Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Shaharsozlik va uy-joy qurilishi sohasini rivojlantirish boʻyicha yangi tashabbuslar muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev urbanizatsiya va shaharsozlik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Taqdimotda urbanistika, geodeziya, kadastr, loyihalash, aglomeratsiyalarni boshqarish va geoaxborot tizimlari bilan ishlay oladigan oʻrta va oliy boʻgʻin mutaxassislariga ehtiyoj ortib borayotgani qayd etildi.

Shu maqsadda Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumini Urbanistika, geodeziya va kadastr texnikumi sifatida qayta tashkil etish taklif qilindi. Unda oʻrta boʻgʻin uchun oʻlchovchi mutaxassislar, kadastr va geodeziya, kompyuter grafikasi dizayn operatorlari hamda kompyuter kadastr dasturlari yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlanadi.

Oliy taʼlim tizimida Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Zamonaviy urbanistika va aglomeratsiyalarni boshqarish” fakultetini ochish rejalashtirilgan.

Barcha hududlarda urbanistika, loyihalashtirish va arxitektura yoʻnalishlarini bir joyda jamlaydigan kreativ parklar tashkil etish ham taklif qilindi. Ularda laboratoriyalar, konstruktorlik ustaxonalari, dasturiy taʼminot, loyihalash xizmatlari, onbording, netvorking va kovorking maydonlari tashkil etiladi. Kreativ park rezidentlariga jismoniy shaxslar daromad soligʻi va ijtimoiy soliq boʻyicha imtiyozlar berish koʻzda tutilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤5👍2
Oʻzbekiston oliygohlari delegatsiyasi Myunxen texnika universiteti tajribasini oʻrgandi

Muhandislik yoʻnalishidagi oliy taʼlim tashkilotlari rektorlaridan iborat Oʻzbekiston delegatsiyasi Germaniya Federativ Respublikasiga tashrif doirasida Myunxen texnika universiteti (TUM) faoliyati bilan tanishdi. TUM International xalqaro hamkorlik boʻlimi katta menejeri Fabian Jodeit universitetning xalqaro faoliyati boʻyicha taqdimot oʻtkazdi.

Taqdimotda Myunxen texnika universitetining boshqaruv tizimi, taʼlim dasturlari, xalqaro hamkorlik siyosati, akademik mobillik imkoniyatlari, qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil etish mexanizmlari hamda xorijiy hamkorlar bilan ishlash tajribasi haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, universitetning sanoat korxonalari bilan yaqin hamkorlik asosida shakllangan taʼlim modeli va innovatsion ekotizimi haqida ham maʼlumotlar taqdim etildi.

Shundan soʻng delegatsiya aʼzolari universitetning mashinasozlik fakulteti laboratoriyalarida boʻlib, zamonaviy tadqiqot uskunalari, talabalarning amaliy tayyorgarlik jarayonlari hamda laboratoriya faoliyatining ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan tizimi bilan tanishdilar.


Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/176086

#Xalqaro_hamkorlik #Germaniya

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤4👍4🤔2
Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati natijalari va kelgusi rejalari koʻrib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati natijalari va uni yanada rivojlantirish rejalari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Taqdimotda ilmiy-tadqiqot va nashr ishlarini yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi. Markazning ilmiy jurnalini xalqaro “Scopus” va “Web of Science” bazalariga kiritish, ilmiy markazlarning yagona integratsiyalashgan platformasini yaratish, qoʻlyozmalarning raqamli katalogini tayyorlash rejalashtirilgan.

Diniy-maʼrifiy sohadagi magistr va doktorantlar uchun “Islom maʼrifati” stipendiyasini joriy etish, dunyoga mashhur olim va ekspertlarning kitoblari taqdimotlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👏9❤8👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JahonChempionati #BizBirgamiz

🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston! Biz milliy terma jamoamiz bilan birgamiz!

🏆 Qarshi davlat universiteti jamoasi futbol bo‘yicha jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston milliy terma jamoasini samimiy muborakbod etadi.

⚽️ Yurtimiz sharafini himoya qilayotgan futbolchilarimizga kuch-g‘ayrat, ishonch va yorqin g‘alabalar tilaymiz.

🤝 Biz birgamiz! Yangi O‘zbekistonning g‘ururi va faxri bo‘lgan milliy terma jamoamizga omad yor bo‘lsin!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤16👍9😱2👏1
#Xalqaro_hamkorlik

Bavariya hukumati bilan dual taʼlim va talabalar amaliyoti boʻyicha hamkorlikning yangi yoʻnalishlari belgilandi
 
Oʻzbekiston delegatsiyasi Bavariya oʻlkasining Davlat kanselyariyasiga tashrif buyurib, Bavariyaning xalqaro masalalar boʻyicha davlat vaziri janob Eric Baysvenger bilan rasmiy uchrashuv oʻtkazildi.

Bavariya — Germaniyaning eng kuchli iqtisodiy hududlaridan biri boʻlib, BMW, Audi, Siemens, Siemens, Airbus, Allianz, Munich Re, Adidas, Puma kabi global kompaniyalar Bavariyani Yevropaning yetakchi sanoat, muhandislik, tibbiy texnologiyalar, aerokosmik va moliyaviy markaziga aylantirgan.

Bavariya iqtisodiyotining yana bir kuchli tomoni — Mittelstand, yaʼni kichik va oʻrta biznes hamda dual taʼlim tizimidir. Bu modelda yoshlar taʼlim muassasasida nazariy bilim olib, bir vaqtning oʻzida kompaniyalarda amaliy tajriba orttiradi.


Muzokaralar natijasida quyidagi kelishuvlarga erishildi:

✅Bavariya hukumati koʻmagida Oʻzbekiston talabalari uchun Bavariya davlat idoralari va tashkilotlarida amaliyot dasturlarini yoʻlga qoʻyish;

✅Oʻzbekiston universitetlari bilan Bavariya amaliy fanlar universitetlari oʻrtasida hamkorlikni kengaytirish;

✅dual taʼlim, amaliy muhandislik va sanoat bilan integratsiyalashgan taʼlim dasturlari boʻyicha tajriba almashish;

✅Bavariya kompaniyalari bilan talabalar amaliyoti va qoʻshma loyihalar boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish.

Ushbu uchrashuv Oʻzbekiston yoshlari uchun yangi xalqaro imkoniyatlar yaratish va taʼlimni real iqtisodiyot ehtiyojlari bilan bogʻlash yoʻlida muhim qadam boʻldi.

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍7👏4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴 🟦🟦

🇺🇿 Ayni daqiqalarda Namanganda “TalabaExpo — 2026” kasb ko‘rgazmasi boshlanish arafasida

Namangan shahridagi Turon xalqaro universitetida “Kelajakka qadam” dasturi tashabbusi doirasida tashkil etilgan ushbu tadbir orqali viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish, ish bilan ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish maqsad qilingan.

#Kelajakka_qadam #TalabaEkspo2026 #Namangan #Bandlik

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10🔥9👍2👏2🤩2