Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Barselonada O‘zbekiston–Ispaniya oliy ta’lim hamkorligini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Ispaniyaning Barselona shahrida O‘zbekiston–Ispaniya universitetlari rektorlari birinchi forumi doirasida Barselona universitetida yalpi majlis va qator panel muhokamalari bo‘lib o‘tdi. Tadbirlarda ikki mamlakat oliy ta’lim tizimlari, xalqaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari hamda universitetlararo aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Yalpi majlisda Barselona universiteti, Toshkentdagi Vestminster xalqaro universiteti, Ispaniya Ta’limni xalqarolashtirish xizmati (SEPIE) va Kataloniya hukumati vakillari ishtirok etib, akademik almashinuv, qo‘shma ta’lim dasturlari, internatsionallashuv va innovatsiyalarni rivojlantirish masalalari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etdilar.

Shuningdek, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqaro reytinglar bilan ishlash tajribasi hamda universitetlarning global maydondagi faolligiga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazildi. Forum doirasida pedagogik innovatsiyalar, xalqaro tarmoqlar va hamkorlikning yangi strategiyalariga oid panel sessiyalar tashkil etildi.


Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/178224

#XalqaroForum #Ispaniya

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👏12🔥4😱2😁1🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JahonChempionati #BizBirgamiz

🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston! BuxDU jamoasi sizlar bilan birga!

Buxoro davlat universiteti professor-o'qituvchilari, xodimlari hamda talabalari Jahon chempionatiga yo‘l olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Biz sizga ishonamiz!
🇺🇿Olgʻa, Oʻzbekiston!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥14👍8❤4😁4
#Xalqaro_hamkorlik
 
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbariyati hamda mamlakatimizning muhandislik oliygohlari rektorlaridan iborat delegatsiya tomonidan Germaniyada oʻzaro tajriba almashish va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida koʻplab uchrashuvlar oʻtkazildi.
 
Mazkur muloqotlar tafsilotlari “Oʻzbekiston 24” telekanalida yoritildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤5
Bitiruvchi – 2026”: yangi avlod shifokorlari katta hayotga kuzatildi

15-iyun kuni Toshkent shahridagi “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyida Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Bitiruvchi – 2026” tantanali bitiruv marosimi tashkil etildi. Mazkur tadbir minglab yosh mutaxassislar hayotidagi eng muhim va masʼuliyatli bosqichlardan biriga aylandi.


Marosimda oliy taʼlim va sogʻliqni saqlash tizimi vakillari, universitet rahbariyati, professor-oʻqituvchilar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. Tadbir davomida bitiruvchilarning taʼlim yillaridagi yutuqlari, ilmiy va amaliy faoliyati aks etgan videolavhalar namoyish qilinib, universitetning eng faol va iqtidorli talabalari eʼtirof etildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/178797

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍3