Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
2026-yilda kasbiy ta’lim muassasalari uchun o‘quv qo‘llanmalarni yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi

Kasbiy  ta’lim muassasalari (boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim darajalari) uchun o‘quv qo‘llanmalari tanlovi e’lon qilinadi.

Tanlovda qatnashish istagini bildirgan mualliflar (yoki mualliflar jamoasi) tomonidan quyidagi hujjatlardan iborat takliflar tanlov komissiyasiga taqdim etiladi:
➖ ishtirok etish uchun buyurtmanoma;
➖ qatnashchining so‘rovnomasi;
➖ o‘quv adabiyoti konsepsiyasi;
➖ o‘quv adabiyotining reja-prospekti;
➖ bitta bobning namuna matni.


Takliflar joriy yilning 20-iyun kuniga qadar a.usmanov@kasbedu.uz elektron manziliga yoki Kasbiy ta’lim agentligiga asl nusxada, A4 konvertga solib, jildida ta’lim muassasasi nomi, mualliflar F.I.Sh., telefon raqami yozilgan holda taqdim etish so‘raladi.

Aloqa uchun;
📞+998555200808 (145)
📱+998901757813

➡️Kasbiy ta’lim muassasalari uchun 2026-yilda yaratilishi rejalashtirilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati

➡️O‘quv qo‘llanmani yaratishga qo‘yiladigan talablar

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍2
#Xalqaro_hamkorlik #Germaniya

Germaniya tajribasi o‘rganilmoqda: O‘zbekiston delegatsiyasi Potsdam amaliy fanlar universitetida

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda mamlakatimizning muhandislik yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlaridan iborat delegatsiya Germaniya Federativ Respublikasida bo‘lib, oliy ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish va hamkorlik aloqalarini kengaytirish bo‘yicha qator uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Potsdam amaliy fanlar universiteti faoliyati, ta’lim jarayonini tashkil etish mexanizmlari hamda ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Uchrashuvlar davomida Germaniya oliy ta’lim tizimida muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinayotgan dual ta’lim modeli, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi, talabalarni amaliy ko‘nikmalar asosida tayyorlash mexanizmlari hamda universitetning sanoat korxonalari bilan hamkorlik tajribasi yuzasidan batafsil ma’lumotlar almashildi.



Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/178047

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍5❤3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#10Savolga_10Javob

❓SAVOL: Toshkent davlat yuridik universitetining Raqamli huquq yo‘nalishi uchun IQ test topshirishni tanladim. Mabodo IQ testdan o‘tolmasam, boshqa yo‘nalishiga tanlovda ishtirok eta olamanmi?

✅ JAVOB: Ha, topshira olasiz.

Prezidentning 2025-yilning 27-noyabrida qabul qilingan 232-son farmoniga muvofiq, Toshkent davlat yuridik universitetida yangi tashkil etilgan Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik va Raqamli huquq yo‘nalishlariga qabul jarayonida xalqaro standartlar asosida IQ (intellektual darajani aniqlash) test topshiriladi.

Bunda, abituriyentlar quyidagi tartibga alohida e’tibor qaratishlari lozim:

➖
ro‘yxatdan o‘tish davomida abituriyent huquq va chet tili fanlar majmuasini tanlaganida, tizim tomonidan yuqoridagi 2 ta yangi yo‘nalish uchun IQ testda qatnashish istagini bildiruvchi maxsus xabarnoma ochiladi.

➖ ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun abituriyentdan chet tili bo‘yicha kamida B2 darajadagi milliy yoki unga mos bo‘lgan xalqaro sertifikat talab etiladi.

➖ agar abituriyent IQ test sinovlaridan o‘ta olmasa, u huquq va chet tili fanlar majmuasi mavjud bo‘lgan boshqa yo‘nalishlarga, maslan, yurisprudensiya yo‘nalishiga tanlovning ikkinchi bosqichida tanlovda ishtirok etishi mumkin.

Ya’ni, IQ testidan o‘ta olmaslik sizning yuridik ta’lim olish imkoniyatingizni cheklamaydi. Bu test faqat yangi tashkil etilgan ikki yo‘nalish uchun qo‘shimcha saralash bosqichi hisoblanadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qo‘qon universiteti Andijon filiali talaba-yoshlari O‘zbekiston milliy terma jamoasiga ulkan zafarlar tilaydi!

Vatanimiz sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qilayotgan futbolchilarimizga ishonch bildiramiz hamda ularning har bir o‘yinida yuksak natijalar qayd etishiga tilakdoshmiz!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥13👏5👍2🎉1
Anhalt amaliy fanlar universitetida Germaniyaning dual taʼlim sohasidagi ilgʻor tajribasi oʻrganildi
 
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasining Germaniya Federativ Respublikasiga tashrifi doirasida Anhalt amaliy fanlar universiteti (Anhalt University of Applied Sciences)da uchrashuv boʻlib oʻtdi.
 
Qayd etilganidek, universitetda bakalavriat va magistratura bosqichlarida dual taʼlim shaklidagi qator taʼlim dasturlari amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda universitet 200 dan ortiq hamkor korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik qilib, talabalarni ish joyida amaliy tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻygan. Taʼlim jarayonida nazariy mashgʻulotlar universitetda, amaliy bosqichlar esa ish beruvchi tashkilotlarda oʻtkazilib, har ikki yoʻnalish oʻzaro muvofiqlashtirilgan holda tashkil etiladi.

Tomonlar Germaniyaning xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan dual taʼlim modeli iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlariga javob beradigan raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashda muhim oʻrin tutishi, bunda taʼlim muassasalari, ish beruvchilar va davlat tashkilotlari oʻrtasidagi yaqin hamkorlik hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini taʼkidladilar.


Shuningdek, delegatsiya aʼzolari uchun universitet infratuzilmasi boʻylab tanishuv ekskursiyasi tashkil etildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/178096

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍7❤3👏1
#soʻragan_edingiz

❓ Savol: SAT sertifikati asosida qo‘shimcha davlat grantiga qabul qilingan talaba grantdan bakalavriatning butun o‘qish davri davomida foydalanadimi yoki grant faqat birinchi o‘quv yili uchun beriladimi?

✅ Javob: SAT sertifikati asosida qo‘shimcha davlat grantiga qabul qilingan talabalar grantdan bakalavriatning butun ta’lim davri davomida foydalanadilar. Mazkur grant faqat birinchi o‘quv yili bilan cheklanmaydi.

Biroq, ushbu imtiyoz SAT sertifikati asosida birinchi tanlov (birinchi ustuvor yo‘nalish) bo‘yicha o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlarga nisbatan qo‘llaniladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍3🔥2🤔1😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xotin-qizlar huquqlari va xavfsizligi — doimiy himoyada

Toshkent davlat transport universiteti tomonidan talaba-qizlar va xotin-qizlarni tazyiq hamda shilqimlik holatlaridan himoya qilishga qaratilgan yangi tizim yuzasidan qisqa videorolik tayyorlandi.

📌 Mazkur tizimning asosiy maqsadlari:
— xotin-qizlarning huquqiy himoyasini ta’minlash;
— xavfsiz va sog‘lom ta’lim muhitini shakllantirish;
— tazyiq va shilqimlik holatlariga tezkor munosabat bildirish;
— murojaat qiluvchilarning shaxsiy ma’lumotlari maxfiyligini to‘liq ta’minlash.

📲 Agar siz tazyiq, shilqimlik yoki boshqa nojo‘ya holatlarga duch kelsangiz, quyidagi manzil orqali murojaat qilishingiz mumkin:

♻️ @otv_himoya_bot

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21😁3🔥1🥰1😱1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampga tavallud kuni – yubiley ayyomi munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

“Sizni boy tajribaga ega, o‘z xalqining hurmat va ehtiromiga sazovor bo‘lgan atoqli davlat arbobi sifatida yaxshi bilamiz. Sizning qat’iy siyosiy yetakchiligingiz va mustahkam irodangiz tufayli Amerika Qo‘shma Shtatlarining xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va qudrati tobora mustahkamlanib borayotganini alohida ta’kidlashni istar edim”,

– deyiladi maktubda.

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi sur’atiga alohida e’tibor qaratildi. O‘zaro hurmat, ishonch va mushtarak manfaatlarga asoslangan aloqalar so‘nggi yillarda izchil rivojlanib, sifat va mazmun jihatidan yanada boyib borayotgani qayd etildi.

“Bugun O‘zbekiston – AQSh aloqalari har qachongidan ham mustahkam va amaliy ruh kasb etayotgani ham ayni haqiqatdir”,

– deyiladi maktubda.

Davlatimiz rahbari ochiq va konstruktiv hamkorlikka intilayotgan mamlakat sifatida O‘zbekiston AQSh bilan ko‘p qirrali va strategik sheriklikka asoslangan aloqalarni yanada chuqurlashtirishdan manfaatdor ekanini bildirdi. Jumladan, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga alohida ahamiyat qaratilayotgani qayd etildi.

Prezidentimiz Donald Trampning tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan xalqaro sa’y-harakatlarini yuksak qadrlashini ta’kidladi.

Turli xalqaro va mintaqaviy platformalar doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik bundan keyin ham rivojlanib, yangi amaliy natijalar bilan boyib borishiga ishonch bildirildi.

Strategik sheriklikning istiqbolli yo‘nalishlarini batafsil muhokama qilish maqsadida Prezidentimiz amerikalik hamkasbini O‘zbekistonga ilk tarixiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.

Yakunda Prezidentimiz Donald Trampga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, do‘st Amerika xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va farovonlik tiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤15😁2👍1🤔1