Edu.uz
✔
144K subscribers
40.4K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Xushxabar

Farg‘ona davlat texnika universitetining 4 ta ta’lim dasturi xalqaro akkreditatsiyasidan o‘tdi

Farg‘ona davlat texnika universitetining 4 ta ta’lim dasturi Evropa Ittifoqining eng nufuzli xalqaro tashkilotlaridan biri ASIIN tashkiloti tomonidan akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

🔹Universitetda oliy ta’lim sifatini xalqaro standartlarga moslashtirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlar natijasida quyidagi ta’lim yo‘nalishlari xalqaro baholashdan muvaffaqiyatli o‘tdi:

— 60730300 – Qurilish muhandisligi
— 60721500 – Geodeziya va geoinformatika
— 60730400 – Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va ekspluatatsiyasi
— 60730100 – Arxitektura

✨Shu bilan birga, universitet Buyuk Britaniyaning nufuzli QAA tashkiloti tomonidan institutsional akkreditatsiyadan o‘tish jarayonini ham izchil davom ettirmoqda. Hozirga qadar ushbu jarayonning ikki bosqichi muvaffaqiyatli yakunlangan bo‘lib, ayni paytda uchinchi bosqich amalga oshirilmoqda.


E'tiborli jihati shundaki, mazkur xalqaro akkreditatsiya jarayonlari to'liq Osiyo Taraqqiyot Banki tomonidan ajratilgan grant mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilmoqda.

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍19❤8
#YangiOʻzbekistonTalabalariOlimpiadasi

🏐 Voleybol bo‘yicha musobaqalarda g‘oliblar aniqlandi

“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”ning respublika final bosqichi doirasida o‘tkazilgan voleybol (o‘g‘il bolalar) musobaqalari o‘z yakuniga yetdi.

Final uchrashuvida Samarqand davlat pedagogika instituti hamda Namangan davlat universiteti jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Murosasiz kechgan uchrashuvda samarqandlik voleybolchilar ustunlikni qo‘lga kiritib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

🥇 Samarqand davlat pedagogika instituti — 1-o‘rin

🥈 Namangan davlat universiteti — 2-o‘rin

🥉 Buxoro davlat universiteti — 3-o‘rin

Musobaqalar davomida talaba-yoshlar yuksak sport mahorati, jamoaviylik va g‘alabaga bo‘lgan intilishni namoyon etdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍8❤4🔥4🎉2
Energiya samaradorligini oshirish va energiya resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda

Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali mutaxassislari bilan hamkorlikda dual ta’lim tizimi asosida hududlarda energiya samaradorligini yanada oshirish, energiya resurslarini tejash hamda ulardan oqilona foydalanishga qaratilgan ilmiy-amaliy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.


Batafsil...

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤4👍3👏1