Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Bitiruvchi – 2026”: yangi avlod shifokorlari katta hayotga kuzatildi

15-iyun kuni Toshkent shahridagi “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyida Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Bitiruvchi – 2026” tantanali bitiruv marosimi tashkil etildi. Mazkur tadbir minglab yosh mutaxassislar hayotidagi eng muhim va masʼuliyatli bosqichlardan biriga aylandi.


Marosimda oliy taʼlim va sogʻliqni saqlash tizimi vakillari, universitet rahbariyati, professor-oʻqituvchilar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. Tadbir davomida bitiruvchilarning taʼlim yillaridagi yutuqlari, ilmiy va amaliy faoliyati aks etgan videolavhalar namoyish qilinib, universitetning eng faol va iqtidorli talabalari eʼtirof etildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/178797

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤14👍3
“Yangi O‘zbekiston” universiteti Germaniyaning yetakchi universitet klinikasi bilan yangi kelishuvga erishdi

Germaniyada “Yangi O‘zbekiston” universiteti delegatsiyasi Freiburg universitet klinikasi direktori Prof. Frederik Wenz bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Freiburg onkologiya, neyroxirurgiya, nevrologiya va transplantologiya yo‘nalishlaridagi ilg‘or ilmiy va klinik ishlanmalari bilan Yevropaning yetakchi tibbiyot markazlaridan biri sifatida e’tirof etiladi.

Uchrashuv natijalariga ko'ra, “Yangi O‘zbekiston” universitetida Yevropa standartlariga asoslangan yangi avlod Tibbiyot maktabini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/178781

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍7❤4🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Oq_borilar #Biz_Siz_bilan

🇺🇿 Olg‘a, O‘zbekiston! Biz milliy terma jamoamiz bilan birgamiz!

Futbol bo‘yicha jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston milliy terma jamoasini Farg'ona davlat texnika universiteti jamoasi samimiy muborakbod etadi va ularga yuksak faxr hamda g‘urur bilan omad tilaydi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7👍4🥰3🔥2🎉2
Oʻzbekistonda Germaniya Amaliy fanlar universitetini tashkil etish boʻyicha bitim imzolandi

Berlin shahridagi Oʻzbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Elchixonasida “Germaniya oliy taʼlim tizimida dual taʼlim: tajriba, ilgʻor amaliyot va kelgusidagi hamkorlik” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Tadbirda Germaniyaning dual taʼlim sohasidagi yetakchi universitetlari, ilmiy-tadqiqot markazlari, taʼlim jamgʻarmalari va sohaviy tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalari rektorlaridan iborat delegatsiya ishtirok etdi.


Tadbirning asosiy maqsadi Oʻzbekistonda dual taʼlim tizimini keng joriy etish, Germaniyaning ushbu sohadagi ilgʻor tajribasini oʻrganish hamda ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iborat boʻldi.

Davra suhbatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari Ilxom Siradjev mamlakatimizda taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida maʼlumot berib, Germaniyaning dual taʼlim sohasidagi tajribasini oʻrganish va qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish yoshlar uchun yangi imkoniyatlar ochishini taʼkidladi.


Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/178875

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤7👍3👏1
🇺🇿Bir bayroq, bir jamoa, bir maqsad!

💚Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi uchrashuvlari Toshkent shahrining barcha tumanlarida o‘rnatiladigan katta ekranlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.

👇Maxsus tomosha maydonlari ro‘yxati:

Bektemir tumani — Rohat mahallasi
Mirobod tumani — “Furqat” bog‘i
Mirzo Ulug‘bek tumani — “Central Park” istirohat bog‘i
Olmazor tumani — “G‘alaba bog‘i”
Sergeli tumani — Markaziy xiyobon
Uchtepa tumani — “Seul Eko park”
Chilonzor tumani — “G‘afur G‘ulom” bog‘i
Shayxontohur tumani — “Anhor-Lokomotiv” bog‘i
Yunusobod tumani — Yunusobod sport majmuasi
Yakkasaroy tumani — “Do‘stlik” bog‘i
Yangihayot tumani — INDEX park
Yashnobod tumani — “Ashxobod” sayilgohi

Eng yirik tomosha maydoni “Bunyodkor” stadioni hududida tashkil etiladi — bu yerda 10 ming nafar muxlis birgalikda milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

📅 O‘zbekiston milliy terma jamoasining guruh bosqichidagi o‘yinlari: (Toshkent vaqti bilan)

🇺🇿 O‘zbekiston — Kolumbiya 🇨🇴
🗓 18-iyun | ⏰ 07:00

🇵🇹 Portugaliya — O‘zbekiston 🇺🇿
🗓 23-iyun | ⏰ 22:00

🇨🇩 DR Kongo — O‘zbekiston 🇺🇿
🗓 28-iyun | ⏰ 04:30


Har bir o‘yin — milliy jamoamiz uchun kuch, har bir qo‘llab-quvvatlov — g‘alabaga ishonchdir.


Olg‘a, O‘zbekiston!
Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤11👍4