Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JahonChempionati #BizBirgamiz

🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston!

O‘zDSMI jamoasi Milliy terma jamoamiz bilan birga!

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jamoasi futbol bo‘yicha Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston milliy terma jamoasini samimiy muborakbod etadi.

Bu yutuq – xalqimizning 34 yillik orzusi, millionlab yurtdoshlarimiz kutgan tarixiy natijadir. Milliy terma jamoamizning matonati, fidoyiligi va g‘alabaga bo‘lgan ishonchi tufayli O‘zbekiston ilk bor futbol bo‘yicha Jahon chempionati ishtirokchisiga aylandi.

Ishonamizki, futbolchilarimiz dunyoning eng nufuzli musobaqasida ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, O‘zbekiston bayrog‘ini yanada yuksaklarga ko‘taradilar.


Biz siz bilan faxrlanamiz! Biz sizga ishonamiz!

🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston! ⚽️ Biz birgamiz!


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍16❤8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Namanganda o‘tkazilgan “Talaba Expo – 2026” kasb ko‘rgazmasida 1200 nafardan ortiq talaba uchun ish o‘rni aniq bo‘ldi


2026-yil 11-iyun kuni, Namangan shahrida oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchi talabalari uchun yirik ko‘lamdagi “TalabaExpo – 2026” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Turon xalqaro universitetida tashkil etilgan ushbu tadbir “Kelajakka qadam” dasturi doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Oʻzmilliybank” AJ, Savdo-sanoat palatasi, Namangan viloyati hokimligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamkorligida o‘tkazildi.

Yarmarka doirasida ishtirokchilarga 150 dan ortiq korxona va tashkilotlar tomonidan 2000 dan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/177700

#Kelajakka_qadam #TalabaEkspo2026 #Namangan #Bandlik

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🔥2👏1
Oliy taʼlim tashkilotlari Xotin-qizlar maslahat kengashi raislarining malakasi oshirilmoqda

Joriy yilning 1–12-iyun kunlari Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida «Xotin-qizlar maslahat kengashi raislarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish» yoʻnalishi boʻyicha malaka oshirish kurslarining ikkinchi mavsumi tashkil etildi.

Mazkur oʻquv kurslari oliy taʼlim muassasalarida xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, gender tenglikni taʼminlash, sogʻlom maʼnaviy-psixologik muhitni shakllantirish hamda talaba-qizlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratildi.


Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/177766

#malaka_oshirish

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14🔥6🥰2
Berlinda kasbiy taʼlim va inson kapitali rivoji boʻyicha Oʻzbekiston–Germaniya muloqoti boʻlib oʻtdi
 
Berlin shahridagi Bundestag binosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari Ilxom Siradjev Germaniya Federal iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi — BMZ Parlament davlat kotibi Janob Johann Saathoff oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

BMZ Germaniyaning xalqaro taraqqiyot hamkorligini amalga oshiruvchi asosiy federal vazirligi boʻlib, taʼlim, kasbiy tayyorgarlik, bandlik, iqtisodiy rivojlanish va barqaror taraqqiyot yoʻnalishlarida koʻplab davlatlar bilan ishlaydi. Oʻzbekiston Germaniya uchun Markaziy Osiyodagi strategik hamkorlardan biri sifatida alohida ahamiyatga ega.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasidagi hamkorlikning quyidagi ustuvor yoʻnalishlari muhokama qilindi:

✅Kasbiy taʼlim tizimini rivojlantirish — yoshlarni real mehnat bozori talablariga mos kasblarga tayyorlash;
✅Dual taʼlim modelini kengaytirish — taʼlim, ishlab chiqarish va ish beruvchilar oʻrtasida kuchli bogʻliqlik yaratish;
✅Universities of Applied Sciences modelini joriy etish — amaliy fanlar universitetlari orqali sanoatga yaqin, amaliy koʻnikmaga ega mutaxassislar tayyorlash;
✅Hududlarda "kasblar shaharchalari"ni modernizatsiya qilish — yoshlar uchun sifatli taʼlim va munosib ish imkoniyatlarini kengaytirish;
✅Germaniya tajribasini Oʻzbekistonga moslashtirish — kasbiy taʼlimni “ikkinchi tanlov” emas, balki muvaffaqiyatli karyera yoʻli sifatida shakllantirish.


Germaniya tajribasi shuni koʻrsatadiki, dual yoki kasbiy taʼlim olgan yoshlar ham universitet bitiruvchilari kabi muvaffaqiyatli karyera qurishi, barqaror daromadga ega boʻlishi va iqtisodiyotning muhim tayanchiga aylanishi mumkin.

BMZ bilan hamkorlikning asosiy maqsadi — Oʻzbekistonda yoshlar uchun taʼlimdan kasbga, kasbdan munosib ish oʻrniga olib boradigan kuchli tizim yaratishdir. Bu esa mamlakatimizning inson kapitali, sanoat salohiyati va iqtisodiy kelajagi uchun strategik ahamiyatga ega.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👍7🤔1
Ilmiy kadrlarini tayyorlash va attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF–98-sonli “Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni mazmun-mohiyatga bagʻishlangan ilmiy-amaliy seminar oʻtkazildi.


Tadbirni Oliy Majlis Senati raisining birinchi oʻrinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev kirish soʻzi bilan ochib berdi. Shundan soʻng Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov Farmonning oliy taʼlim va ilmiy kadrlar tayyorlash tizimidagi ahamiyati haqida maʼruza qildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/177751

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤9👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshimiz

“Institutga kiritib qo‘yamiz” — degan va’dalarga aldanmang!

Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari to‘liq ochiq va shaffof tizim asosida amalga oshirilmoqda. Shunday ekan, “institutga kiritib qo‘yamiz”, “yuqorida tanishlarim bor, bir deganda o‘qishga kirasan” kabi va’dalarning ortida hech qanday qonuniy asos yo‘q.

Agar siz korrupsion holatlar, manfaatlar to‘qnashuvi, firibgarlik yoki boshqa qonunbuzarlik holatlariga duch kelsangiz, tegishli mas’ul tashkilotlar, ishonch telefonlari yoki vakolatli mutasaddilarga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining aloqa kanallari


📧 Elektron pochta:
anticor@edu.uz
🤖 Telegram bot:
https://t.me/eduuzanticor_bot
☎️ Ishonch telefoni:
(55) 520-08-08 (282, 179)

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🤩931🔥929👍926👏905❤874
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JahonChempionati #BizBirgamiz

⚽️ O‘zbekiston milliy terma jamoasining futbol bo‘yicha jahon chempionatiga yo‘llanma olgani xalqimiz uchun quvonch va faxrdir.

Ushbu muhim natija bilan Toshkent davlat texnika universiteti jamoasi futbolchilarimizni, murabbiylar shtabini hamda millionlab muxlislarni samimiy tabriklaydi.

Maydonda matonat, fidoyilik va haqiqiy jamoaviy ruh namunasini ko‘rsatgan terma jamoamizga chempionat bahslarida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston! Yangi g‘alabalar sari dadil qadam tashlayvering!

Bizni kuzating

Veb-sayt | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12🔥5👍3