Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#TalabalarOlimpiadasi

“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”: basketbol 3x3 bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlandi


Olimpiya shaharchasida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasida basketbol 3x3 bo‘yicha respublika final bosqichi o‘tkazildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

Basketbol 3x3 bo‘yicha qizlar o‘rtasida:


🥇1-o‘rin: Qoraqalpoq davlat universiteti;
🥈2-o‘rin: Andijon davlat universiteti;
🥉3-o‘rin: Farg‘ona davlat universiteti.

Basketbol 3x3 bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida:

🥇1-o‘rin: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
🥈2-o‘rin: Farg‘ona davlat universiteti;
🥉3-o‘rin: Navoiy davlat universiteti.


Shuningdek, basketbol 3x3 musobaqalarida eng ko‘p savatga to‘p tushirish bo‘yicha sportchilar nominatsiyasida qizlar o‘rtasidagi bahslarda Farg‘ona davlat universiteti talabasi Mehriniso Abdullayeva va o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda Navoiy davlat universiteti talabasi Muhammadamin Ilhomov g‘olib deb topilib, munosib taqdirlandi.

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏅 “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” yopilish marosimi boshlandi

Ayni daqiqalarda Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarining tantanali yopilish marosimi bo’lib o’tmoqda.

Joriy yilning 4–9-iyun kunlari Toshkent shahrida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

Musobaqalar voleybol, gandbol, basketbol 3x3, futbol, stol tennisi, yengil atletika hamda suzish sport turlari bo‘yicha o‘tkazildi. Bellashuvlar Olimpiya shaharchasi sport majmualari, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti sport inshootlari, Chirchiq davlat pedagogika universiteti sport majmuasi, Milliy futbol markazi hamda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 1-son sport maktabida tashkil etildi.

Respublikaning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 2 368 nafar ishtirokchi, jumladan 1 920 nafar sportchi, 336 nafar murabbiy hamda 112 nafar delegatsiya a’zosi musobaqalarda ishtirok etdi.


#TalabalarOlimpiadasi #YopilishMarosimi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤3👍1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JahonChempionati #BizBirgamiz

🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston! Biz milliy terma jamoamiz bilan birgamiz!

🏆Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali talabalari O‘zbekiston milliy terma jamoasini Jahon chempionatida chin dildan qo‘llab-quvvatlaydi hamda futbolchilarimizga omad, kuch-g‘ayrat va yorqin g‘alabalar tilaydi.

🇺🇿 Vatan sharafi uchun, g‘alaba uchun, olg‘a, O‘zbekiston!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6❤26👍16👏8🤩3🥰2
“Orol bolalari” oromgohida robototexnika klubi faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Avval xabar berganimizdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida joylashgan “Orol bolalari” oromgohida bo‘lib, bolalarning zamonaviy sharoitloarda mazmunli va xavfsiz dam olishini tashkil etish bo‘yicha qator vazifalarni belgilab bergan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida oromgohda Robototexnika klubi tashkil etilib, 6-iyun kuni bolalar uchun ilk amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/174898

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤3👍1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_konferensiya

“ILM-FAN FIDOKORI” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi uchun maqolalar qabuli boshlandi

30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan “ILM-FAN FIDOKORI” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasiga barcha professor-o‘qituvchilar, turli soha vakillari, ilmiy izlanuvchilar hamda bo‘lajak stipendiantlarni taklif etamiz.


♦️Konferensiya doirasida taqdim etilgan ilmiy va ijodiy ishlar “JOISR” xalqaro ilmiy jurnalida chop etilib, Google Scholar, ResearchBIB, Index Copernicus kabi xalqaro ilmiy bazalarda indekslanadi.

Ishtirokchilar quyidagilar bilan taqdirlanadi:

🎖 esdalik ko‘krak nishoni;
📰 maxsus guvohnoma;
📑 sertifikat (bosma shaklda);
📖 ilmiy maqolalar to‘plami (bosma va elektron);
🗞qabul xati hamda taklifnoma.

☑️Maqolalar @ilmfan_fidokori_50 profili orqali o‘zbek, ingliz, rus, qozoq, qirg‘iz, nemis, turk tillarida qabul qilinadi.

‼️Har bir maqolalar tahrir hay’ati tomonidan ko‘rib chiqilgach, nashr uchun tavsiya etiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤔9👍6😁5😱4🔥2