Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Qabul2026
#Infografika

Oliy ta’lim tashkilotlariga qabul bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tganlar statistikasi


9-iyun soat 18.47 holatiga ko‘ra oliy ta’lim tashkilotlariga jami 71 446 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Eslatma: abituriyentlar 25-iyunga qadar (shu kuni ham) test sinovi topshirish uchun my.uzbmb.uz saytida onlayn roʻyxatdan oʻtadi.

💻Qabul bo‘yicha videoyo‘riqnoma BU YERDA.

Batafsil infografikada👆

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤4🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Talabalar_olimpiadasi #Taqdirlash

Olimpiya shaharchasida o’tkazgan “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarining tantanali yopilish marosimidan videolavha

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤4👏3😁2
🗣Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi muassisligida nashr etilayotgan “O‘zbekistonda oliy ta’lim” jurnalining navbatdagi soni chop etildi

Mazkur sonda oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi dolzarb masalalar, zamonaviy tendensiyalar hamda xalqaro tajribalar yoritilgan. Jumladan:

➡️ Ilm-fanning iqtisodiy o‘sishdagi o‘rni va ta’siri;
➡️ Zamonaviy mehnat bozorida diplom va kompetensiyalarning ahamiyati;
➡️Sun’iy intellektning ta’lim jarayonidagi imkoniyatlari va xavflari;
➡️ AQSH va Singapur oliy ta’lim tizimlarining ilg‘or tajribalari;
➡️Oliy ta’limda raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt integratsiyasi;
➡️ Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi tomonidan amalga oshirilgan “Registrator ofisi” hamda ta’lim sifati bo‘yicha o‘rganishlar natijalari.


📖Jurnalning yangi soni bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8🔥6👍1
🔺 “InnoX” biznes inkubatori imkoniyatlari bo‘yicha ovozli chat!

✅ Bugun, 10-iyun kuni soat 20:00 da Startap ekotizim va hududiy rivojlanish boshqarmasining telegramdagi rasmiy kanalida onlayn seminar va ovozli chat o‘tkaziladi.

✅ Ovozli chat “InnoX” biznes inkubatorining dasturi, unda ishtirok etish tartibi, yoshlar va startapchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda loyihalarni saralab olish bosqichlari bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

✅ Unda Innovatsion rivojlanish agentligi mutaxassisi Rustamjon Madrimov ishtirok etadi va ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob beriladi.

Ovozli chat manzili: 👉 https://t.me/startupper_uz

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏9❤5🤔2👍1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅ Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash uchun yana bir qulay imkoniyat

Soliq organlariga savol, taklif yoki murojaat yuborish uchun Soliq organlari bilan “Qayta aloqa” axborot tizimi xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

✔️Buning uchun murojaat yuboruvchi “Soliq” mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi bo‘lishi lozim.
✔️Platformaga kirilgach, “Xabar yuborish” tugmasi tanlanadi.
✔️Ochilgan oynada:
murojaat (savol) matni kiritiladi;
bog‘lanish uchun telefon raqami ko‘rsatiladi;
zarur hollarda hajmi 5 MB dan oshmaydigan fayl ilova qilinadi.

✔️Ma’lumotlar to‘ldirilgandan so‘ng murojaat yuboriladi va uning ko‘rib chiqilish jarayonini kuzatish mumkin.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2
TerDU talabalari xalqaro “Eko-zakovat” musobaqasida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qildi

Joriy yilning 6–9-iyun kunlari Samarqand shahrida Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan “Eko-zakovat” xalqaro musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston hamda Ozarbayjon davlatlaridan kelgan jamoalar ishtirok etib, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, bioxilma-xillikni asrash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga oid bilimlari bilan bellashdilar.

Dastlab mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida saralash bosqichi o‘tkazilib, unda Termiz davlat universiteti jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va xalqaro bosqichda O‘zbekiston sharafini himoya qilish huquqiga ega bo‘ldi.


Xalqaro bosqichda TerDU jamoasi yuqori natijalarni qayd etib, musobaqaning mutlaq g‘olibi bo‘ldi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 2-o‘rin Qozog‘iston jamoasiga, 3-o‘rin esa Qirg‘iziston jamoasiga nasib etdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1👏12❤9👍4🔥4😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston — har lahza sen bilanmiz!

Qo‘qon davlat universiteti jamoasi O‘zbekiston milliy terma jamoasiga Jahon chempionatida ulkan omad, matonat va g‘alabalar tilaydi.

#JCh2026 #MilliyTermaJamoa #Oʻzbekiston #GʻalabaBizniki

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍14❤4🔥3🥰2😁1
Shanxayda O‘zbekistonning ta‘lim va ilm-fanga oid tashabbuslari taqdim etildi

Joriy yilning 6-8-iyun kunlari O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi delegatsiyasi Xitoyning Shanxay shahrida tashkil etilgan "ShHT tahlil markazlari forumi” da ishtirok etdi.

Forum doirasida Akademiya delegatsiyasi Shanxay siyosatshunoslik va huquq universiteti hamda ShHTning xalqaro huquqiy ta’lim va hamkorlik markazi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Batafsil...

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7👍3