Toshkent shahrida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichi tashkil etildi.

Musobaqalar voleybol, gandbol, basketbol 3x3, futbol, stol tennisi, yengil atletika hamda suzish sport turlari bo‘yicha 2 000 ga yaqin ishtirokchi o‘rtasida qizg‘in kechdi.

Joriy yilning 9-iyun kuni “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” yakuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tadi.

Barcha OAV vakillarini ushbu muhim sport bayramini yoritish uchun taklif etamiz.

⛳ Manzil: Olimpiya shaharchasi, Toshkent shahri
📆 Sana: 2026-yil 9-iyun
➡️ Vaqt: 17:00

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤8🔥1🤔1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik_yangiliklari

❗Samarqanddagi bir qator oliygohlar qayta tashkil etiladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Samarqand viloyatidagi ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2026-yil 26-maydagi PQ–209-son qarori.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Katta g‘alabalar kichik qadamlardan boshlanadi

TIFT universiteti talabalari va bitiruvchilari — O‘tkir Yusupov, Jaloliddin Masharipov, Rustamjon Ashurmatov, Jamshid Iskanderov, Odiljon Hamrobekov va Oston Urunov O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Jahon chempionati sari yo‘l olgan.

Olg‘a, O‘zbekiston! Olg‘a, yigitlar!


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
8👍17❤6😁5🔥2