Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Shanxayda O‘zbekistonning ta‘lim va ilm-fanga oid tashabbuslari taqdim etildi

Joriy yilning 6-8-iyun kunlari O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi delegatsiyasi Xitoyning Shanxay shahrida tashkil etilgan "ShHT tahlil markazlari forumi” da ishtirok etdi.

Forum doirasida Akademiya delegatsiyasi Shanxay siyosatshunoslik va huquq universiteti hamda ShHTning xalqaro huquqiy ta’lim va hamkorlik markazi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Batafsil...

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7👍3
#hamkorlik

Dalyanda
“Xitoy–O‘zbekiston sivilizatsiyalari tadqiqot markazi” ish boshladi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti vakillari Xitoy Xalq Respublikasining Liaoning pedagogika universitetida “Xitoy–O‘zbekiston gumanitar almashinuvi va mintaqaviy sivilizatsiyalar o‘zaro o‘rganishi” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etdi.

Ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichini belgilovchi muhim hujjat — “2+2” qo‘shma ta’lim dasturini uzaytirish to‘g‘risidagi bitim ham imzolandi. Ushbu dastur talabalar uchun ta’limning bir qismini O‘zbekistonda, qolgan qismini esa Xitoyda davom ettirish imkoniyatini yaratib, xalqaro darajada raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga xizmat qilmoqda.


Batafsil: tsuos.uz

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👏3🔥1🤩1
#Qabul2026 #AkademikLitsey

✴️Bugundan akademik litseylarga qabul boshlandi


💬 10-iyundan 2026/2027 oʻquv yili uchun akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish boshlandi.

📝 Abituriyentlar tizimda ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish orqali ro‘yxatdan o‘tadilar.

➡️3,5x4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat (tug‘ilganlik haqida guvohnoma yuklanganda (PDF, JPEG);

✔️ O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).

☝️Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda:

▶️ oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini tanlashi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak);

▶️ va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi.

📍Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.


📆Qabul jarayonlari 10-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi.

*Qabul jarayonlari bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni akademik litseylarda tashkil etilgan “Maslahat markazlari” orqali olish mumkin.

*Eslatma:
📂 Qabul kvotasi
bu yerda👈
🗂 Fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari
bu yerda👈

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4❤9🔥7👍5
Media va kommunikatsiyalar sohasida qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiya departamenti rahbari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov boshchiligidagi delegatsiya Moskva shahriga uch kunlik tashrif davomida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko, Administratsiya rahbari o‘rinbosari – Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov, Prezidentning strategik sheriklik va hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Vadim Titov, Prezidentning jamoat loyihalari boshqarmasi boshlig‘i Sergey Novikov hamda Prezidentning AKT va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Tatyana Matveyeva bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Shuningdek, Rossiyaning qator jamoat va yoshlar tashkilotlari, kreativ hamda media sohalari vakillari bilan samarali muloqotlar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvlarda muntazam professional muloqotni rivojlantirish, matbuot xizmatlari, tahlil markazlari va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlari va tadbirlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Delegatsiya boshqaruv kadrlarini tayyorlashga ixtisoslashgan zamonaviy markaz – “Senej” boshqaruv ustaxonasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.


O‘tkazilgan uchrashuvlar media va kommunikatsiyalar sohasida ochiq muloqotni rivojlantirish, tajriba almashish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish borasidagi o‘zaro manfaatdorlikni yana bir bor tasdiqladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤4