Edu.uz
✔
145K subscribers
40.3K photos
7.74K videos
311 files
18.4K links
Ta’lim va ilm-fan vazirligining rasmiy Telegram kanali

gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
devonxona@edu.uz

Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
Download Telegram
#Yoshlar_kuni

“TalabaExpo–2026” doirasida Rahbar va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi

Farg‘ona davlat universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xodimlari Baxtiyor Boboxo‘jayev hamda Akmal Salimov, “Kelajakka qadam” loyihasi rahbari Elmurod Xoshimov va FarDU rektori Bahodirjon Shermuhammadov ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning innovatsion g‘oyalari va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, ta’lim sifati hamda kelajakdagi istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashildi.


Tadbir yakunida, eng yaxshi deb topilgan startap loyiha mualliflari diplomlar, vaucher hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍7❤4🔥4🎉2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OTM larga qabul jarayonlarida ochiqlik va shaffoflik kafolatlanadi

Oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni davlat tomonidan belgilangan tartib asosida ochiq va shaffof tarzda tashkil etiladi. Qabulga oid har qanday ma’lumotlar faqat rasmiy veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarda e’lon qilinadi.

“Kafolatlangan o’rin” yoki “pul evaziga joylashtirish” kabi va'da bilan murojaat qiluvchi shaxslarga ishonmang — bu firibgarlik!


Vazirlik korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining aloqa kanallari:
📧 Elektron pochta:
anticor@edu.uz
🤖 Telegram bot:
https://t.me/eduuzanticor_bot
☎️ Ishonch telefoni:
(55) 520-08-08 (282, 179)

Firibgarlardan ehtiyot bo'ling!

©O'zJOKU Kontent markazi tomonidan tayyorlandi

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍9❤7🔥2😁2
Talabalar bilan ochiq muloqot: taklif va tashabbuslar tinglandi

17-iyun kuni Andijon davlat universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ishchi guruhi a’zolari hamda viloyatdagi davlat OTM talabalari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida talabalarning ilm-fan, innovatsiyalar, zamonaviy texnologiyalar, startap loyihalar va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga doir taklif hamda tashabbuslari tinglandi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/180918

#Ochiq_muloqot

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤6🔥6😁3🤩3👍1
#Sertifikat_natija

Chet tillari bo‘yicha imtihon natijalari chiqdi


🌏 2026-yil 5-maydan 12-iyungacha chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tgan malaka imtihoni natijalari e’lon qilindi.

🆔 Imtihon natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📜 Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

❗️ O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15🔥1
#Eʼlon #Sayyor_qabul

Vazirning birinchi o‘rinbosari Samarqandda sayyor qabul oʻtkazadi


Fuqarolar muammolari bilan ishlashni samarali tashkil etish, taʼlim sohasida yechimini kutayotgan masalalarni oʻrgangan holda joyida va tezkor hal etish maqsadida Samarqand viloyatida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabovning sayyor qabuli boʻlib oʻtadi.

Ushbu qabulda professor-oʻqituvchilar, talaba-yoshlar va ota-onalar sohaga doir oʻz muammo hamda takliflari bilan murojaat qilishlari va ularga javob olishlari mumkin.

📆 Sana: 19-iyun.
⏰ Vaqti: 15:00.
🏢 Moʻljal: Samarqand davlat chet tillar universiteti majlislar zali.
⛳ Manzil: Samarqand shahri, Gagarin ko‘chasi, 43-uy.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8😁2👍1🔥1👏1