Edu.uz
✔
144K subscribers
40.6K photos
7.78K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi arafasida AQShning yetakchi kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤4👍2👏2😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz davlat universiteti jamoasi O‘zbekiston milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlaydi!

Jahon chempionati — Mundial sari tashlanayotgan har bir qadam O‘zbekiston futboli tarixidagi yangi sahifadir.

Mundial sari yo‘lda siz bilan birgamiz!
Olg‘a, O‘zbekiston!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1🔥15👍6🎉6❤1
“American Councils” bilan oliy taʼlim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi
 
16-iyun kuni V Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TIIF–2026) doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlari (American Councils for International Education) Bosh strategiya direktori Carter R. Johnson o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
 
Muloqot davomida Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, universitetlarning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish hamda ularning investitsiyaviy jozibadorligini kuchaytirishga qaratilgan istiqbolli hamkorlik yoʻnalishlari muhokama qilindi.

 
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/179770

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1❤9👍7😁3🤔1😱1
#Qabul2026 #Abituriyent #Statistika

Davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar statistikasi


16-iyun soat 18:36 holatiga ko‘ra davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun jami 216 582 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (batafsil infografikada).

Eslatma: onlayn ro‘yxatdan o‘tish O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Agentlikning my.uzbmb.uz saytida amalga oshirilmoqda. Onlayn ro‘yxatdan o‘tishning 1-bosqichi 25-iyunga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

📽 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoyo‘riqnoma bilan bu yerda tanishish mumkin.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤8👍3
Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisi boshlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida nutq so‘zlamoqda.

Davlatimiz rahbari forumda qatnashayotgan davlat va hukumat rahbarlari, nufuzli xalqaro moliya institutlari, yirik kompaniyalar, jamg‘armalar, va yetakchi ishbilarmonlarni qutladi. Bu yilgi forumda dunyoning 100 ta davlatidan 4 mingga yaqin xorijiy mehmonlar qatnashmoqda.

“Sizlarning ishtirokingiz xalqaro miqyosda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga bo‘lgan ishonch tobora ortib borayotganining yana bir ifodasidir.

Forum doirasida birgalikdagi harakatlarimiz katta marralarga erishish uchun mustahkam poydevor bo‘lmoqda. Xususan, so‘nggi yillarda yurtimizga 150 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiya jalb qilingan bo‘lsa, shundan 123 milliard dollari oxirgi besh yilga to‘g‘ri kelmoqda.

Biz O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor bo‘lgan, teng huquqli va o‘zaro foydali sheriklikka tayyor investorlar uchun doimo ochiqmiz”,

– dedi Prezidentimiz.

Fursatdan foydalanib, tadbirda ishtirok etayotgan Albaniya Prezidenti Bayram Begay, Rossiya Hukumati Raisi Mixail Mishustin, Belarus Bosh vaziri Aleksandr Turchin, Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadov, Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Adilbek Kasimaliyev, Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzodaga, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yangi taraqqiyot banki, shuningdek, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki, Yevropa investitsiya banki hamda xorijiy banklar, kompaniya va tashkilotlar vakillariga minnatdorlik bildirildi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤12👍2🔥1