Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Barkamol_avlod #Taqdirlash

“Barkamol avlod” sport musobaqalari g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi


“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”ning yopilish marosimidan so‘ng akademik litsey hamda kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida 2025-yil noyabr – 2026-yil may oylarida o‘tkazilgan “Barkamol avlod” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqalar dzyudo, badminton, yengil atletika, erkin kurash, yunon-rum kurashi, belbog‘li kurash, shaxmat-shashka, voleybol, basketbol, stol tennisi, streetball, street workout, futbol va gandbol kabi jami 16 ta sport turi bo‘yicha tashkil etildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni Toshkent shahri, 2-o‘rinni Buxoro viloyati, 3-o‘rinni esa Xorazm viloyati jamoalari qo‘lga kiritdi. G‘olib va sovrindorlar maxsus diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤5
O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston–Xitoy strategik hamkorlik tadqiqot markazi ish boshladi
 
🇺🇿🇨🇳9-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Xitoy Xalq universiteti (Renmin University of China) delegatsiyasi bilan uchrashuv hamda yangi tashkil etilgan Strategik hamkorlik tadqiqot markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
 
Tashrif doirasida O‘zMU rahbariyati va Xitoy Xalq universiteti prezidenti, professor Ma Xuayde boshchiligidagi delegatsiya a’zolari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Delegatsiyaga Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi diplomati Sun Chandun hamrohlik qildi. Muzokaralarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ilm-fan va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Asqarali Daminov, O‘zMU prorektorlari Ravshan Musurmanov hamda Komil Inoqov ishtirok etishdi.

 
Uchrashuvning asosiy voqeasi — O‘zbekiston Milliy universitetida tashkil etilgan «O‘zbekiston–Xitoy» strategik hamkorlik bo‘ycha tadqiqot markazining rasmiy ochilish marosimi bo‘ldi. Tomonlar ramziy lentani qirqib, markaz faoliyatiga start berishdi hamda uning ikki davlat ilmiy aloqalarini mustahkamlashdagi roli haqida so‘z yuritishdi.

Batafsil: nuu.uz

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍5👏2🔥1🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona davlat universiteti qoshida talabalardan tuzilgan Vokal cholg'u ansambli ijodidan

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👏11❤2👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston! Biz milliy terma jamoamiz bilan birgamiz!

Buxoro davlat texnika universiteti jamoasi futbol bo‘yicha jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston milliy terma jamoasini samimiy muborakbod etadi va ularga yuksak faxr hamda g‘urur bilan omad tilaydi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1👍30🔥11👏6😁4🤩3
#Innovator #EcoBind

“EcoBind” — plastik chiqindidan ekologik beton

Toshkent davlat agrar universiteti 1-bosqich talabasi Saida Saydirahmonova global plastik muammosiga innovatsion yechim topdi. Uning “Mirzo Ulugʻbek vorislari” tanlovining respublika bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan “EcoBind” (ekopolimer beton) loyihasi plastik chiqindilarni qayta ishlab, ulardan ekologik xavfsiz qurilish materiali yaratishga qaratilgan.

“EcoBind” loyihasining asosiy afzalligi shundaki, u tabiatda asrlar davomida parchalanadigan plastik chiqindilarni qayta ishlab, an’anaviy beton sanoatiga xos boʻlgan zararli gazlar miqdorini kamaytiradi va yashil iqtisodiyot tamoyillariga to‘liq javob beradi. Shu bilan birga, ushbu innovatsion texnologiya asosida olingan mahsulot mahalliy muqobillariga nisbatan ancha yengilroq, arzonroq va yuqori mustahkamlikka ega ekanligi bilan ajralib turadi.


Loyiha va uning yaratilish jarayoni haqida batafsil tez orada “Innovator” jurnalida o‘qishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤27🔥10👍4😁3🤔2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov

“Moliyaviy savodxonlik boʻyicha eng yaxshi oʻquv-uslubiy qoʻllanma” respublika tanlovida ishtirok eting!

Sizda moliyaviy savodxonlikni o‘rgatish bo‘yicha zamonaviy yondashuv, o‘ziga xos uslub yoki sifatli o‘quv-uslubiy qo‘llanma bormi? Unda ushbu imkoniyat aynan siz uchun!


Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tizimdagi eng iqtidorli va izlanuvchan pedagoglarni aniqlash, ularning ijodiy tashabbuskorligi va izlanishlarini qoʻllab-quvvatlash, moliyaviy savodxonlikni rivojlantirishning samarali usullarini kashf etish hamda ilgʻor tajribalarni respublika miqyosida ommalashtirish maqsadida “Moliyaviy savodxonlik boʻyicha eng yaxshi oʻquv-uslubiy qoʻllanma” respublika tanlovini e’lon qiladi.


Tanlovga materiallar elektron formatda raqamlitalim.trm.uz platformasi orqali 2026-yil 15-avgustga qadar qabul qilinadi.

Tanlovda oliy, kasbiy, umumiy oʻrta, maktabgacha va qoʻshimcha taʻlim tashkilotlari xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar ishtirok etadi.

Gʻoliblar har bir yoʻnalish boʻyicha 1-, 2- va 3-oʻrinlar, shuningdek, 5 ta nominatsiya asosida aniqlanadi hamda maxsus diplom va qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.


Roʻyxatdan oʻtish: https://raqamlitalim.trm.uz/financial-literacy

☎️ +998 55 519-02-02 (2120, 2121, 2122)

Moliyaviy savodxonlikni rivojlantirishga oʻz hissangizni qoʻshing.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤2
Oʻzbekiston delegatsiyasi Bavariyada dual taʼlim tizimi tajribasini oʻrgandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari Ilxom Siradjev boshchiligidagi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda mamlakatimizning muhandislik oliy taʼlim tashkilotlari rektorlaridan iborat delegatsiya Germaniyaga tashrifi doirasida Bavariya federal hududi poytaxti Myunhen shahrida dual taʼlim tizimini oʻrganish yuzasidan qator uchrashuvlar oʻtkazdi.

Delegatsiya aʼzolari Bavariya iqtisodiyoti assotsiatsiyasi qoshidagi Milliy iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar departamenti rahbari va bosh direktori Folker Lyaynvebe bilan muloqot qilb, Germaniyaning dunyoda eng samarali va amaliyotga yoʻnaltirilgan taʼlim modellaridan biri hisoblangan dual taʼlim tizimining huquqiy asoslari, boshqaruv mexanizmlari hamda taʼlim sifati nazorati boʻyicha tajribasini oʻrgandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/175767

#Xalqaro_hamkorlik #Germaniya

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤7🤔2👏1😁1
#Qabul2026
#Infografika

Oliy ta’lim tashkilotlariga qabul bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tganlar statistikasi


9-iyun soat 18.47 holatiga ko‘ra oliy ta’lim tashkilotlariga jami 71 446 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Eslatma: abituriyentlar 25-iyunga qadar (shu kuni ham) test sinovi topshirish uchun my.uzbmb.uz saytida onlayn roʻyxatdan oʻtadi.

💻Qabul bo‘yicha videoyo‘riqnoma BU YERDA.

Batafsil infografikada👆

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤4🔥1