Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Jizzax politexnika institutida ta’lim, innovatsiya va yoshlar masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi

Jizzax politexnika institutida Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiyev hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov ishtirokida ta’lim, innovatsiyalar va yoshlar salohiyatini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tashrif davomida institutning Avtomobilsozlik muhandislik maktabi va Muqobil energiyalarni tadqiq etish ilmiy-amaliy markazi faoliyati bilan tanishilib, talabalarga yaratilgan zamonaviy sharoitlar, dual ta’lim tizimining afzalliklari hamda yoshlarning ilmiy va innovatsion loyihalari namoyish etildi.

Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan startap tashabbuslar, yosh tadqiqotchilarning ilmiy ishlanmalari va ularni amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi va muhandislik maktabining iqtidorli talabalari rag‘batlantirildi.


Shuningdek, mahallalarda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ijtimoiy profilaktika tadbirlarini samarali tashkil etish hamda oilaviy nizolarni mediatsiya yo‘li bilan hal etish masalalariga yuzasidan o‘quv-seminar ham tashkil etildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/176597

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍4🔥1
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

“TalabaExpo–2026”: Namanganda 10 mingga yaqin bitiruvchini jamlagan yirik ko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda


Namangan shahrida bitiruvchi yoshlar uchun tashkil etilgan “TalabaExpo–2026” kasb ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda.

Turon xalqaro universitetida o‘tayotgan ko‘rgazmada Namangan viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlarining 10 mingga yaqin bitiruvchi-talabalari qatnashmoqda.

Tadbir doirasida ishtirokchilarga 150 dan ortiq korxona va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan 2000 dan ziyod bo‘sh ish o‘rni, startap va innovatsion loyihalar, kredit dasturlari, moliyaviy maslahatlar, kasbga yo‘naltiruvchi seminar-treninglar, ish beruvchi tashkilotlar taqdimotlari taklif etilmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/176833

#Kelajakka_qadam #TalabaEkspo2026 #Namangan #Bandlik

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤3🔥1
Madridda O‘zbekiston–Ispaniya universitetlari rektorlari birinchi forumi tashkil etildi

Joriy yilning 10-iyun kuni Madrid shahridagi Rey Xuan Karlos universitetida O‘zbekiston–Ispaniya universitetlari rektorlari birinchi forumining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali marosimni O‘zbekistonning Ispaniyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Farrux Tursunov, Toshkentdagi Vestminster xalqaro universiteti rektori Komiljon Karimov, Ispaniya Ta’limni xalqarolashtirish xizmati (SEPIE) vakillari hamda Rey Xuan Karlos universiteti rahbari ochib berdi.


Anjumanda oliy ta’lim, ilm-fan va akademik almashinuv yo‘nalishlaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilinib, universitetlararo aloqalarni mustahkamlash hamda yangi qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/176992

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍11❤4😁2👏1🎉1