Sankt-Peterburg davlat universiteti Toshkent shahridagi filialiga 2026/2027 o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 20-iyundan boshlanadi
Qabul kvotasining 30 foizigacha davlat granti asosida tahsil olib, stipendiya olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Bitiruvchilarga SPbDUning xalqaro namunadagi diplomi beriladi. Diplom nafaqat O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida, balki dunyoning 100 ga yaqin davlatlarida ham tan olinadi va nostrifikatsiya talab etilmaydi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating

❤11👍3
Amir Temur: birlamchi manbalar va tahlillar
Buyuk sarkarda va temuriylar saltanati asoschisi Amir Temurning shaxsi, uning dunyo tarixida tutgan roli haqida qariyb olti asrdan buyon turli asarlar yozilgan va yozilmoqda. Bunday asarlarning aksari juda ziddiyatli va alohida tahlillarni talab qiladi.
Aynan shu talabdan kelib chiqqan holda akademik Shuhrat Sirojiddinov Amir Temur hayoti va faoliyatiga oid yozma manbalar sharhi va tahliliga bag'ishlangan turkum vieoma'ruzalar tayyorlamoqda. Manbashunos olimning dastlabki ma'ruzasi ham Amir Temur shaxsiga doir ko'plab noxolis talqinlarga barham berishni maqsad qilgan edi.
Shuningdek, manbalarning ishonchliligi, ularning o‘zaro aloqadorligi va Amir Temur tarixining turli davrlardagi talqinlari masalalariga e’tibor qaratiladi.
👉 Ma’ruzaning o‘zbek tilidagi matnini ushbu havola orqali o'qishingiz mumkin: https://tsuull.uz/uz/content/akademik-maruzasi-0
👉 Rus tiidagi videoma'ruzani ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: https://youtu.be/DwPW0zkHXYI

Navbatdagi ma’ruzada esa XV–XVI asrlarga oid Muiniddin Natanziy, Tojiddin Salmon, Hofizi Abru asarlari, “Temurnoma” turkumidagi manbalar hamda “Malfuzoti Temuriy” (“Temur tuzuklari”) ilmiy jihatdan tahlil qilinadi.
Shuningdek, manbalarning ishonchliligi, ularning o‘zaro aloqadorligi va Amir Temur tarixining turli davrlardagi talqinlari masalalariga e’tibor qaratiladi.
👉 Ma’ruzaning o‘zbek tilidagi matnini ushbu havola orqali o'qishingiz mumkin: https://tsuull.uz/uz/content/akademik-maruzasi-0
👉 Rus tiidagi videoma'ruzani ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: https://youtu.be/DwPW0zkHXYI
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤5👍5😁2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JahonChempionati #BizBirgamiz
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍6👏4🥰3🤩2
#Xalqaro_hamkorlik #Germaniya
Berlinda kasbiy taʼlim sohasida Oʻzbekiston–Germaniya kelishuvi imzolandi
Berlin shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Germaniya Federativ Respublikasining Taʼlim, oila ishlari, keksalar, ayollar va yoshlar masalalari boʻyicha federal vazirligi oʻrtasida kasbiy taʼlim sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuv imzolandi.
Kelishuv doirasida tomonlar kasbiy taʼlim sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, dual taʼlim tizimini takomillashtirish, taʼlim sifatini oshirish, sohani boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, taʼlim muassasalari va ish beruvchilar oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish, shuningdek qoʻshma loyihalar va pilot tashabbuslarni amalga oshirish boʻyicha hamkorlik qiladi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/177924
👉На руcском
👉In English

Mazkur hujjat ikki mamlakatning vakolatli davlat organlari oʻrtasida kasbiy taʼlim sohasini rivojlantirishga qaratilgan tizimli hamkorlik kelishuvi boʻlib, Oʻzbekiston–Germaniya munosabatlarini yangi mazmun bilan boyitishga xizmat qiladi.
Kelishuv doirasida tomonlar kasbiy taʼlim sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, dual taʼlim tizimini takomillashtirish, taʼlim sifatini oshirish, sohani boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, taʼlim muassasalari va ish beruvchilar oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish, shuningdek qoʻshma loyihalar va pilot tashabbuslarni amalga oshirish boʻyicha hamkorlik qiladi.
Hamkorlikni samarali tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston–Germaniya Qoʻshma ishchi guruhi tashkil etiladi. Mazkur platforma ikki mamlakatning taʼlim muassasalari, savdo-sanoat palatalari, sohaviy uyushmalari, tashkilotlari va ishlab chiqarish korxonalari oʻrtasidagi hamkorlikni muvofiqlashtirish va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun muhim maydon vazifasini oʻtaydi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/177924
👉На руcском
👉In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6👏4👍2
2026-yilda kasbiy ta’lim muassasalari uchun o‘quv qo‘llanmalarni yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi
Kasbiy ta’lim muassasalari (boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim darajalari) uchun o‘quv qo‘llanmalari tanlovi e’lon qilinadi.
Takliflar joriy yilning 20-iyun kuniga qadar a.usmanov@kasbedu.uz elektron manziliga yoki Kasbiy ta’lim agentligiga asl nusxada, A4 konvertga solib, jildida ta’lim muassasasi nomi, mualliflar F.I.Sh., telefon raqami yozilgan holda taqdim etish so‘raladi.
Aloqa uchun;
📞+998555200808 (145)
📱+998901757813
➡️ Kasbiy ta’lim muassasalari uchun 2026-yilda yaratilishi rejalashtirilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati
➡️ O‘quv qo‘llanmani yaratishga qo‘yiladigan talablar
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Kasbiy ta’lim muassasalari (boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim darajalari) uchun o‘quv qo‘llanmalari tanlovi e’lon qilinadi.
Tanlovda qatnashish istagini bildirgan mualliflar (yoki mualliflar jamoasi) tomonidan quyidagi hujjatlardan iborat takliflar tanlov komissiyasiga taqdim etiladi:➖ ishtirok etish uchun buyurtmanoma;➖ qatnashchining so‘rovnomasi;➖ o‘quv adabiyoti konsepsiyasi;➖ o‘quv adabiyotining reja-prospekti;➖ bitta bobning namuna matni.
Takliflar joriy yilning 20-iyun kuniga qadar a.usmanov@kasbedu.uz elektron manziliga yoki Kasbiy ta’lim agentligiga asl nusxada, A4 konvertga solib, jildida ta’lim muassasasi nomi, mualliflar F.I.Sh., telefon raqami yozilgan holda taqdim etish so‘raladi.
Aloqa uchun;
📞+998555200808 (145)
📱+998901757813
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍2
#Xalqaro_hamkorlik #Germaniya
Germaniya tajribasi o‘rganilmoqda: O‘zbekiston delegatsiyasi Potsdam amaliy fanlar universitetida
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda mamlakatimizning muhandislik yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlaridan iborat delegatsiya Germaniya Federativ Respublikasida bo‘lib, oliy ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish va hamkorlik aloqalarini kengaytirish bo‘yicha qator uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/178047

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Potsdam amaliy fanlar universiteti faoliyati, ta’lim jarayonini tashkil etish mexanizmlari hamda ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuvlar davomida Germaniya oliy ta’lim tizimida muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinayotgan dual ta’lim modeli, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi, talabalarni amaliy ko‘nikmalar asosida tayyorlash mexanizmlari hamda universitetning sanoat korxonalari bilan hamkorlik tajribasi yuzasidan batafsil ma’lumotlar almashildi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/178047
👉На руcском
👉In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍5❤3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#10Savolga_10Javob
❓ SAVOL: Toshkent davlat yuridik universitetining Raqamli huquq yo‘nalishi uchun IQ test topshirishni tanladim. Mabodo IQ testdan o‘tolmasam, boshqa yo‘nalishiga tanlovda ishtirok eta olamanmi?
✅ JAVOB: Ha, topshira olasiz.
Prezidentning 2025-yilning 27-noyabrida qabul qilingan 232-son farmoniga muvofiq, Toshkent davlat yuridik universitetida yangi tashkil etilgan Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik va Raqamli huquq yo‘nalishlariga qabul jarayonida xalqaro standartlar asosida IQ (intellektual darajani aniqlash) test topshiriladi.
Bunda, abituriyentlar quyidagi tartibga alohida e’tibor qaratishlari lozim:
➖ ro‘yxatdan o‘tish davomida abituriyent huquq va chet tili fanlar majmuasini tanlaganida, tizim tomonidan yuqoridagi 2 ta yangi yo‘nalish uchun IQ testda qatnashish istagini bildiruvchi maxsus xabarnoma ochiladi.
➖ ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun abituriyentdan chet tili bo‘yicha kamida B2 darajadagi milliy yoki unga mos bo‘lgan xalqaro sertifikat talab etiladi.
➖ agar abituriyent IQ test sinovlaridan o‘ta olmasa, u huquq va chet tili fanlar majmuasi mavjud bo‘lgan boshqa yo‘nalishlarga, maslan, yurisprudensiya yo‘nalishiga tanlovning ikkinchi bosqichida tanlovda ishtirok etishi mumkin.
Ya’ni, IQ testidan o‘ta olmaslik sizning yuridik ta’lim olish imkoniyatingizni cheklamaydi. Bu test faqat yangi tashkil etilgan ikki yo‘nalish uchun qo‘shimcha saralash bosqichi hisoblanadi.

❤7👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qo‘qon universiteti Andijon filiali talaba-yoshlari O‘zbekiston milliy terma jamoasiga ulkan zafarlar tilaydi!
Vatanimiz sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qilayotgan futbolchilarimizga ishonch bildiramiz hamda ularning har bir o‘yinida yuksak natijalar qayd etishiga tilakdoshmiz!

🔥13👏5👍2🎉1