Edu.uz
✔
144K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.5K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

Oʻzbek–Fransuz universiteti Vasiylik kengashining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

18-iyun kuni Oʻzbek–Fransuz universiteti Vasiylik kengashining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, Oʻzbek–Fransuz universiteti Vasiylik kengashi raisi Qoʻngʻirotboy Sharipov olib bordi. Yigʻilishda Fransiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Ualid Fuk, Fransiya va Oʻzbekistonning hamkor oliy taʼlim muassasalari rahbarlari hamda kengash aʼzolari ishtirok etdi.

Yigʻilish kun tartibidan Oʻzbek–Fransuz universiteti Vasiylik kengashi nizomini tasdiqlash, universitetning 2026-yilgi ish rejasi va xarajatlar smetasini koʻrib chiqish, 2026/2027 oʻquv yili uchun magistratura bosqichiga qabul tartibini belgilash hamda Fransiyaning Puatye universiteti bilan taʼlim xizmatlari boʻyicha hamkorlik masalalari oʻrin oldi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/180881

👉На руcском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13👍4👏2
#Yoshlar_kuni

“TalabaExpo–2026” doirasida Rahbar va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi

Farg‘ona davlat universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xodimlari Baxtiyor Boboxo‘jayev hamda Akmal Salimov, “Kelajakka qadam” loyihasi rahbari Elmurod Xoshimov va FarDU rektori Bahodirjon Shermuhammadov ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning innovatsion g‘oyalari va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, ta’lim sifati hamda kelajakdagi istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashildi.


Tadbir yakunida, eng yaxshi deb topilgan startap loyiha mualliflari diplomlar, vaucher hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍7❤4🔥4🎉2👏1